Xalq maslahatchisi Abdullaev ishdan qaytayotgan vaqtida fuqaro Vohidov


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1516217
  1   2
Bog'liq
612 2




 
2-Kazus 
Xalq maslahatchisi Abdullaev ishdan qaytayotgan vaqtida fuqaro Vohidov 
tomonidan sodir etilgan bezorilik xatti-harakatlarining bevosita guvohi bo‘lgan. 
Vohidov sud tomonidan aybdor deb topilib, ozodlikdan mahrum etishga hukm 
qilindi. Advokat Isamov jazoni kamaytirish xaqida appelyatsiya tarzida bergan 
shikoyatida sud tarkibi qonunga xilof ekanligini, ya’ni ushbu ish ko‘rib chiqilishida 
guvoh tariqasida hech kim so‘roq qilinmaganligini, ammo voqeaning yagona guvohi 
bo‘lgan Abdullaev esa mazkur ish bo‘yicha xalq maslahatchi sifatida ishtirok 
etganligini ta’kidlaydi.
Prokuror ushbu ish yuzasidan Abdullaev halq maslahatchisi tariqasida 
sudda qonuniy asoslarda ishtirok etayotganini va ish bo‘yicha guvoh tariqasida 
so‘roq qilinmasligini bildirib, advokatning shikoyatiga o‘rin yo‘qligini bildirdi.
– Prokurorning harakatlari to‘g‘rimi?
– Sud tarkibi qonuniymi?



Kazusda asosiy hal qilinishi kerak bo‘lgan jarayon Vohidovning advokati 
jazoni kamaytirish haqida appelyatsiya tarzida bergan shikoyatida sud tarkibi 
qonunga xilof ekanligini, guvoh sifatida hech kim ishtirok etmaganini shu o‘rinda 
xalq maslahatchisi Abdullayev sodir bo‘lgan jinoyatga yakka guvohligini ta’kidlab 
o‘tgan. Prokuror aksincha advokatni talablariga e’tiroz bildirgan.
Avvlo xalq maslahatchisining harakatlariga keladigan bo‘lsak, Jinoyat 
protsessining har bir ishtirokchisi o‘ziga xos funksiya, ya'ni o‘z faoliyat yo‘nalishini 
ifoda etuvchi xizmat burchini o‘taydi. Ushbu funksiyalarning xususiyati 
protsessning mazkur ishtirokchilari bajaradigan vazifalarga va ularning muhofaza 
qilinadigan manfaatlariga bog'lig holda belgilanadi. Yuridik adabiyotlarda “Qonun 
hujjatlarini tahlil qilish, birinchidan, jinoyat protsessining ishtirokchilari gonunda to 
liq keltirilganligi; ikkinchidan, ular muayyan protsessual, tergov va sudlov 
harakatlarida ishtirok etishlari haqidagi xulosaga olib keladi. Birog amaldagi JPKda 
«jinoyat protsessining ishtirokchilari» tushunchasining o‘zi berilmagan. Yuridik 
adabiyotda ushbu masala turlicha yoritilgan, barcha umume'tirof etilgan tushuncha 
hali ishlab chigilmagan”
1

Jinovat protessi ishtirokchilari deb, jinoyat sudlov ishlarini: yuritishda 
qonun bilan belgilangan tartibda muayyan bir funksiyani bajarishga yo‘naltirilgan 
va qonun bilan tegishli huquq va majburiyatlarga ega bo‘lgan davlat organlari, 
mansabdor shaxslar va fuqarolarga aytiladi. Xalq masklahatchisi jinoyat protsessi 
ishtirokchilarining “Jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va 
mansabdor shaxslar” guruhiga kiradi. Demak, xalq maslahatchisi ushbu ishda 
mansabdor shaxs hisoblanadi. Shu o‘rinda sud tarkibini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, 
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yildagi O‘RQ-703-sonli “Sudlar to‘g‘risida”gi 
qonunining 32-moddasi ‘‘Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent 
shahar sudi rais, rais o‘rinbosarlari —fuqarolik, jinoyat va iqtisodiy ishlar bo‘yicha 
sudlov hay’atlari raislari, sudyalar, shuningdek xalq maslahatchilaridan iborat 
bo‘ladi”. Shuningdek ushbu qonunnig 39-moddasi ‘‘Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, 
1
O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Jinoyat protsessi darslik Toshkent-2012 70-bet 



shahar sudi’’ning tarkibi: jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudi rais, sudyalar 
va xalq maslahatchilaridan iborat bo‘ladi. Sudlarda ishlar hay’at hamda yakka 
tartibda ko‘riladi. Jinoyat ishini ko‘rib chiqishda sudning tarkibida saylangan va 
tayinlangan sudyalar hamda xalq maslahatchilari ishtirok etadilar”
2
. Jinoyat ishlari 
yurituviga mas'ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslar ichida sud 
markaziy o‘rin egallaydi. Aynan sud orqali odil sudlov funksiyasini amalga oshirib, 
jinoyat hodisasi yuzasidan yakuniy bo‘lgan qarorni qabul qiladi. Bugungi kunda sud-
huquq 
islohotlari 
jarayonida 
ishlarni 
sudda 
ko‘rishning 
bir 
muncha 
takomillashtirilgan protsessual tartibi joriy etildi unga ko‘ra sud kadrlarini tanlash 
va lavozimga tayinlash borasida ancha samarali tizimga asos solindi, sud oldida 
protsess ishtirokchilarining tengligi qonun bilan mustahkamlandi. Shuningdek, Sud 
faoliyati mustagil va faqat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga hamda 
uning asosida qabul qilingan qonunlarga asosan, oshkoralik taraflar tortishuvi va 
aybsiz lik prezumpsiyasi kabi prinsiplarga va jinoyat protsessining boshqa 
demokratik asoslariga tayanadi. 
Ko‘rishimiz mumkinki, qonunda jinoyat ishi sud hay’at hamda yakka tartibda 
ishlarni ko‘rib chiqadi. Hay’at sudya va xalq maslahatchilaridan iborat bo‘ladi. 
Ijtimoiy xavfi uncha katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan ishlar yakka 
tartibda ko‘rib chiqiladi. Bu borada “Sudlar to‘g‘risida”gi qonuning 59-moddasi 
xalq maslahatchisiga qo‘yilgan bir qancha talablar bor bular: «Xalq maslahatchilari» 
O‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, fuqarolarning yashash yoki ish joyidagi 
yig‘ilishida ochiq ovoz berish yo‘li bilan ikki yarim yil muddatga saylangan 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi xalq maslahatchisi bo‘lishi mumkin. Haqiqiy 
harbiy xizmatni o‘tayotgan, saylov kunida o‘ttiz besh yoshga to‘lgan, harbiy qismlar 
harbiy xizmatchilarining yig‘ilishlarida ochiq ovoz berish yo‘li bilan ikki yarim yil 
muddatga saylangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi harbiy sudning xalq 
maslahatchisi bo‘lishi mumkin. Har bir sud uchun xalq maslahatchilari soni 
2
O’zbekiston Respublikasi “Sudlar to’g‘risida”gi qonun



sudyalarning tegishli malaka hay’atlari tomonidan belgilanadi”
3
. Sudya yakka o‘zi 
yoki sud tarkibida ish yuritib, ishni sud yuritib, muhokamasiga tayylorlash bilan 
bog'liq harakatlarni bajaradi, sud majlisida raislik qilib O‘zbekiston Respublikasi 
Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan boshga huquq va majburiyatlarni 
amalga oshiradi. Jinoyat ishini ko‘rishda ushbu sud tarkibiga tayinlangan yoki 
saylangan sudyalar va xalq maslahatchilari qatnashadilar. Xalq maslahatchilari odil 
sudlovni amalga oshirishda sudyaning huquqlaridan foydalandi.
Xalq maslahatchilari sudlardagi o‘z vazifalarini bajarishga bir yilda ko‘pi 
bilan ikki haftaga navbatma-navbat chaqiriladi, bundan ularning ishtirokida 
boshlangan sud ishini ko‘rishni tugallash zarurati bu muddatni uzaytirishni taqozo 
etgan hollar mustasno. Shu davrda ularning ish joyidagi o‘rtacha ish haqi saqlanib 
qoladi. Shu bilan birga xalq maslahatchilari fuqarolar orasidan saylanadi va sudya 
bilan teng huquqqa ega bo‘ladi. saylangan fuqarolarni xalq maslahatchilari sifatida 
qatnashishi 
ularning 
fuqarolik 
burchi 
hisoblanadi. 
Darhaqiqat, 
Xalq 
maslahatchiligiga nomzodlar ko‘rsatish mehnat jamoalari, fuqarolarning yashash 
joyidagi saylovchilar tomonidan amalga oshiriladi. Bu borada O‘zbekiston 
Respublikasining “Sudyalarning malaka hayatlari to‘g’risida”gi nizomning 8-
bobida belgilab qo‘yilgan “belgilangan tartibga rioya etgan holda joriy yilda 
korxona, tashkilot, muassasa va o‘zini-o‘zi boshqarish organlarida xalq 
maslahatchilari saylovi o‘tkazildi”
4
. Shuningdek, xalq maslahatchilari mustaqil 
bo‘lib, faqat qonunga bo‘ysidalar. Ularning suddagi faoliyatiga hech qanday 
aralashuvga yo‘l qo‘yilmaydi hamda uning roziligisiz ishdan bo‘shatish yoki boshqa 
ishga o‘tkazish mumkin emas.
Ushbu jinoyatda guvoh JPKning 65-moddasi Jinoyat ishi bo‘yicha aniqlanishi 
lozim bo‘lgan biror holatni bilishi mumkin bo‘lgan har qanday shaxs guvoh sifatida 
ko‘rsatuv berish uchun chaqirilishi mumkin”ligi ta’kidlab o‘tilgan.
3
O’zbekiston Respublikasi “Sudlar to’g‘risida”gi qonun
4
 
https://aniq.uz/uz/yangiliklar/sud-majlislaridagi-xalq-maslahatchilari
 



JPKning 66-moddasiga muvofiq guvohning huquq va majburiyatlari 
keltirilgan: “Advokatning yuridik yordamidan foydalanish; tergov harakatlarida 
advokat bilan birga ishtirok etish; so‘roq yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha 
bilmasa, o‘z ona tilida ko‘rsatuvlar berish va bu holda tarjimon xizmatidan 
foydalanish; uning so‘roq qilinishida ishtirok etuvchi tarjimonni rad qilish
ko‘rsatuvlarini o‘z qo‘li bilan yozib berish; o‘ziga qarshi ko‘rsatuv bermaslik; so‘roq 
bayonnomasi bilan tanishish, unga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish; ko‘rsatuvlar 
berishda yozma belgilar va hujjatlardan foydalanish; o‘z manfaatlarini himoya qilish 
uchun, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari 
hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish huquqiga ega. 
Guvohning majburiyatlari: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning 
chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi ish bo‘yicha o‘ziga ma’lum hamma narsa haqida 
haqqoniy so‘zlab berishi; berilgan savollarga javob qaytarishi; ish bo‘yicha o‘ziga 
ma’lum bo‘lgan holatlarni so‘roq qiluvchining ruxsatisiz oshkor etmasligi; ishning 
tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart”
5
.
Kazusda prokuror xalq maslahatchisini ishda qonuniy qatnashayotganligi va 
uni so‘roq qilinmasligi aytiladi. Bu holatga ham to‘xtaladigan bo‘lsak, “So‘roq 
qilishning umumiy qoidalar” deb nomlangan 10-bobda ko‘rsatilganidek 
surishtiruvchi yoki tergovchi guvohni, jabrlanuvchini, ayblanuvchini surishtiruv
dastlabki tergov o‘tkaziladigan joyda yoki so‘roq qiluvchi qayerda bo‘lsa o‘sha 
joyda, sud esa sud muhokamasi yuritilayotgan joyda so‘roq qiladi. So‘roq qilish 
uchun chaqiruv ham tegishli tartibda amalga oshiriladi. Ya’ni so‘roq qilinuvchiga 
sudga chaqiruv qog‘ozi pochta orqali jo‘natiladi. Chaqiruv qog‘ozida so‘roq 
qilinuvchi qaysi manzilga, qaysi kun, soat nechida kelishi ko‘rsatilgan bo‘ladi. 
uzrsuz sabablarga ko‘ra kelmay qolgan taqdirda qanday oqibatlar ro‘y berishi 
ko‘rsatilgan bo‘ladi. So‘ngra chaqiruv qog‘ozi so‘roq qilinuvchiga topshirilib undan 
yozma ravishda tilxat olinadi. So‘roq qilishning umumiy qoidalari – bu so‘roq 
5
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsesual kodeksi 



qilishda qo‘llaniladigan umumiy normalar bo‘lib, ular, odatda, har qanday shaxslarni 
so‘roq qilishida qo‘llaniladi
6

Surishtiruvchi, tergovchi va sud so‘roq qilish oldidan so‘roq qilinuvchi 
shaxsini u haqda barcha ma’lumotlarni aniqlab oladi.
Bu holatga huquqiy baho beradigan bo‘lsak, JPKning 115-moddasi muvofiq 
«Guvoh va jabrlanuvchi tariqasida so‘roq qilinishi mumkin bo‘lmagan shaxslar» 
doirasi keltirilgan: 
 hukm va ajrim chiqarish jarayonida kelib chiqqan masalalarni maslahatxonada 
muhokama qilishga oid holatlar to‘g‘risida — sudyani va xalq maslahatchisini deb 
keltirilgan.
 jinoyat ishi yuzasidan vazifalarni bajarishlari natijasida o‘zlariga ma’lum bo‘lgan 
holatlar to‘g’risida – himoyachi, shuningdek, jabrlanuvchining, fuqaroviy 
da’vogarning, fuqaroviy javobgarning vakili; 
 ruhiy holati buzulganligi yoki jismoniy niqsoni sababli ish uchun ahamiyatli 
bo‘lgan holatni to‘g’ri idrok etish va bu haqda ko‘rsatuv bera olish layoqatiga ega 
bo‘lmagan shaxsni so‘roq qilish mumkin emas.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling