Xalq banki barcha hududiy filiallari boshliqlariga


Download 335.64 Kb.
Pdf ko'rish
Sana11.05.2023
Hajmi335.64 Kb.
#1454335


№ 24-24/123
"17" 02 2022y
Xalq banki barcha hududiy
filiallari boshliqlariga
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Boshqaruvi Sizga, ushbu xat orqali berilayotgan
topshiriqlarni shaxsan nazoratga olish va belgilangan muddatda ijrosini ta’minlash uchun
yubormoqda.
Ma’lumki, bank Boshqaruvining 2014-yil 18-avgustdagi 83/2-sonli qarori bilan
tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki tizimidagi muhr
va shtamplar hisobini yuritish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi” talablari asosida
tuman (shahar) filiallarida muhr va shtamplar hisobini yuritish, saqlash va ulardan
foydalanish yo‘lga qo‘yilgan.
Bugungi kunda ba’zi tuman (shahar) filiallarida ma’sul xodimlar tomonidan muhr va
shtamplar hisobini yuritilishi, inventarizasiyadan o‘tkazish hamda eski shtamplarining
yo‘q qilinishi o‘z holiga tashlab qo‘yilib, umuman nazorat o‘rnatilmagan. Buning
natijasida ba’zi kassalar orqali o‘zlashtirishlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.
Shunga ko‘ra, zudlik bilan tasarrufingizdagi tuman (shahar) filiallarida boshqaruvchi
o‘rinbosari rahbarligi ostida bosh buxgalter, chakana xizmatlar bo‘limi, Ichki nazorat va
komplayns menedjeri hamda Axborot texnologiyalari va xavfsizlik sektori ma‘sul
xodimlaridan iborat bo‘lgan ishchi guruh tuzish hamda ushbu ishchi guruhga;
 10 kun muddatda filial tasarrufidagi universal kassalaridagi muhr va shtamplarni
to‘liq inventarizasiyadan o‘tkazish va chakana kassalarining tegishli dumaloq muhr va
shtamplarni yo‘q qilish uchun tegishli tartibda qabul qilib olinishi hamda faoliyati
tugatilgan kassalarning muhr va shtamplarini belgilangan tartibda yo‘q qilish;
 2 xafta muddatda bank tuman (shahar) filiallari binosi ichida joylashgan universal
kassalar raqami yozilgan (ilovada ko‘rsatilgan namuna shaklida) shtamplar bilan
ta’minlash;
Shuningdek, ushbu shtamplardan xodimlar qat’iy nazorat ostida ishlatishi hamda har
bir xodim bilan belgilangan tartibda to‘liq moddiy javobgarlik bo‘yicha shartnomalar,
topshirish va qabul qilish yuzasidan dalolatnomalar imzolash hamda alohida “Muhr va
shtamplarni ro‘yxatga olish kitobi”dan ro‘yxatdan o‘tkazgan holda topshirish va qabul
qilish ishlarini amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.
Yuqoridagilardan kelib chiqib Sizga, yuklatilgan vazifalar ijrosi hamda inventarizasiya
natijalari bo‘yicha (Ishchi guruh buyrug‘i, topshirish va qabul qilish bo‘yicha
dalolatnomalar, yo‘q qilingan va yangi shtamplardan hamda “Muhr va shtamplarni
ro‘yxatga olish kitobi”dan nusxalar ilova qilingan holda) amalga oshirilgan ishlar
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joriy yil 3 mart sanasiga qadar Chakana biznes
departamentiga taqdim etishingiz talab etiladi.
Ilova 3 varaqda.
Boshqaruv Raisi
o`rinbosari
D.Kutliyev
Ijrochi: X.Umaraliyeva
Tel: 998782736914

Download 335.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling