Xalq maslahatchisi Abdullaev ishdan qaytayotgan vaqtida fuqaro Vohidov
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq612 2
1 2-Kazus Xalq maslahatchisi Abdullaev ishdan qaytayotgan vaqtida fuqaro Vohidov tomonidan sodir etilgan bezorilik xatti-harakatlarining bevosita guvohi bo‘lgan. Vohidov sud tomonidan aybdor deb topilib, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilindi. Advokat Isamov jazoni kamaytirish xaqida appelyatsiya tarzida bergan shikoyatida sud tarkibi qonunga xilof ekanligini, ya’ni ushbu ish ko‘rib chiqilishida guvoh tariqasida hech kim so‘roq qilinmaganligini, ammo voqeaning yagona guvohi bo‘lgan Abdullaev esa mazkur ish bo‘yicha xalq maslahatchi sifatida ishtirok etganligini ta’kidlaydi. Prokuror ushbu ish yuzasidan Abdullaev halq maslahatchisi tariqasida sudda qonuniy asoslarda ishtirok etayotganini va ish bo‘yicha guvoh tariqasida so‘roq qilinmasligini bildirib, advokatning shikoyatiga o‘rin yo‘qligini bildirdi. – Prokurorning harakatlari to‘g‘rimi? – Sud tarkibi qonuniymi? 2 Kazusda asosiy hal qilinishi kerak bo‘lgan jarayon Vohidovning advokati jazoni kamaytirish haqida appelyatsiya tarzida bergan shikoyatida sud tarkibi qonunga xilof ekanligini, guvoh sifatida hech kim ishtirok etmaganini shu o‘rinda xalq maslahatchisi Abdullayev sodir bo‘lgan jinoyatga yakka guvohligini ta’kidlab o‘tgan. Prokuror aksincha advokatni talablariga e’tiroz bildirgan. Avvlo xalq maslahatchisining harakatlariga keladigan bo‘lsak, Jinoyat protsessining har bir ishtirokchisi o‘ziga xos funksiya, ya'ni o‘z faoliyat yo‘nalishini ifoda etuvchi xizmat burchini o‘taydi. Ushbu funksiyalarning xususiyati protsessning mazkur ishtirokchilari bajaradigan vazifalarga va ularning muhofaza qilinadigan manfaatlariga bog'lig holda belgilanadi. Yuridik adabiyotlarda “Qonun hujjatlarini tahlil qilish, birinchidan, jinoyat protsessining ishtirokchilari gonunda to liq keltirilganligi; ikkinchidan, ular muayyan protsessual, tergov va sudlov harakatlarida ishtirok etishlari haqidagi xulosaga olib keladi. Birog amaldagi JPKda «jinoyat protsessining ishtirokchilari» tushunchasining o‘zi berilmagan. Yuridik adabiyotda ushbu masala turlicha yoritilgan, barcha umume'tirof etilgan tushuncha hali ishlab chigilmagan” 1 . Jinovat protessi ishtirokchilari deb, jinoyat sudlov ishlarini: yuritishda qonun bilan belgilangan tartibda muayyan bir funksiyani bajarishga yo‘naltirilgan va qonun bilan tegishli huquq va majburiyatlarga ega bo‘lgan davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarga aytiladi. Xalq masklahatchisi jinoyat protsessi ishtirokchilarining “Jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslar” guruhiga kiradi. Demak, xalq maslahatchisi ushbu ishda mansabdor shaxs hisoblanadi. Shu o‘rinda sud tarkibini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasining 2021-yildagi O‘RQ-703-sonli “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunining 32-moddasi ‘‘Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rais, rais o‘rinbosarlari —fuqarolik, jinoyat va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atlari raislari, sudyalar, shuningdek xalq maslahatchilaridan iborat bo‘ladi”. Shuningdek ushbu qonunnig 39-moddasi ‘‘Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, 1 O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Jinoyat protsessi darslik Toshkent-2012 70-bet 3 shahar sudi’’ning tarkibi: jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudi rais, sudyalar va xalq maslahatchilaridan iborat bo‘ladi. Sudlarda ishlar hay’at hamda yakka tartibda ko‘riladi. Jinoyat ishini ko‘rib chiqishda sudning tarkibida saylangan va tayinlangan sudyalar hamda xalq maslahatchilari ishtirok etadilar” 2 . Jinoyat ishlari yurituviga mas'ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslar ichida sud markaziy o‘rin egallaydi. Aynan sud orqali odil sudlov funksiyasini amalga oshirib, jinoyat hodisasi yuzasidan yakuniy bo‘lgan qarorni qabul qiladi. Bugungi kunda sud- huquq islohotlari jarayonida ishlarni sudda ko‘rishning bir muncha takomillashtirilgan protsessual tartibi joriy etildi unga ko‘ra sud kadrlarini tanlash va lavozimga tayinlash borasida ancha samarali tizimga asos solindi, sud oldida protsess ishtirokchilarining tengligi qonun bilan mustahkamlandi. Shuningdek, Sud faoliyati mustagil va faqat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga hamda uning asosida qabul qilingan qonunlarga asosan, oshkoralik taraflar tortishuvi va aybsiz lik prezumpsiyasi kabi prinsiplarga va jinoyat protsessining boshqa demokratik asoslariga tayanadi. Ko‘rishimiz mumkinki, qonunda jinoyat ishi sud hay’at hamda yakka tartibda ishlarni ko‘rib chiqadi. Hay’at sudya va xalq maslahatchilaridan iborat bo‘ladi. Ijtimoiy xavfi uncha katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan ishlar yakka tartibda ko‘rib chiqiladi. Bu borada “Sudlar to‘g‘risida”gi qonuning 59-moddasi xalq maslahatchisiga qo‘yilgan bir qancha talablar bor bular: «Xalq maslahatchilari» O‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, fuqarolarning yashash yoki ish joyidagi yig‘ilishida ochiq ovoz berish yo‘li bilan ikki yarim yil muddatga saylangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi xalq maslahatchisi bo‘lishi mumkin. Haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotgan, saylov kunida o‘ttiz besh yoshga to‘lgan, harbiy qismlar harbiy xizmatchilarining yig‘ilishlarida ochiq ovoz berish yo‘li bilan ikki yarim yil muddatga saylangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi harbiy sudning xalq maslahatchisi bo‘lishi mumkin. Har bir sud uchun xalq maslahatchilari soni 2 O’zbekiston Respublikasi “Sudlar to’g‘risida”gi qonun 4 sudyalarning tegishli malaka hay’atlari tomonidan belgilanadi” 3 . Sudya yakka o‘zi yoki sud tarkibida ish yuritib, ishni sud yuritib, muhokamasiga tayylorlash bilan bog'liq harakatlarni bajaradi, sud majlisida raislik qilib O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan boshga huquq va majburiyatlarni amalga oshiradi. Jinoyat ishini ko‘rishda ushbu sud tarkibiga tayinlangan yoki saylangan sudyalar va xalq maslahatchilari qatnashadilar. Xalq maslahatchilari odil sudlovni amalga oshirishda sudyaning huquqlaridan foydalandi. Xalq maslahatchilari sudlardagi o‘z vazifalarini bajarishga bir yilda ko‘pi bilan ikki haftaga navbatma-navbat chaqiriladi, bundan ularning ishtirokida boshlangan sud ishini ko‘rishni tugallash zarurati bu muddatni uzaytirishni taqozo etgan hollar mustasno. Shu davrda ularning ish joyidagi o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi. Shu bilan birga xalq maslahatchilari fuqarolar orasidan saylanadi va sudya bilan teng huquqqa ega bo‘ladi. saylangan fuqarolarni xalq maslahatchilari sifatida qatnashishi ularning fuqarolik burchi hisoblanadi. Darhaqiqat, Xalq maslahatchiligiga nomzodlar ko‘rsatish mehnat jamoalari, fuqarolarning yashash joyidagi saylovchilar tomonidan amalga oshiriladi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining “Sudyalarning malaka hayatlari to‘g’risida”gi nizomning 8- bobida belgilab qo‘yilgan “belgilangan tartibga rioya etgan holda joriy yilda korxona, tashkilot, muassasa va o‘zini-o‘zi boshqarish organlarida xalq maslahatchilari saylovi o‘tkazildi” 4 . Shuningdek, xalq maslahatchilari mustaqil bo‘lib, faqat qonunga bo‘ysidalar. Ularning suddagi faoliyatiga hech qanday aralashuvga yo‘l qo‘yilmaydi hamda uning roziligisiz ishdan bo‘shatish yoki boshqa ishga o‘tkazish mumkin emas. Ushbu jinoyatda guvoh JPKning 65-moddasi Jinoyat ishi bo‘yicha aniqlanishi lozim bo‘lgan biror holatni bilishi mumkin bo‘lgan har qanday shaxs guvoh sifatida ko‘rsatuv berish uchun chaqirilishi mumkin”ligi ta’kidlab o‘tilgan. 3 O’zbekiston Respublikasi “Sudlar to’g‘risida”gi qonun 4 https://aniq.uz/uz/yangiliklar/sud-majlislaridagi-xalq-maslahatchilari 5 JPKning 66-moddasiga muvofiq guvohning huquq va majburiyatlari keltirilgan: “Advokatning yuridik yordamidan foydalanish; tergov harakatlarida advokat bilan birga ishtirok etish; so‘roq yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, o‘z ona tilida ko‘rsatuvlar berish va bu holda tarjimon xizmatidan foydalanish; uning so‘roq qilinishida ishtirok etuvchi tarjimonni rad qilish; ko‘rsatuvlarini o‘z qo‘li bilan yozib berish; o‘ziga qarshi ko‘rsatuv bermaslik; so‘roq bayonnomasi bilan tanishish, unga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish; ko‘rsatuvlar berishda yozma belgilar va hujjatlardan foydalanish; o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish huquqiga ega. Guvohning majburiyatlari: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi ish bo‘yicha o‘ziga ma’lum hamma narsa haqida haqqoniy so‘zlab berishi; berilgan savollarga javob qaytarishi; ish bo‘yicha o‘ziga ma’lum bo‘lgan holatlarni so‘roq qiluvchining ruxsatisiz oshkor etmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart” 5 . Kazusda prokuror xalq maslahatchisini ishda qonuniy qatnashayotganligi va uni so‘roq qilinmasligi aytiladi. Bu holatga ham to‘xtaladigan bo‘lsak, “So‘roq qilishning umumiy qoidalar” deb nomlangan 10-bobda ko‘rsatilganidek surishtiruvchi yoki tergovchi guvohni, jabrlanuvchini, ayblanuvchini surishtiruv, dastlabki tergov o‘tkaziladigan joyda yoki so‘roq qiluvchi qayerda bo‘lsa o‘sha joyda, sud esa sud muhokamasi yuritilayotgan joyda so‘roq qiladi. So‘roq qilish uchun chaqiruv ham tegishli tartibda amalga oshiriladi. Ya’ni so‘roq qilinuvchiga sudga chaqiruv qog‘ozi pochta orqali jo‘natiladi. Chaqiruv qog‘ozida so‘roq qilinuvchi qaysi manzilga, qaysi kun, soat nechida kelishi ko‘rsatilgan bo‘ladi. uzrsuz sabablarga ko‘ra kelmay qolgan taqdirda qanday oqibatlar ro‘y berishi ko‘rsatilgan bo‘ladi. So‘ngra chaqiruv qog‘ozi so‘roq qilinuvchiga topshirilib undan yozma ravishda tilxat olinadi. So‘roq qilishning umumiy qoidalari – bu so‘roq 5 O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsesual kodeksi 6 qilishda qo‘llaniladigan umumiy normalar bo‘lib, ular, odatda, har qanday shaxslarni so‘roq qilishida qo‘llaniladi 6 . Surishtiruvchi, tergovchi va sud so‘roq qilish oldidan so‘roq qilinuvchi shaxsini u haqda barcha ma’lumotlarni aniqlab oladi. Bu holatga huquqiy baho beradigan bo‘lsak, JPKning 115-moddasi muvofiq «Guvoh va jabrlanuvchi tariqasida so‘roq qilinishi mumkin bo‘lmagan shaxslar» doirasi keltirilgan: hukm va ajrim chiqarish jarayonida kelib chiqqan masalalarni maslahatxonada muhokama qilishga oid holatlar to‘g‘risida — sudyani va xalq maslahatchisini deb keltirilgan. jinoyat ishi yuzasidan vazifalarni bajarishlari natijasida o‘zlariga ma’lum bo‘lgan holatlar to‘g’risida – himoyachi, shuningdek, jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning, fuqaroviy javobgarning vakili; ruhiy holati buzulganligi yoki jismoniy niqsoni sababli ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatni to‘g’ri idrok etish va bu haqda ko‘rsatuv bera olish layoqatiga ega bo‘lmagan shaxsni so‘roq qilish mumkin emas. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling