Xalq og’zaki ijodi


ALLA - bolalarni uxlatish uchun onalar aytadigan qo’shiq.Alla ohangi beshik yoki belanchak tebranish sur’atiga mos bo’ladi. Sinfi


Download 171.9 Kb.
bet4/6
Sana26.01.2023
Hajmi171.9 Kb.
#1128354
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
123-mavzu

ALLA - bolalarni uxlatish uchun onalar aytadigan qo’shiq.Alla ohangi beshik yoki belanchak tebranish sur’atiga mos bo’ladi.

Sinfi: 4A


Dars: O’qish
Mavzu: ”Xalq og’zaki ijodi” bo’limidan takrorlash
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O‘quvchilarni xalq og‘zaki ijodi namunalari bilan tanishtirish. Maqol, topishmoq, ertak va xalq qo‘shiqlari haqida tasavvurlarini shakllantirish
Tarbiyaviy: O‘quvchilarning nutqi ravon va chiroyli bo‘lishida xalq og‘zaki ijodining ahamiyatini tushuntirish
Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarda milliy qadriyatlarimiz, boy tariximiz va dono xalqimizga nisbatan iftixor hissini uyg‘otish
Dars turi: Noan’anaviy
Dars metodi: Aqliy hujum, Moychechak, Topishmoqli anogramma, Yelpig’ich, Fontamimo suhbat, guruhlarda ishlash, ifodali o’qish, “Davom ettir”, “Zanjir” metodlari,”Yosh aktyorlar” o’yinlari, “Tezkor savol-javob”,“Topib o’qi” mashqi, test.
Dars jihozi: Darslik, texnik vositalar, slayd, mavzuga doir ko’rgazmali vositalar, boshqotirma, test savollari.
Dars shiori: Ilm – baxt keltirar,
Bilim – taxt keltirar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism :
Salomlashish. Dars O’zbekiston madhiyasi bilan boshlanadi
Navbatchi axborotini tinglash.
Menman bugun navbatchi,
Gullarga suv quyuvchi.
Doskani ham artuvchi,
Sanani ham aytuvchi.

O’quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish.


A)salomlashish va darsga tayyorgarligini tekshirish.
Quyidagi she’rni jo’r bo’lib aytadilar.

A school –maktab, shunday ataymiz maqtab.


Classroom sinfga yo’q qiyos ,bizni kutar teacher –ustoz.
Osig’liq bleak board –doska,yozamiz tez havasda.
Yozishgaa kirishgan chog’,kerak bo’lar bo’r –a chalk.
Parta a desk ga shu tob qo’yamiz a book-kitob,
Yana daftar- a notebook va kundalik –a daybook.
Yozishni unutma sen,kerak bo’lar ruchka a pen .
(she’rni ayta turib, o’quv qurollarini ko’rsatadlar. Bunda biz o’quvchilarnin darsga tayyorgarligin tekshira olamiz va ingliz tilidan bilimlarini mustahkamlaymiz.)
Sinf o’quvchilarini 4 guruhga bo’lish.
1-guruh ”Qor parcha”, 2-guruh “Ayozbobo”, 3-guruh “Qorbobo”, 4-guruh “Qish” Guruh sardorlarini saylanadi. Guruh sardorlari guruhlari bilan tanishtiradilar:
Qor parcha” – Men qish faslida dunyoga kelganman. Qir-adir, tog’-u tosh, dala-dashtda uchib, o’ynoqlab, yerga tomon intilaman. Hamma yoqni oq choyshab bilan o’rayman. Men yog’ganda bolalar, hatto kattalar ham qorbo’ron o’ynashadi, qorxat yozishadi.
Ayozbobo” – men issiq havoni sovutaman. Yerlarni, suvlarni muzlataman. Men tufayli yaxmalaklar paydo bo’ladi. Bolalar yaxmalakda chang’ida, chanada uchadi. Tarnovlarda sumalaklar osiladi.
Qorbobo” – Men qish faslida bolalarning eng sevimli bobosiman. Uzoq-uzoq o’lkalardan ularga yangi yil bayrami sovg’alarini, qorqizimni olib kelaman. Ularning kuy-qo’shiqlari, o’yin-kulgilari jaranglagan bayramni birga nishonlayman. Men tufayli Ayozboboning izg’irin sovuqlarini sezmaydilar. Men ularga kuch-quvvat bag’ishlayman. Hammangizni yaqinlashib kelayotgan yangi yilingiz bilan tabriklayman.
“Qish” – Yuqorida so’zga chiqqanlarning barchasi mening dilbandlarim. Ular tufayli men borman. Ular tufayli men yilning boshida turaman. Dekabr, yanvar, fevral oylari mening qo’ynimda yashaydi. Ularning har birlariga yaxshi kunlarni, bayramlarni taqsimlab berganman. Dars davomida guruhlarga archa berilib, topshiriqlarda ishtiroki uchun archa o’yinchoqlari va bezaklari bilan rag’batlantirib boriladi. Dars yakunida qaysi guruhning archa bezaklari ko’p bo’lsa, shu guruh g’olib hisoblanadi.
Dars davomida amal qilinishi lozim bo’lgan qoidalar bilan tanishtirish.

  1. Faollik

  2. O’ng qo’l qoidasi

  3. O’zaro hurmat

  4. Vaqtdan unumli foydalanish

  5. Intizom


Download 171.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling