Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashining namunaviy reglamenti hamda xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashining doimiy komissiyalari to


Download 254.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/32
Sana24.12.2022
Hajmi254.42 Kb.
#1052381
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32
Bog'liq
SQ-360-IV-сон 31.07.2021. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamenti hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida

85-modda. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga saylovlar bo‘yicha tuman (shahar)
saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar yigirma bir yoshga to‘lgan, o‘rta yoki oliy ma’lumotga, qoida
tariqasida, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish borasida ish tajribasiga ega bo‘lgan, aholi
o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan fuqarolari orasidan tanlab olinadi hamda taqdim etiladi.
Tuman (shahar) saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari tomonidan tanlanadi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ko‘rib chiqish natijalari
bo‘yicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga taqdim etish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi
kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining tuman
(shahar) saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar to‘g‘risidagi qarorini dastlabki tarzda ko‘rib chiqib,
uni xalq deputatlari tumun (shahar) Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritishni
tavsiya etadi.
Tegishli doimiy komissiya raisining axboroti bo‘yicha xalq deputatlari tuman (shahar)
Kengashi xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga saylovlar bo‘yicha saylov komissiyasi
a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
XI bob. Doimiy va muvaqqat komissiyalar
86-modda. Mahalliy Kengash sessiyaga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib
chiqish va tayyorlash uchun o‘z vakolatlari muddatiga jamoatchilik asosida faoliyatni amalga
oshiruvchi doimiy va muvaqqat komissiyalar tuzishi hamda ular tarkibiga o‘zgartirishlar kiritishi
mumkin.
Doimiy va muvaqqat komissiyalar raisligiga hamda a’zoligiga nomzodlar sessiyaga hokim —
mahalliy Kengash rahbari tomonidan taqdim etiladi.
Doimiy komissiya raisligiga nomzod bo‘yicha ovoz berish alohida o‘tkaziladi.
Doimiy va muvaqqat komissiyalar a’zolari deputatlar orasidan saylanadi.
Doimiy va muvaqqat komissiyalar a’zoligiga nomzodlarni saylash nomzodlarning har birini
alohida yoki komissiyaning butun tarkibni yalpi muhokama qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi, ovoz
berishda qaror har bir nomzod bo‘yicha alohida yoki komissiya butun tarkibi bo‘yicha deputatlar
umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

Download 254.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling