Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashining namunaviy reglamenti hamda xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashining doimiy komissiyalari to


Download 254.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/32
Sana24.12.2022
Hajmi254.42 Kb.
#1052381
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
Bog'liq
SQ-360-IV-сон 31.07.2021. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamenti hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida

21-modda. Sessiyada raislik qiluvchi:
sessiya ishining umumiy borishiga rahbarlik qiladi, mahalliy Kengash reglamentiga rioya
etilishini ta’minlaydi;
ma’ruzachilar, qo‘shimcha ma’ruzachilarga va muzokaralarda so‘zga chiquvchilarga navbati
bilan so‘z beradi;
zarur hollarda sababini tushuntirib, so‘zga chiqish tartibini o‘zgartiradi;
muhokama qilinayotgan masala yuzasidan xohlagan paytda so‘zga chiqishi mumkin;
mahalliy Kengash reglamentida belgilangan tartibni qo‘pol ravishda buzgan deputat yoki
ishtirokchini tartibga chaqiradi;
deputatlarning yozma so‘rovlari, arizalari, takliflari, fikr-mulohazalarini o‘qib eshittiradi;
deputatga deputat so‘rovi, savol, taklif, fikr-mulohaza yuzasidan so‘zga chiqish, shuningdek
sessiyani olib borish tartibi bo‘yicha e’tirozlar bildirish uchun, qaror loyihalariga tuzatish, ovoz berish
masalasi bo‘yicha takliflar kiritish uchun uning iltimosiga ko‘ra so‘z beradi;
muhokama tugaganidan keyin qarorlar loyihalarini ovozga qo‘yadi va ovoz berish natijalarini
e’lon qiladi;
sessiyada qabul qilingan qarorlarni va sessiya bayonnomalarini imzolaydi;
muhokama jarayonida so‘zga chiqqan deputatlar yoki boshqa ishtirokchilar fikrini biron-bir
tarzda baholash yoxud sharhlashdan, shuningdek qaror qabul qilishda tazyiq o‘tkazishdan o‘zini
tiyishi lozim.
Sessiyada raislik qiluvchi:
mahalliy Kengash reglamenti talablari qo‘pol ravishda buzilgan taqdirda deputatni
ogohlantirishga, takroran buzishga yo‘l qo‘yilganida esa, uni butun sessiya kuni davomida so‘zdan
mahrum qilishga;
sessiya ishiga xalaqit berayotgan taklif qilingan shaxslarni sessiya zalidan chiqarib yuborishga
haqli.
22-modda. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini va eng muhim muammolarni
muhokama etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalari (komissiyalari)


va mahalliy Kengashning qo‘shma majlisi o‘tkazilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qo‘mitasi (komissiyasi) va mahalliy
Kengashning qo‘shma majlisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitasi
(komissiyasi)ning raisi va hokim — mahalliy Kengash rahbari o‘rtasida kelishuv bo‘yicha o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qo‘mitasi (komissiyasi) va mahalliy
Kengashning qo‘shma majlisi kun tartibidagi masalalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Senatining qo‘mitasi (komissiyasi) tomonidan mahalliy Kengashning tegishli doimiy komissiyasi
bilan hamkorlikda tayyorlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qo‘mitasi (komissiyasi) va mahalliy
Kengashning qo‘shma majlisini chaqirish, uni o‘tkazish vaqti, sanasi, joyi va boshqa masalalar
mahalliy Kengash reglamentiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitasi
(komissiyasi)ning raisi va hokim — mahalliy Kengash rahbari o‘rtasida kelishuv bo‘yicha hal etiladi.

Download 254.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling