Xalilov muhammadyusuf salimjon o‘G‘li ! Siz Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetiga qarashli 91-sonli


Download 132.4 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.10.2023
Hajmi132.4 Kb.
#1717319
Bog'liq
XALILOV MUHAMMADYUSUF SALIMJON O G LI (1)



RUXSATNOMA 
Hurmatli talaba 
XALILOV MUHAMMADYUSUF SALIMJON O‘G‘LI
! 
Siz Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetiga qarashli 
91-sonli Talabalar turar joyiga qabul qilindingiz. Yangi o‘quv yili boshidan 
ushbu Talabalar turar joyining 323-xonasiga joylashishingiz mumkin. Talabalar 
turar joyiga joylashishdan avval belgilangan tartibda to‘lovni amalga oshirishingiz lozim. Siz 
ushbu ruxsatnomani olish bilan bir qatorda TTJ nizomida keltirilgan quyidagi ichki tartib-
qoidalarga rozi ekanligingizni ham tasdiqlaysiz.
Talabalar turar joyida amal qilishingiz shart bo‘lgan ichki tartib-qoidalar bilan tanishing: 
• Talabalar navbatchilik jadvaliga binoan xonalarda, qavat va kirish joylarida navbatchilik 
qiladilar va dam olish joylarida namunali tozalikni ta’minlaydilar; 
• TTJ hududida chekish, shovqin solish, spirtli ichimliklar iste’mol qilish, giyohvand 
moddalardan foydalanish, qimor o‘ynash, diniy aqidalarni targ‘ibot etish, ruxsatsiz dam 
olish kechalarini o‘tkazish, xonadan-xonaga ruxsatsiz ko‘chish qat’iyan man etiladi; 
• Soat 22.00dan kechikmasdan TTJda bo‘lishi lozim; 
• Har bir talaba kechqurun soat 22.00 dan 23.00 gacha yo‘qlama o‘tkazilishi nuqtai 
nazaridan o‘z xonasida bo‘lishi shart; 
• TTJda o‘tkaziladigan hasharlarda, tevarak-atroflarni ko‘kalamzorlashtirish va 
obodonlashtirish ishlarida muntazam ravishda qatnashishlari lozim; 
• TTJda istiqomat qiluvchilar 5 ta muhim tashabbus yo‘nalishlari ijrosida faol qatnashishi 
kerak; 
• Talaba yashab turgan xonasi va boshqa umumiy foydalanish joylarini har doim toza va 
tartibli tutishi lozim; 
• Hamxonalar va TTJda yashovchilar bilan doimo samimiy, ahil munosabatda bo‘lishi 
kerak; 
• TTJ va xonadagi mavjud barcha jihozlarni (shifoner, krovat, tumbochka, stol, stul va h.k.) 
namunali darajada toza va soz holatda tutish talab etiladi;
• Elektr plitalaridan to‘g‘ri hamda tejamli foydalanish, qo‘lbola elektr isitgich asboblaridan 
mutlaqo foydalanmaslik lozim
• Talaba TTJ direksiyasi direktori, tarbiyachi-pedagog, Talabalar Kengashi raisi, qavat 
sardori, navbatchilar, mas’ul xodimlar va xizmatchilarni bajarish chegarasidagi talablariga 
itoat etishi va so‘zsiz bajarishi lozim; 
• Talabalar chiqindilarni belgilangan joyga o‘z vaqtida chiqarib tashlashlari lozim; 
• TTJga joylashish jarayonida talabalardan TTJ direksiyasi direktori bilan shartnoma tuzib, 
ichki tartib-qoidalarga rioya etish haqida kafolat xati olinadi. 

Download 132.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling