Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashining namunaviy reglamenti hamda xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashining doimiy komissiyalari to


XII bob. Deputatlik faoliyatini amalga oshirish shakllari


Download 254.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/32
Sana24.12.2022
Hajmi254.42 Kb.
#1052381
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32
Bog'liq
SQ-360-IV-сон 31.07.2021. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamenti hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida

XII bob. Deputatlik faoliyatini amalga oshirish shakllari
93-modda. Har bir deputat sessiya, doimiy va muvaqqat komissiyalar ishida tashabbuskorlik
va faollik bilan qatnashishi lozim. Deputat o‘z vakolatlarini ishlab chiqarishdan yoki xizmat
vazifalaridan ajralmagan holda amalga oshiradi.
94-modda. Partiya guruhlari siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan deputatlarning ta’sis
yig‘ilishlarida o‘z partiyalarining siyosatini uyushgan holda o‘tkazish uchun kamida uch nafar
deputat birlashgan taqdirda tuziladi. Partiya guruhlari partiya guruhi rahbarining tegishli arizasi va
ta’sis hujjatlariga asosan mahalliy Kengash tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Partiya guruhlari quyidagi huquqlarga ega:
sessiya kun tartibini shakllantirishda ishtirok etish;
sessiya kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha muzokaralarda partiya guruhi vakiliga
kafolatlangan tarzda so‘z berilishi;
hokim — mahalliy Kengash rahbariga, hokim o‘rinbosarlariga, hokimlikning bo‘limlari,
boshqarmalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari boshliqlariga, shuningdek hududda joylashgan
korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlariga so‘rovlar bilan murojaat etish;
doimiy va muvaqqat komissiyalar raisligiga nomzodlar bo‘yicha takliflar kiritish;


sessiyada muhokama qilinayotgan masala bo‘yicha partiya guruhining fikrini deputatlar
orasida tarqatish;
tuman (shahar) hokimining, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mansabdor
shaxslarining qoniqarsiz faoliyati to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga,
viloyat (Toshkent shahar) hokimiga xulosa taqdim etish;
xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashidagi partiya guruhlari viloyat (Toshkent
shahar) hokimi — mahalliy Kengash rahbarining lavozimiga tasdiqlangan shaxslarning qoniqarsiz
faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga asoslangan xulosalar taqdim etish
tashabbusi;
deputatlar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish.
Partiya guruhlarining faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy va boshqa xizmatlar ko‘rsatish mahalliy
Kengash kotibiyati tomonidan ta’minlanadi.

Download 254.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling