XII1 bob. Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik olish to‘g‘risida kiritilgan taqdimnomani ko‘rib chiqish
99-modda. Deputat Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etishi lozim. Deputatning o‘z maqomidan fuqarolar, jamiyat va davlatning huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga ziyon yetkazadigan tarzda foydalanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining odob-axloq qoidalari buzilgan taqdirda deputatning xulq-atvori to‘g‘risidagi masala mahalliy Kengash tomonidan yoxud uning topshirig‘iga ko‘ra Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin.
modda. Deputatni daxlsizlik xuquqidan maxrum kilish to‘g‘risidagi masala tegishincha viloyat, tuman, shaxar prokurorining yoki yuqori turuvchi prokurorning taqdimnomasiga binoan Mahalliy Kengash tomonidan o‘n kun ichida xal etiladi.
Senator etib saylangan deputatni daxlsizlik xuquqidan maxrum qilish masalasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Konunchilik
nalatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda xal etiladi.
modda. Deputatni javobgarlikka tortishga rozilik olish to‘g‘risida quyi prokuror tomonidan kiritilgan taqdimnomann yuqori turuvchi prokuror chaqirtirib olishi mumkin.
modda. Deputatni jinoiy javobgarlikka tortishga, ushlab turishga, qamoqqa olishga yoki unga nisbatan sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoni qo‘llashga rozilik olish to‘g‘risidagi prokuror taqdimnomasi Mahalliy Kengashga kelib tushgandan keyin Mahalliy Kengash kotibiyati tomonidan rasmiylashtiriladi va shu kunning o‘zida Mahalliy Kengash raisiga xamda Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisiga takdim etiladi.
modda. Taqdimnoma Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaga kelib tushgandan keyin ikki kun ichida komissiya majlisida muxokama kilinadi.
Muxokama jarayonida daxlsizlik xuquqidan maxrum qilishga rozilik so‘ralgan deputatning o‘zi xam ishtirok etadi.
modda. Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya majlisida taqdimnomani muxokama qilish yakunlari bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi.
Bayonnomada majlis bo‘lib o‘tgan sana, vakt, joy, komissiya a’zolarining va daxlsizlik xuquqidan maxrum qilishga rozilik so‘ralgan deputatning ishtiroki, raislik qiluvchi, prokuratura vakilining familiyasi, ismi, lavozimi, muxokama jarayonida bildirilgan fikr- muloxazalar mazmuni va ovoz berish natijalari batafsil yoritiladi.
Bayonnomada Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning deputatni daxlsizlik xuquqidan maxrum qilishga rozilik berish yoki rad etish bo‘yicha xulosasi aks ettiriladi xamda ushbu masalani Mahalliy Kengash sessiyasi muxokamasiga kiritish nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |