Xalq banki tarixi’’


Download 1.53 Mb.
bet3/6
Sana24.03.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1291418
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
xalq banki

Depozit foizi
▪️30 kungacha - 12%;
▪️31 kundan 90 kungacha - 13%;
▪️91 kundan 180 kungacha - 14%;
▪️181 kundan 270 kungacha -15%;
▪️271 kundan 365 kungacha - 16%;
▪️366 kundan 540 kungacha - 17%;
▪️541 kundan uzoq muddatga - 18%
Depozit muddati
720 kungacha
Eng kam miqdori
10 000 000 so'm deposit shartnomalar taklif etishga tayyor.
Xalq banki o`z qo`llayotgan foiz, kredit va deposit siyosatlarini markaziy bank tomonidan belgilangan stavkalar bazasidan amalga oshiradi.


6.”Xalq Bankining” moliya bozoridagi faoliyati
Bank moliyaviy bozorda ham ancha faol va reytingi baland :
2020 yilda "Fitch Ratings" xalqaro reyting agentligining "BB-/B" — „Barqaror“, "S&P Global Ratings" xalqaro reyting agentligining "BB-/B" reytingiga ega bo‘ldi. Xalq banki 6-maydan 7-maygacha "CERT International" (Slovakiya) xalqaro sertifikatlashtirish tashkiloti vakillari tomonidan ISO 9001:2015 Xalqaro standarti talablariga muvofiq 2-nazorat auditidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Xalq bankining 2-nazorat auditi natijalari: yuqori rahbariyatning OAVni saqlash va takomillashtirishga qiziqishi va majburiyati; xodimlarning yuqori malakasi va xalqaro mutaxassislarni jalb qilish; ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini doimiiy ravishda takomillashtirishga intilish. Ikkinchi nazorat auditining asosiy natijasi atrof-muhitdagi o‘zgarishlarga tezkorlik bilan javob berishga, kelajakdagi o‘zgarishlarni kutishga va menejment tizimini unifikatsiya qilish orqali o‘z biznesingizni muntazam ravishda rivojlantirishga imkon beradigan samarali sifat menejmenti tizimini qo‘llab-quvvatlash, filiallar tarmog‘ining o‘zaro aloqasi va yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish, shuningdek, Xalq bankida mijozlar ehtiyojini qondirish hisoblanadi.
Shuningdek, milliy shkala bo‘yicha "Ahbor-Reyting" reyting agentligi tomonidan "UzA" — „Barqaror“, "Standart And Sensetive Ratings" reyting agentligi tomonidan "UzA+" — „Barqaror“ reytingi tasdiqlandi. Ushbu reyting Xalq banki tomonidan kapitallashuv darajasini oshirish, resurslar bazasini mustahkamlash, aktivlar sifatini yaxshilash, ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirish borasida amalga oshirilgan ijobiy ishlarni aks ettiradi.
Bundan tashqari bank nafaqat chet ellik mutaxassislarni jalb qiladi balki xorijiy banklar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo’lga qo’yadi.Jumladan;
1. AQShning „Cargill Financial Services International, Inc.“ moliya muassasasidan 94 mln. AQSh dollar;
2. „Osiyo taraqqiyot banki“ (ABR)dan chorvachilikni rivojlantirish maqsadida 50 mln. AQSh dollar;
3. Turkiyaning Aktif bankidan savdoni moliyalashtirish bo‘yicha dastlabki 2 mln. AQSh dollar;
4. Rossiyaning „Roseksimbanki“dan 10 mln Yevro ekvivalentida (11 mln. AQSh dollarga teng);
5. „Transkapitalbank“dan 18 mln. AQSh dollarlik kredit liniya mablag‘lari;

6. Yaponiyaning „Yaponiya xalqaro hamkorlik agenligi (JICA)“dan 30 mln. AQSh dollar;
7. Qozog‘istonning „First Heartland Jýsan Bank“ bankidan savdoni moliyalashtirish bo‘yicha 5 mln AQSh dollarlik kredit liniya mablag‘lari jalb qilindi;
8. „ICBC Standard Bank Plc“dan 25 mln AQSh dollari miqdorida kredit olindi;
9. „Deutsche Bank“dan 150 mln AQSh dollari miqdorida kredit olindi.
Joriy yilda bank tomonidan quyidagi xorijiy kredit liniyalarni jalb qilish bo‘yicha ishlar olib borildi. Jumladan; — „Raiffeisen Bank International AG“ (Avstriya) banki bilan 1 aprelda loyihalarni moliyalashtirish doirasida qiymati 50 mln Yevro miqdoridagi Bosh kelishuv imzolandi. (60 mln AQSh doll. ekv.) Mazkur mablag‘lar hisobidan jami 11 mln. AQSh dollar miqdoridagi nooziq-ovqat sanoat sohasidagi loyihalar moliyalashtirildi. — PJSC „Sovcombank“ (Rossiya) banki bilan 6 aprelda milliy valyutada 419 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ olish bo‘yicha 4 yillik kredit shartnomasi imzolandi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling