X bob. Saylov komissiyalarining a’zoligiga nomzodlarni tanlab olish va taqdim etish
82-modda. Yigirma besh yoshga to‘lgan, qoida tariqasida, oliy ma’lumotga, saylovlarni tashkil
etish va o‘tkazish borasida ish tajribasiga ega bo‘lgan, jamoatchilik o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan
hamda kamida oxirgi besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Qonuniylik, sud-huquq va korrupsiyaga
qarshi kurashish masalalari qo‘mitasi, xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashining Sud-
huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi o‘zining majlisida
Markaziy saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni dastlabki tarzda tanlab oladi va taqdim etadi,
materiallarni ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha xulosalar tayyorlaydi, ma’qullash va Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashining
navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, shuningdek
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar)
Kengashining Markaziy saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni taqdim etish to‘g‘risidagi qarori
loyihasini ishlab chiqadi.
Markaziy saylov komissiyasi tarkibiga kirish huquqiga ega ekanligi haqida qaror qabul
qilingan nomzodlar alifbo tartibida ovoz berish uchun ro‘yxatga kiritiladi hamda Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashiga ko‘rib
chiqish uchun kiritiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyat (Toshkent
shahar) Kengashining sessiyasida muhokama o‘tkaziladi va muhokamada deputatlar Markaziy
saylov komissiyasi a’zoligiga ko‘rsatilgan nomzodga savollar berishga haqli.
Muhokama natijalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq
deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashining nomzodni Markaziy saylov komissiyasi a’zoligiga
tavsiya etish to‘g‘risidagi qarori qabul qilinadi hamda ko‘rib chiqish uchun Oliy Majlis palatalariga
yuboriladi.
Qaror Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat (Toshkent
shahar) Kengashi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |