Xalq banki tarixi’’


Download 1.53 Mb.
bet5/6
Sana24.03.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1291418
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
xalq banki

Bank daromadlari

Xalq banki 2022 – yilni juda katta zarar bilan yakulagan - -2187 mlrd so`m. Bunga oddiy sabab qilib esa xarajatlar miqdorining daromadlar miqdoridan juda balandligini keltirib o`tish mumkin. Bank 2021- yilni jami 5916 mlrd so`m foyda bilan yakunlagan. Shundan 4623 mlrd so`m foizli daromadlar sirasiga to`gri keladi va buning 2734 mlrd so`m qismi kreditlardan kelib tushgan. Bankning foizsiz daromadlari esa 1293 mlrd so`mni tashkil etgan va bu miqdorning salkam 785 mlrd so`m qismini komission faoliyatdan olingan daromadlar egallaydi.



Bank harajatlari

Xalq bqnki 2021 – yilda umumiy miqdorda 8103 mlrd so`m harajat qilgan. E`tiborli jihati shundaki bank harajatlari shu yilga kelib o`tgan yilga nisbatan 178% ga o`sgan. Harajatlarning tarkibiy qismiga keladigan bo`lsak, bankning foizli harajatlari ulushi umumiy 3580 mlrd so`mmi tashkil etgan bo`lsa shuning Ichida depozitlar bo`yicha foizlar to`lashga qilingan harajatlar 654 mlrd so`mni tashkil etadi. Bankning foizsiz harajatlari umumiy 474 mlrd so`mni tashkil etgan va shundan 110 mlrd so`mi komission harajatlarga yo`naltirilganligini ko`rishimiz mumkin. Bankning operatsion harajatlari 1251 mlrd so`mni, kredit bo`yicha zaxirasi esa 2797 mlrd so`mni tashkil etgan.






8.” Xalq banki ATB” ning iqtisodiy-moliyaviy faoliyati to`g`risida xulosaoliyaviy faoliyati to`g`risida xulosa

Bank faoliyatining asosiy maqsadi bo`lmish foyda olish har qanday zamonda , har qaysi bank tomonidan qo`llanilgan va hech qachon inkor etilmagan. Xatto o`sha iqtisodiyot tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk inqirozga ham banklarning va boshqa moliyaviy tashkilotlarning foyda olish maqsadida risklilik darajasini oshirib yuborishi sabab bo`lgan edi. Xalq bankining faoliyatiga nazar tashlaydigan bo`lsak, bank asosan ijtimoiy siyosat yuritishda byudjet mablag`larine aholi orasida samarali taqsimlash borasidagi ishlarini e`tirof etishimiz mumkin. Boshqa banklarning taklif etayotgan moliyaviy xizmatlari – depozitlar jalb qilish, katta tadbirkorlik subyektlarini kredit bilan ta`minlash, yirik mijozlar bilan ishlash, ochiq bozor operatsiyalarida qatnashish shu va shunga o`xshash bir nechta banklarga katta daromad keltiradigan operatsiyalarda bank faoliyatini qoniqarli deya baholash qiyin. Xususan bank oxirgi yillarni umumiy qo`shib xisoblaganda bir necha trillion zarar balansga ega ekanligini oladigan bo`lsak, shuning o`ziyoq bankchilik asoslariga putur yetganini ko`rsatadi. Ammo tanganing ikkinchi tarafiga qaraydigan bo`lsak, bank mamlakat ijtimoiy siyosatida juda katta ish bajargan, axolinng ijtimoiy yordamga muxtoj qatlamining iqtisodiy takliflarini moliyalashtirish(kreditlash hisobi), imtiyozli kreditlar ajratish, yoshlar tadbirkorligini qo`llab quvvatlash, xotin qizlar orasida tabirkorlik muhitini yaratish borasida qilgan ishlari ayniqsa taxsinga sazovordir. O`z navbatida kelib chiqqan juda katta salmoqli muammoli kreditlar ham aynan manashu sohalarga va qatlamga yo`naltirilganligi uchun ham kelib chiqqan. Oddiyroq qilib aytganda kredit pullarining bemaqsad foydalanish xolatlari kreditlarni muammoli kreditlarga aylantirgan.




Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling