Xalkogenid birikmalar negizida avtonom optoelektron qurilmalar yaratish


Download 16.07 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi16.07 Kb.
#1572932
  1   2
Bog'liq
Ilmiy rahbar taqrizi Yuldashev Shohjahon


Yuldashev Shohjahon Abrorovichning 01.04.10 Yarimo‘tkazgichlar fizikasi ixtisosligi bo‘yicha “Xalkogenid birikmalar negizida avtonom optoelektron qurilmalar yaratish” mavzusidagi texnika fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishiga


TAQRIZ

Yuldashev Shohjahon Abrorovich Fizika yo‘nalishida davlat granti asosida tahsil olgan va Mirzo ulug‘bek nomli davlvt stipendiyasi sohibi bo‘ldi. Talabalik davrida vakuumda yupqa pardali elementlar olish texnologiyasini o‘zlashtirib CdTe, CdS, CdSe, ZnS, ZnSe va Sb2Se3 materiallari asosida termovakuumda sepish usuli bilan nanostrukturali yupqa qatlamlar olish masalalari ustida tadqiqotlar olib borgan. Olingan nanostrukturali qatlamlarning ximiyaviy tarkibi rentgenspektral analiz usulida aniqlangan. Shuningdek kadmiy, rux va qo‘rg‘oshin xalkogenidlari asosidagi fotosezgir yupqa qatlamlar hosil qilish va samaradorligini oshirish, turli tashqi ta’sirlar natijasida asosiy kinetik parametrlarini o‘zgarishini o‘rganilgan va olingan natijalarning dastlabki fizikaviy jarayonlari tahlil etilgan. Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy tezis va maqolalar chop ettirgan.


Yarimo‘tkazgichli mikroelektronika va optoelektronika sohalarining rivoji uchun yuqori sifatli, funksional imkoniyatlari keng, samarador va ixcham yarimo‘tkazgichli qurilmalar kerak. Bunday qurilmalarga fan va texnikaning hamda ishlab chiqarishning turli sohalarida talab yuqoriligini hisobga olingan holda tanlangan mavzu zamon talabidan kelib chiqqan deyish mumkin. Optoelektronikada yarimo‘tkazgich yupqa pardalari negizida tayyorlanadigan fotogenerator va foto qabul qilgichlardan keng foydalaniladi. Spektrning optik sohasida ishlovchi hamma fotogenerator va foto qabul qilgichlar ish faoliyatini ta’minlash uchun maxsus tashqi elektr manbasi kerak. Bu holat iqtisodiy va loyihaviy talablarga to‘liq javob beradigan mikrominatyurizatsiyaga to‘siq bo‘lsa, o‘zini – o‘zi energiya bilan ta’minlovchi (tiklanuvchi energiya manbalaridan quvvat olib ishlovchi) mikroelektron, optoelektron tizimlar yaratishga qaratilgan ilmiy – tadqiqotlar esa soha rivoji uchun hizmat qiladi. Muallif oddiy optronning bu kamchiliklarini generator tipidagi foto qabul qilgichlar bilan, yoritgichni quyosh radiatsiyasi bilan almashtirib hal qilishning ilmiy asoslarini ishlab chiqib, mustaqil ishlovchi, ish jarayoni uchun kerak energiyani ichki imkoniyatlar va yorug‘lik, issiqlik, magnit va mexanik ta’sirlar energiyasidan olib ishlovchi optoelektron qurilmalar yaratish mumkinligini isbotlagan. Dissertant issiqlik, yorug‘lik, magnit va mexanik ta’sirlaridan yuqori elektr maydon oluvchi optoelektron qurilmalari yaratish mumkinligini isbotlab, unga xalqaro mualliflik huquqini beruvchi guvohnomani olishga erishgan. Bu qurilma xalq xujaligining turli sohalariga qo‘llanilishi yuqori samara berish mumkin.

Download 16.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling