Doimiy komissiyalar faoliyatini tashkiliy, texnikaviy va boshqa jihatlardan xizmat ko‘rsatish tegishli mahalliy Kengash kotibiyati tomonidan ta’minlanadi.
Tegishli mahalliy Kengash kotibiyati doimiy komissiyalarni hujjatlar, zarur axborot va ma’lumot materiallari, shuningdek doimiy komissiyalar faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha mutaxassislarning maslahatlari bilan ta’minlaydi.
Doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi nizomni qabul qilish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalalari yuzasidan qarorlar sessiyada mahalliy Kengash deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |