999-modda. Mahalliy Kengashning deputatni daxlsizlik xukukidan maxrum qilishga rozilik berish yoki rad etish masalasiga doir qarori rasmiylashtirilgandan keyin darxol tegishli prokurorga yuboriladi.
9910-modda. Deputatni daxlsizlik xuquqidan maxrum qilishga rozilik olgan prokuror ish yuritish tamomlangan kundan e’tiboran uch kunlik muddat ichida Mahalliy Kengashga ishni tergov kilish, sudda ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida xabar qilishi shart.
Mahalliy Kengashning deputatni daxlsizlik xuquqidan maxrum qilishga rozilik berishni rad etgani unga nisbatan jinoyat ishi yuritilishini yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoni nazarda tutadigan ma’muriy xuquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuritilishini istisno etadigan va bunday ishlarni tugatishga olib keladigan holat hisoblanadi”.
XIII bob. Mahalliy Kengash va deputatlar faoliyatiga xizmat ko‘rsatishni ta’minlash
modda. Mahalliy Kengash, doimiy komissiyalar va deputatlar faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy va boshqa jihatlardan xizmat ko‘rsatish mahalliy Kengash kotibiyati tomonidan ta’minlanadi.
modda. Mahalliy Kengash kotibiyati o‘z faoliyatini mahalliy Kengash qarori bilan tasdiqlanadigan nizom asosida olib boradi.
modda. Mahalliy hokimlik deputatlik faoliyatini olib borishlari uchun deputatlarga, shuningdek mahalliy Kengash kotibiyatiga xonalar, texnik vositalar, aloqa vositalari ajratadi, ma’lumotlar bazalaridan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratib beradi.
XIV bob. Yakunlovchi qoidalar
modda. Mahalliy Kengash reglamenti, unga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar mahalliy Kengash qarori bilan tasdiqlanadi.
Mahalliy Kengash reglamentiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflar doimiy komissiyalar, partiya guruhlari, deputatlar tomonidan kiritilishi mumkin.
Mahalliy Kengash reglamentiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi masala sessiya kun tartibi loyihasiga kiritiladi hamda birinchi navbatda ko‘rib chiqiladi.
modda. Mahalliy Kengash reglamentida nazarda tutilmagan mahalliy Kengash faoliyatiga doir masalalarni sessiyada ko‘rib chiqish tartib-taomillari sessiyada deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi, bayonnoma tarzida rasmiylashtiriladi va qabul qilingan kundan e’tiboran amal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |