Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatining odob-axloq qoidalari


bob. Viloyat hokimi — mahalliy Kengash rahbarini tasdiqlash tartibi


Download 174.98 Kb.
bet13/28
Sana15.09.2023
Hajmi174.98 Kb.
#1678819
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
Bog'liq
VI-39-74-6-0-K 23

bob. Viloyat hokimi — mahalliy Kengash rahbarini tasdiqlash tartibi 34-modda. Viloyat hokimi — mahalliy Kengash rahbarining nomzodi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mahalliy Kengashdagi partiya
guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng xalq deputatlari viloyat Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.

  1. modda. Viloyat hokimi — mahalliy Kengash rahbarining nomzodini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalani xalq deputatlari viloyat Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdimnoma kiritilgan kundan e’tiboran uch kun ichida ko‘rib chiqadi.

  2. modda. Viloyat hokimi — mahalliy Kengash rahbari lavozimiga nomzodga deputatlarning savollariga javob berish uchun 30 daqiqagacha vaqt ajratiladi. Nomzodni sessiyada muhokama qilish uchun 20 daqiqagacha vaqt ajratiladi.

  3. modda. Xalq deputatlari viloyat Kengashining viloyat hokimi — mahalliy Kengash rahbari nomzodini tasdiqlash yoki rad etish to‘g‘risidagi qarori ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinib, kechi bilan uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.

  4. modda. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini olgan viloyat hokimi — mahalliy Kengash rahbarining nomzodi tasdiqlangan hisoblanadi.

  5. modda. Agar ovoz berish vaqtida viloyat hokimi —mahalliy Kengash rahbarining nomzodlari deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozini ololmasa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mazkur lavozimga nomzodlarni partiya guruhlari bilan qo‘shimcha maslahatlashuvlar o‘tkazganidan so‘ng bir oy ichida yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega.

  6. modda. Xalq deputatlari viloyat Kengashi taqdim etilgan viloyat hokimi — mahalliy Kengash rahbarining nomzodlarini uch marta rad etgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti viloyat hokimi vazifasini bajaruvchini tayinlash, xalq deputatlari viloyat Kengashini tarqatib yuborish huquqiga ega. Bunda xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida o‘tkaziladi.


  1. Download 174.98 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling