Xalq ommasining badiiy, ijodiy-amaliy va havaskorlik faoliyati


Download 137.1 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.10.2020
Hajmi137.1 Kb.
#133920
Bog'liq
Xalq ijodi


Xalq ijodi

Xalq ijodi — xalq ommasining badiiy,

ijodiy-amaliy va havaskorlik faoliyati;

anʼanaviy moddiy va nomoddiy

madaniyatning xalq ogʻzaki badiiy ijodi

(folklor), xalq musiqasi (musiqa folklori),

xalq teatri (tomosha sanʼati), xalq oʻyinlari

(raqs), qoʻgʻirchoqbozlik, dor va yogʻoch

oyoq oʻyinlari (xalq sirki), xalq tasviriy va

amaliy bezak sanʼati hamda texnikaviy va

badiiy havaskorlik kabi ijodiyot turlari.

Yaratilishi va ijodiy jarayonida

koʻpchilikning ishtiroki boʻlgan Xalq ijodi



ning turlari xalq turmush tarzi, yashash

sharoitlari, ijtimoiy mehnat darajasiga

moye ravishda shakllanib,

avloddanavlodga, ustozdan shogirdga

oʻtib, doimiy ravishda mukammallashib,

sayqallashib, tobora anʼanaviylashib

borgan va nihoyat, kasbiylik

(professionallik) xususiyatiga ega

boʻlgan, jonli ijro sharoitlari va kundalik

amaliyotda bizgacha yetib kelgan.

Shuningdek, Xalq ijodining bir qator qad.

namunalari yozma manbalarda, tarixchi

va yozuvchilarning asarlarida,

qoyatoshlarda (Sarmishsoy, Zarautsoy

rasmlari kabi), arxeologiya va arxitektura

yodgorliklarida, uyroʻzgʻor buyumlarida

saklanib kelgan.


Xalq ijodi namunalarida xalqning

turmush tarzi, ijtimoiy va maishiy hayoti,

mehnat faoliyati, tabiat va jamiyatga

qarashlari, eʼtiqodi va diniy tasavvurlari,

inson va olamga nisbatan histuygʻulari,

badiiy olami, bilim darajasi, baxtli va

adolatli zamon haqidagi oʻyfikrlari oʻz

ifodasini topgan. Xalq ijodi qadimdan

rivojlanib kelgan (qarang Ibtidoiy sanʼat).

Jamiyat taraqqiyoti va mehnat

taqsimotining kuchaya borishi bilan Xalq

ijodi janrlariga nisbatan ayrim isteʼdodli

shaxslarning ixtisoslashuvi osha borgan.

Shu tariqa baxshilar, masxarabozlar,

qiziqchilar, qoʻgʻirchoqbozlar, raqqoslar,

mashshoklar, naqqoshlar, kulollar,

oʻymakorlar, kashtadoʻzlar va h.k. sanʼati


yuzaga kelgan, korfarmon va ishboshilar

paydo boʻlgan. Ammo uning yaratilishi va

oʻzlashtirilishida koʻpchilikning ishtiroki,

har bir ijro yoki amaliyot qadimdan qaror

topgan mustahkam anʼanalar doirasida

voqe boʻlishi saqlanib kelgan. Har qanday

badiha, ijodiy xattiharakat, yangilik

barqaror anʼanalar va ustozshogird

munosabatlari doirasida roʻy bergan. Bir

tomondan, anʼanalarning oʻzi rivojlana

borgan, ikkinchi tomondan, har bir ijro

yoki amaliyot davomida oʻzgartirishlar,

yangiliklar kiritilgan, yangi asarlar,

variantlar yuzaga kelgan. Qay birlari

unutilib, ijro va amaliyotdan tushib

qolgan.


Xalq ijodi professional sanʼatning yuzaga

kelishi va rivojida katta oʻrin tutadi. Oʻz

navbatida, professional sanʼat ham Xalq

ijodi rivojiga taʼsir koʻrsatib, uni boyitib

kelmoqda. Jamiyatda Xalq ijodi

namunalarini saqlash va rivojlantirish,

yoʻqolganlarini tiklash ehtiyoji oʻzining

estetik talablarini qondirish, yaxshi

yashash va hayotini

mukammallashtirishga boʻlgan

intilishidan kelib chiqqan. Bugungi kunda

Xalq ijodini saqlash va rivojlantirish

uchun katta imkoniyat va sharoitlar

yaratilgan. Umumdavlat miqyosidagi

muzeylar va qoʻrikxonalarning

ishlayotganligi, Xalq ijodi namunalarining

ilmiy oʻrganilishi va nashr etilayotganligi,


koʻplab folkloretnografik ansambllarning

mavjudligi, badiiy havaskorlikni

yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarning

amalga oshirilayotganligi buning

tasdigʻidir.

Xalq ogʻzaki badiiy ijodi (folklor). Inson

nutqi shakllanishi bilan xalq ogʻzaki

badiiy ixodining qad. tur va janrlari ham

qorishiq holda yuzaga kela boshladi.

Kishilik badiiy tafakkurining turli

shakllarini oʻz ichiga olgan bu sinkretik

ijod namunalari ibtidoiy inson maishati

va faoliyatining barcha jihatlari bilan

mahkam bogʻlangan boʻlib, qad.

odamlarning diniyeʼtiqodiy va mifologik

qarashlarini, boshlangʻich ilmiy (empirik)



bilimlarini, tabiat va jamiyat haqidagi

tasavvurlarini aks ettirgan. Biroqqad.

folklorning bunday namunalari bizgacha

yetib kelmagan, balki ularning izlari va

ayrim qismlari xalqning yashash va

turmush tarzi bilan bogʻliq turlituman

tasavvur va qarashlarida, xalq urfodatlari,

udumlari, marosimlari, bayramlari

tarkibida, baʼzi bir yozma manbalarda,

keyingi davrlarda yozib olingan folklor

asarlarida qoldiq holidagina saqlanib

qolgan. Yozuvning yuzaga kelishi

natijasida xalq ogʻzaki badiiy ijodi bilan

tarixan bogʻliq adabiyot xam paydo boʻldi.

Badiiy matnning ayrim ijodiy (yozuvchi,

shoir, dramaturg) faoliyat bilan

bogʻlanishi, muayyan ijodiy harakat


sifatida yozuv bilan mustahkamlanishi

adabiyotning asosiy xususiyati boʻlib,

insoniyat badiiy tafakkuri taraqqiyotidagi

oʻziga xos burilish nuqtasidir. Adabiyot

oʻzining taraqqiyoti davomida folklordan

barcha estetik tushunchalar va badiiy

shakllarni olganligiga qaramay, oʻziga xos

badiyat qonuniyatlari asosida mustaqil

ravishda rivojlana bordi. Soʻz sanʼatining

mustaqil turi sifatida folklor ham u bilan

birgalikda yonmayon yashab keldi.

Chunki kishilik jamiyatining umumiy

estetik talabi va ehtiyoji uzoq yillar

davomida faqat adabiyot bilan emas,

balki folklor bilan ham mustaxkam

bogʻliq boʻldi. Soʻz sanʼati bu 2 turining

mustaqil rivoji, adabiyot va folklor


asarlari yaratilgan ijtimoiy muhitdagi

farkdar, ijodiy jarayonning xilmaxilligi

ularning oʻzlariga xos spetsifik

xususiyatlarini yanada kuchaytirdi.

Natijada adabiyot va folklor oʻzlariga xos

muayyan estetik tizim, janrlar tarkibi,

badiiy xususiyatlarga ega boʻlgan soʻz

sanʼatining mustaqil 2 turi — ogʻzaki va

yozma turi sifatida rivojlanishda davom

etdi.


Yaratuvchilik va ijrochilik jarayonining

ogʻzakiligi va unda koʻpchilikning ishtirok

etishi (jamoaviylik) xalq ogʻzaki badiiy

ijodining asosiy xususiyatidir. Uning

anʼanaviylik, oʻzgaruvchanlik, variantlik,

ommaviylik, anonimlik (muallifining



nomaʼlumligi) kabi koʻpdankoʻp belgilari

folklorga xos ijodiy jarayonning ana shu

bosh xususiyati doirasida namoyon

boʻladi. Folklor namunalari ogʻzaki

yaratilib, ajdodlar va avlodlar

aloqadorligida ogʻzaki tarqalar hamda

ommaviy repertuardan keng urin olar

ekan, bunda badiiy shakllarning

barkarorligi (turgʻunligi), matndan

matnga oʻtuvchi umumiy oʻrinlarning

qatʼiylashganligi, oʻxshash sayyor

syujetlarning koʻpligi imkoniyat yaratadi.

Har bir ijodkor (kdyta ijod) va ijroda

anʼanaviy asardagi nimalardir oʻzgaradi,

nimalardir avvalgisidan boshqacharoq

talqin etiladi, nimalardir qoʻshiladi yoki

tushib krladi. Bunday oʻzgaruvchanlik


ijtimoiy muhit, maishiy sharoit,

eshituvchilar talabi va ijrochi (ijodkor)

salohiyatiga bogʻliq. Lekin har qanday

oʻzgarish, ijro davomidagi qayta ijod

asrlar davomida kagiylashgan puxta

anʼanalar doirasida sodir boʻladi. Demak,

jonli ogʻzaki anʼana doirasidagi

badihagoʻylik folklor asarlarining koʻp

variantlarida tarqalishiga olib keladi.

Xalq ogʻzaki badiiy ijodining deyarli

barcha janrlari turlituman ijrochi va

ijodkorlar faoliyati bilan bogʻliq. Isteʼdodli

ijodkorlar folklor namunalarini saqlab

qolish va keng ommalashtirish bilan

birga ogʻzaki anʼanalar doirasida uni

yanada mukammallashtiradilar, baʼzan



yangilarini ham yarata oladilar. Biroq

bunda barkarorlashgan va qatʼiylashgan

jamoaviylik anʼanalari yetakchilik qiladi.

Ayrim janrlar (mas, topishmoq, maqol

kabi) ommaviy xarakterga ega boʻlsa,

yaʼni ularning namunalaridan har bir kishi

ozmikoʻpmi ayta olsa, boshqalarining

(mas, doston, ogʻzaki drama singari)

ijrosi muayyan tayyorgarlikni talab qilgan.

Shu tariqa xalq ogʻzaki badiiy ijodi

namunalarini yaratish va ijro etishda

oʻziga xos kasbiy ijodkorlik yuzaga

kelgan. Oʻzbek folklorida ijodkor va

ijrochilarning kasbiylashuvi nihoyatda

rivojlangan. Baxshilar, ertakchilar,

askiyabozlar, qiziqchilar, dorbozlar

ijrochiligi professional sanʼat boʻlib, uni


egallash uchun boʻlgʻuvchi ijodkor

maxsus tayyorgarlik koʻrishi va muayyan

ustozdan taʼlim olishi zarur boʻlgan.

Afsona, rivoyat, lof, latifa, maqol,

topishmoq, ertak, doston, qoʻshiq, assiya,

ogʻzaki drama va boshqalarlar xalq

ogʻzaki badiiy ijodining asosiy janrlari

boʻlib, ular soʻz sanʼati namunalari boʻlish

bilan birga muayyan ijtimoiymaishiy

funksiyalarni ham ado etadilar. Mas, hoʻp

mayda, hoʻshhoʻsh, tureyturey,

chureychurey kabi qoʻshiq turlari mehnat

jarayonlariga aloqador boʻlsa, yoryor,

oʻlan, lapar, kelin salom, yigʻiyoʻqlov,

badik, suyet xotin singarilar har xil

marosimlar bilan bogʻliqdir. Folklor



janrlari gʻoyaviybadiiy xususiyatlari bilan

emas, balki ijro usullari (yakka ijrochilik,

jamoaviy ijrochilik, sozli, sozeiz kabi)

jihatidan ham bir-birlaridan farq qiladilar.

Ularning biri kuylash uchun, ikkinchisi

aytib berish, hikoya qilish uchun,

boshqasi koʻrsatish, namoyish etish

uchun yoki ham kuylash, ham oʻynash,

ham aytish uchun moʻljallangan boʻladi.

Folklor janrlari qanchalik xilmaxil, baʼzan

oʻta funksionallashgan va qatʼiy vazifador

boʻlishiga qaramay, ular yaxlit badiiy

tizimni tashkil etadi.

Folklor janrlari ijtimoiyiktisodiy taraqqiyot

bilan uzviy bogʻliq. Xalq hayotidagi tarixiy

oʻzgarishlarga koʻra, ular ham oʻzgara



borgan. Qay bir janrlar yoki namunalar

butunlay yoʻqolgan, yangilari yuzaga

kelgan. Shuning uchun ham ularda koʻp

qatlamlilik mavjud boʻlib, uzoq ijro

davomida bir necha davrlar oʻz izini

qoldirgan. Janrlarning bosqichli

taraqkiyoti va tarixiytipologik nuktai

nazardan qaraganda, eng kdd. davrlarda

koʻpchilik xalklarda miflar, urugʻ va

qabilalar haqidagi afsona va rivoyatlar,

topishmoq va maqollar, olqish va

qargʻishlar, mavsummarosim folklori

namunalari, mehnat qoʻshikdari keng

tarqalgan. Keyingi davrlarda esa, ertaklar,

eposning arxaik shakllari yuzaga kelgan.

Patriarxalurugʻchilik munosabatlarining

yemirilishi va ilk davlatlarning


shakllanishi davrida qaxramonlik

dostonlari yaratilgan. Keyinroq romanik

epos, lirik va tarixiy qoʻshiqlar, ogʻzaki

drama, latifa va loflar paydo boʻlgan.

Xalq ogʻzaki badiiy ijodi milliy

madaniyatning tarkibiy qismi sifatida

juda katta ijtimoiy qiymatga ega. U

xalqning tarixi, maishati, urfodatlari,

dunyoqarashi, ijtimoiy munosabatlari,

orzuumidlari haqida keng bilim beradi.

Unda xalq badiiy didi, voqelikka nisbatan

xalqona estetik munosabat ifodalangan.

Estetik sezgilar rivojida, goʻzallikni, badiiy

soʻz qadri va qimmatini, ona tili

boyliklarini his qilishda uning ahamiyati

beqiyosdir. Folklor professional sanʼat



turlari — adabiyot, teatr, musiqa, kino va

boshqa taraqqiyotida muhim rol oʻynadi.

Xalq musiqasi (musiqiy folklor) — ogʻzaki

anʼanadagi musiqa turi. Ibtidoiy sanʼatda

paydo boʻlgan oʻyin usullari, jodu

aytimlari, tovushli signallardan tortib xalq

ashula va cholgʻu kuylargacha kabi

shakllardan iborat. Boshqa musiqa

turlaridan, asosan, turmush jarayoni

(urfodat, marosim, bayram va

boshqalar)ga bevosita bogʻlanganligi

bilan ajralib turadi. Aksariyat musiqiy

folklor namunalari sof estetik hodisalar

maʼnosida emas, kundalik hayot (maishiy,

mehnat, marosim va boshqalar)

vazifalarini bajaradigan badiiy shakllar



sifatida qaror topadi. Koʻpgina xalq

musiqasi namunalari sinkretik shakllar

boʻlib, bularda kuyohanglar soʻz (koʻshiq,

terma, lapar), raqs (oʻyinraqs kuylari),

tomosha (musiqiy tomosha) bilan

uygʻunlashgan holda yuzaga keladi.

Muayyan badiiy anʼana va shakl (mas,

ohang) andozalariga asoslangan xalq

musiqa namunalari turli davr va

sharoitda (mas, tinglovchilar yoki

ijrochilar tarkibi, ijro etish vaqgi, joyi va

muhitiga qarab) oʻzgaradi. Shuning

uchun har bir musiqiy folklor

namunasining bir necha varianti mavjud

boʻladi. Xalq musiqasida mintaqaviy,

milliy va mahalliy uslublar ajratiladi (mas,

oʻzbek xalq musiqasida Buxoro—


Samarkand musiqa uslubi, Surxondaryo—

Qashqadaryo musika uslubi va

boshqalar).

Musiqiy folklor namunalari badiiy

mazmun jihatidan epik (terma, musiqiy

ertak, maddohlik, qissaxonlik, afsona

kuylari kabi), dramatik (musiqiy tomosha

va boshqalar) va lirik (qoʻshiq, lapar, yalla,

madhiya va boshqalar) turlarga, ijro etish

sharoitiga qarab — maishiy, marosim

qoʻshiqlari, mehnat qoʻshiqlari va boshqa

turlarga ajratiladi. Xalq musiqasi

namunalari xalq (omma) badiiy ongining

mahsuli sifatida hayot kechirib, yakka

holda havaskor xonanda (guyanda, xalfa

va boshqalar), sozanda (doʻmbrakash,



dutorchi kabi) tomonidan, shuningdek,

ansambl yoki jamoaviy tarzda ijro etiladi.

Xalq musiqasi milliy musiqa uslubining

asosi, bastakor va kompozitorlar ijodi,

ommabop musiqaning muhim manbaidir

(qarang Xalq kuylarini qayta ishlash).

Musiqiy folklor, oʻz navbatida,

professional musiqa sanʼati bilan oʻzaro

chambarchas aloqada rivojlanadi. Hozirgi

davrda xalq musiqa namunalarining

qadimiy va oʻzgartirilgani, shuningdek,

ular asosida yangidan yaratilganlari

mavjud.

Xalq musiqa cholgʻu asboblari xilmaxil.



Ular bir xalqqa (mas, qirgʻizlarda koʻmuz,

ukrainlarda bandura) yoki asriy



tarixiymadaniy aloqadagi turli xalqlarga

(mas, uzbek, tojik, uygʻur, turkman,

qoraqalpoqlarda dutor va boshqalar)

mansub boʻlishi mumkin. Xalq musiqasi

namunalarini ijro etish muhiti va boshqa

xususiyatlarini yozib olish bilan musiqiy

etnografiya, tadqiq etish bilan musiqiy

folkloristika (etnomusiqashunoslik)

shugʻullanadi.

Xalq teatri — xalq ogʻzaki ijodi bilan

bogʻliq sanʼat turi. Ilk koʻrinishlari ov

oʻyinlari, dehqonchilik va chorvachilik

bilan bogʻliq qad. marosim hamda

bayramlarda paydo boʻlib, taraqqiy etgan,

xalq sanʼati darajasiga koʻtarilgan.

Dastlabki davrlarda xalq teatrida soʻz va



oʻyin bilan bir qatorda qoʻshiq, raqs,

nayrangbozlik va boshqa aralash boʻlgan.

Keyinchalik ja. . miyat taraqqiyoti

davomida xalq teatri mustaqil ijodiy soha

sifatida ajralib chiqqan. Jahon xalqdari

xalq teatrida jonli aktyorlar teatri va

qoʻgʻirchoq teatri mavjud. Xalq

qoʻgʻirchoq teatri qoʻgʻirchoqlarning

koʻrinishi, ularni oʻynatish usuliga koʻra

xilmaxil. Ularda koʻproq ertak, afsona va

boshqa sahnalashtiriladi. Xalq teatri toʻla

maʼnoda professional boʻlmasada,

qatnashchilari malakali, isteʼdodli

kishilardir. Mas, Qad. Rimda mimlar,

Gʻarbiy Yevropada shpilmanlar,

jonglyorlar, Rossiyada skomoroxlar, Oʻrta

Osiyoda masxarabozlar, shuningdek, turli


mamlakatlardagi qoʻgʻirchoqbozlar va

boshqa Xalq teatri aktyorlari yolgʻiz yoki

toʻdalarga uyushib, shaharmashahar va

qishloqmaqishloq yurib, toʻy, sayil va

bayramlarda, koʻpincha ochiq

maydonlarda tomosha koʻrsatishgan.

Ular repertuaridan xalq ogʻzaki ijodiga

asoslangan tomoshalar, keyinchalik turli

adabiy asarlarning xalq teatriga

moslashtirilgan variantlari oʻrin olgan.

Kiyim va jihozlar, harakat va holatlardagi

yaqqol shartlilik xalq teatri uchun

(umuman, folklor sanʼati uchun ham) xos

xususiyatlardan. Xalq teatrida aktyorlar

oʻyin davomida tomoshabinlar bilan

bevosita muloqotda boʻladi. Xalq



teatrining, odatda, na sahnasi, na

dekoratsiyasi boʻlgan. Unda diqqat,

asosan, tomosha qahramoni xarakterini

ochishga emas, balki vaziyat,

holatlarning kulgili va fojiaviy chiqishiga

qaratilgan. Xalq dramasida ikki —

dramatik (qahramonlik yoki romantik) va

komik personaj mavjud. Dramatik

personajlarga, asosan, dabdabali

muomala uslubi, komik qahramonlarga

esa xazil va hajviy usullar, soʻz oʻyini

xosdir.


Xalq teatri negizida muayyan ijodiy

anʼanalarga asoslangan professional

teatrlar maydonga kelgan. Sharqda

anʼanaviy teatr xalq ogʻzaki ijodi, raqsi va



pantomimaga tayangan. Mas,

Hindistonda katxakali, Yaponiyada

gigaku va No, Indoneziyada vayang—

topeng, vayang—orang va boshqa,

Xitoyda szatszyuy, chuantsi va boshqa,

Oʻrta Osiyoda masxara va mukallid va

boshqa Xalq teatrining oʻziga xos badiiy

va ijro usullari ayrim zamonaviy teatr

aktyorlari ijodiga zamin boʻlgan.

Xalq raqsining qad. namunalari

kishilarning hayvonot va tabiat olamini

kuzatishlarini aks etgirgan. Ovchilik,

chorvachilik bilan shugʻullanuvchi

xalqdarning raqslari yovvoyi va uy

hayvonlari, qushlarning xattiharakatlari,

qiliqlariga taqlidan yaratilgan: pomircha



„Burgut“, „Tulki“, turkmancha (laylak

harakatlarini ifodalovchi) „Ximmil“,

xorazmcha „Chagʻaloq“ („Baliq qush“),

„Toʻrgʻay“, yoqutcha „Ayiq“, Shim.

Afrikadagi „Tuya“, Amerika hamda

Markaziy va Jan. Afrikada ommalashgan

„Ovchilar“ raqslari va boshqa Qishloq

xoʻjaligi mehnati bilan bogʻliqraqslarda

turli mehnat jarayonlari badiiy ifodasini

topgan. Mas, latishcha oʻrimchilar,

gutsulcha oʻtin yoruvchilar, beloruscha

zigʻirkorlar, oʻzbekcha „Pilla“ raqslari va

h.k. Hunarmandchilik va boshqa mehnat

turlari yuzaga kelishi bilan yangi xalq

raqslari paydo boʻlgan: ukraincha bondar,

karelcha toʻquvchilar, oʻzbekcha

chevarlar raqsi va boshqa Xalq


raqslarining koʻpligi marosim va ibodatlar

bilan bogʻliq boʻlgan. Kishilar raqsning

sehrli kuchiga ishonib, oʻyinraqslar bilan

ajdodlar ruhiga, tangrilarga sigʻinishgan,

yomon jinlarni haydashgan va h.k. Xalq

raqsi orasida jangovarlik va bahodirlikni

ulugʻlovchi raqslar ham koʻp uchraydi

(gruzincha xorumi, oʻzbekcha qilich va

tayoq bilan oʻynaladigan raqslar va

boshqalar). Har bir xalqsa oʻz raqs

anʼanalari mavjud. Gʻarbiy Yevropa

xalqlarining raqslari aksar oyoq

harakatlariga asoslanadi. Oʻrta Osiyo va

boshqa Sharq mamlakatlarida diqqat

koʻpincha qoʻl va tana harakatiga

qaratilgan. Xalq raqsi negizida Yevropada

sa^na raqsi, Sharqda (jumladan,


Oʻzbekistonda) mumtoz raks yuzaga

kelgan. Hozirda xalq sahna raqsi

ansambllari deyarli barcha

mamlakatlarda faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekistonda qad. ommaviy

(Beshqarsak kabi) oʻyinraqslari bilan

birga yakka xalq raqslari ham keng oʻrin

olgan (qarang Yalla, Xalfa, Mavrigi).

1920-yillardan boshlab Ashula va raqs

ansamblinint havaskor va professional

jamoalari faoliyat koʻrsatmoqda.

Xalq sirkining kelib chiqishi qad.

marosim, oʻyin va maishiy hayot bilan

bogʻliq. Mas, Xitoy hunarmandlari

toʻqilgan arqonning mustahkamligini

koʻrsatish maqsadida uni tortib, ustidan



yugurgan. Shu tarzda dorbozlik sanʼati

yuzaga kelgan. Akrobatika dastlab ibodat

marosimlari bilan bogʻliq edi.

Professional akrobat, ekvilibrist,

jonglyorlar Yunonistonda, Qad. Rimda,

Xitoy, Vizantiyada maʼlum boʻlgan. Oʻrta

asrlarda sayyoh artistlar shahar va

qishloq maydonlarida chiqishlar qilib,

akrobatika nomerlarini namoyish qilgan.

Tarixiy manbalarga koʻra, Oʻzbekiston

hududida qad. zamonlardan xilmaxil sirk

tomoshalari keng tarqalgan. Xalq bayram

va sayillarida, bozor maydonlarida va

toʻybazmlarda xonanda, sozanda,

qiziqchi va masxarabozlar bilan bir

qatorda sirk artistlari ham tomosha



koʻrsatishgan. Xalq sirki janrlari boy,

rangbarangligi va oʻziga xosligi bilan

ajralib turadi. Xususan, dorbozlik,

simbozlik, yogʻochoyoq, yogʻochot,

nayrangbozlik, besuyak va muallakchilik,

jonglyorlik, hayvon oʻynatish kabi

anʼanaviy sirk turlari keng rivoj topgan.

20-asrning 2-yarmida xalq sirki sohasida

Darvishbek Rahmonov (Yangiyoʻl),

Usmonjon Nishonboyev, Madaminjon

Yusupov, Kimsan Nazaraliyev (Andijon),

Ergash va Hokimjon Parpiyevlar (Asaka),

Lochin Usmonov (Fargʻona), Qosim

Abdullayev (Buxoro), Qadam Jabborov

(Xiva), Joʻraxoʻja Norxoʻjayev

(Namangan) va boshqa samarali ijod



qiddilar. Hozirgi Oʻzbekistonda 20 dan

ortiq oilaviy sirk guruxlari faoliyat

koʻrsatib kelmoqda. Mustaqillik yillarida

Darvishbek Rahmonov (Yangiyoʻl),

Yunusali Gʻoziyev (Andijon), Toʻlqin

Boltaboyev (Parkent), Ahmad Murodov

(Qoʻqon), Ahmad Nabiyev (Fargona),

Tursunali Mamajonov (Fargona), Bahrom

Jabborov (Xiva), Abdimurod Ergashev

(Samarkand), Saʼdulla Mamadaliyev

(Qashqa d ar yo) , Anvar Moʻydinov

(Guliston) va boshqa rahbarligidagi xalq

sirki jamoalarining ijrochilik mahorati

sezilarli darajada oshib, repertuari

anʼanaviy sirkning turli janrlari bilan boyib

kelmoqda. Xalq sirki jamoalari barcha

koʻriktanlovlarda qatnashib keladi.


Koʻpgina xalq sirki jamoalari chet el

gastrollarida boʻlib qaytmoqdalar.

Oʻzbekistonda xalq ijodining turli

yoʻnalishlarini rivojlantirish, targʻib etish,

xalq ijodi sohasida turli koʻriktanlov,

festival va ommaviy bayramlarni tashkil

etish bilan Respublika xalq ijodiyoti va

madaniymaʼrifiy ishlar ilmiymetodik

markazi shugʻullanadi. Shu jumladan,

Oʻzbekistonda muntazam ravishda

folʼkloretnografik jamoalari, askiyachi va

qiziqchilar, toʻymarosim qoʻshiqlari

ijrochilarining Respublika koʻriktanlovlari,

milliy dorbozlar, anʼanaviy sirk sanʼati va

havaskor qoʻgʻirchoq teatrlarining

Respublika koʻrikfestivallari, „Boysun



bahori“ xalqaro ochiq folklor festivali va

boshqa oʻtkaziladi.

Xalq meʼmorligi insonning oʻzini tashqi

muhitdan muhofaza qilish, oʻziga

yashash uchun qulay sharoit yaratish

yoʻlida qilgan izlanishlari natijasida

yuzaga kelgan. Ibtidoiy davrdan boshlab

odamlar yashab turgan joyning iklim

sharoiti, landshaftini inobatga olgan

holda boshpana kurgan. Qurilgan uylarda

imorat tarhining qulayligi, konstruktiv

asoslarining mustahkamligi, mahalliy

xom ashyolardan keng foydalanish

yoʻllari, imoratning tabiat injiqliklariga

bardoshligi takomillashib borgan. Inson

tafakkurining boy olami unda imoratning



estetik jihatdan bezash orzuhavasini ham

uygʻotadi. U xonalardan ayrimlarini

rangbarang naqshlar bilan bezay

boshlaydi.

Sinfiy jamiyat shakllangach, mehnat

taqsimoti natijasida imorat qurish, uni

bezash bilan bogʻliq aloxida sohalar

yuzaga kelgan (ganchkorlik, natssoshlsh,

yogʻoch oʻymakorligi, tosh oʻymakorligi).

Bu sohalarni egallagan xalq ustalari,

meʼmorlari asrlar davomida sinovdan

oʻtgan tarh, tarz va konstruktiv

asoslardan foydalanib kelgan. Natijada

xalq meʼmoriy anʼanalari yuzaga kelgan,

ayrim imoratlar sanʼat durdonasiga

aylangan. Xalq meʼmorligi insonning



nafaqat ijtimoiymaishiy va maʼnaviy

talablarini qondirish, balki uning hayot

xavfsizligini ham taʼminlab kelgan.

Shuning uchun har bir oʻlka, viloyat,

shahar, togʻ vohasi xalq meʼmorligi tarh,

tarz, kompozitsiya jihatidan bir-biridan

farq qiladigan anʼanalarga ega. Xalq ijodi

anʼanalari 19-asr oxiri — 20-asr

boshlarida qurilib, hozirgacha saqlanib

kelgan turar lsoylarda yaqqol yeyeziladi.

Jumladan, Buxoro uylari ikkiuch (darun—

ichkari, berun — tashqari va xoʻjalik)

hovlidan tashkil topgan. Asosiy yashash

xonalari yozgi va qishkiga boʻlinadi. Yozgi

xonalar oldida baland ayvon boʻlishi odat

boʻlgan. Hovli kompozitsiyasi bir-biriga



mutanosib joylashtirilgan baland ayvon

va ayvonchalar hamda ularning

xushbichim ustunlari bilan boyitilgan.

Xona kompozitsiyasida shohnishin —

mehmon oʻtiradigan boʻlinma did bilan

bezatilgan. Boy xonadonlarda

mexmonxonalar yon devorlari poddan

shiftgacha koʻtarilgan tokchalarga ega

boʻlgan. Ularning yuqori qismi ravoq

shaklida boʻlib kosasimon sharafalsh)

bilan bezatilgan. Tekis yuzali devorlar

ham zanjira — rutalar bilan boʻlinmalarga

taqsimlangan. Ular ichiga nihollari

hamma tomonga yoyilgan, gullari qiygʻos

ochilgan rangbarang guldastalar

ishlangan.



Samarqand turar joylari ham darun va

berun (ichki va tashqi) hovlilardan tashkil

topgan. Samarqandda ikkinchi qavatdagi

ayvonlar koʻchaga qaratilgan holda ham

uchraydi. Xona ayvon yoki dahliz bilan „G“

harfi shaklida, uzunasiga, yonmayon

tarhda birlashib, turli boy mujassamotlar

tashkil qilgan. Mehmonxona koʻproq

tashqi hovlida boʻlib, boy badiiy bezakka

ega boʻlgan. Xona toʻridagi devor uch

boʻlinmaga ajralib, koʻpincha oʻrtada

tokchaband, ikki yonida oʻrinkoʻrpa uchun

taxmon joylashtirilgan. Xona yon

devorlarida kattakatta tokchalar toq

sonda oʻrnatilgan. Hovliga qaragan

devorda xona kattaligiga qarab ikki yoki

uchta darcha nazarda tutilgan. Ular


serhasham oʻymakori bagʻdodi eshiklar

bilan hovli tomondan toʻsib qoʻyilgan.

Darchalar oraligʻida kattakatta tokcha

boʻlinmalari mavjud. Xona shifti

koʻpincha kabza uslubida boʻlib, vassa va

toʻsinlar rangbarang oʻsimliksimon

naqshlar bilan toʻdsirilgan. Xiva turar

joylarida hovli kichikroq boʻlib, asosiy

qismi katta (ulu) ayvon va kichik (ters)

ayvon bilan yopilgan. Ayvonlardagi katta

va kichik oʻymakor yogʻoch ustunlar

mayda naqshlar bilan bezatilgan, marmar

kursilarga oʻrnatilgan. Xona havosi

almashuvini taʼminlash uchun ulu ayvon

xonadan ancha baland qilib qurilgan.

Katta ayvon oʻzining joylashishi,

oʻymakor baland ustunlari bilan hovli


kompozitsiyasini bezab turadi. Xiva

uylarida xona devorining yuqori qismiga

devor yuzasidan boʻrtib chiqqan

tokchalar bir chiziqda joylashtirilgan. Ular

yuzasi nafis ravoqchalarga ega. Fargʻona

turar joylari oʻzining simmetrik tarhi va

tarzi bilan ajralib turadi. Bu yerda ikki

xona oʻrtasida dahliz joylashtirilgan, ular

koʻpincha hovli tomondan uzun ayvon

bilan birlashtirilgan boʻladi. Mexmonxona

oʻzining serhasham bezagi bilan qolgan

xonalardan farq qiladi. Dahlizda turli

tuzilishdagi bezakli moʻri oʻrnatilgan.

Toshkent turar joy meʼmorligida ham

tashqi hovli uylari ikki qavatli qurilgan.

Ikkinchi qavat markazida shiypon



nazarda tutilgan. Shiypon yonidagi

xonalar uchun usti berk, atrofi ochiq hovli

vazifasini bajargan. Toshkent xalq turar

joy meʼmorligida dahdiz yoki ayvon bir

xona bilan yonmayon yoki ikki xona

oraligʻida, ikki yoki uch xona burchagida

boʻladi. Bu yerda qashqarcha ayvon keng

qoʻllangan. Mehmonxona koʻpincha

tashqi hovlining ikkinchi qavatida

boʻlgan. Interyeri oʻzining ichki

hashamatli bezagi bilan qolgan

xonalardan ajralib turgan. Xona toʻridagi

devor koʻp hollarda uch boʻlinmadan

tashkil topgan. Ulardan oʻrtadagi yoki ikki

chetidagisi taxmon boʻlishi mumkin.

Xona yon devorlaridagi bitta yoki ikkita

boʻlinma mayda tokchaband qilingan,


qolgan boʻlinmalari kattakatta

tokchalarni tashkil qiladi. Tokchalar

ichiga binafsha va pushti rangda

guldastalar ishlangan.

Oʻzbekiston shahar va qishloq xalq

meʼmorligida imorat devorlari guvala,

paxsa va yogochli sinchdan quriladi.

Yakkasinchli va qoʻshsinchli devorlar

shahar xalq turarjoy meʼmorligida keng

qoʻllanadi. Koʻshsinchli devor

mustahkam boʻlib, uning magʻzida

taxmon va tokchalar oʻrnatilgan. Xonada

tokchali devorlarshshg soni qoʻshsinchli

devor soni bilan belgilanadi. Shuning

uchun Samarkand uylari xonalarida ikki

devor, Buxoroda — bir yoki ikki, Fargona



va Toshxentda toʻrt devor qoʻshsinchli

boʻladi. Tokchalar xoʻjalik buyumlarni

saqlash, taxmonlar koʻrpatoʻshak va

sandiqlarni joylashtirish imkonini beradi.

Ular oppoq ganch hoshiyali boʻlib, mayda

nafis naqshlar va ular zamiridagi kizil,

koʻk, sariq ranglar xonaga oʻziga xos

goʻzallik bagʻishlagan.

Oʻzbekiston togʻ hududidagi turar joylari

ham oʻziga xos meʼmoriy anʼanalarga

ega. Togʻning qiya yon bagʻrida

joylashgan qishloqlar panoramasi

uzoqsan koʻp qavatli yaxlit kompozitsiyali

uyga oʻxshab ketadi. Uylarning tuzilishi,

loyihasi koʻproq oʻsha joy tabiiy iqlim

sharoitiga va landshaftiga bogʻliq hodda



shakllangan. Shu sababli har bir viloyat

togʻ vohasi va daralarda qurilgan uylar

mujassamotini bir necha turga boʻlish

mumkin.


Jumladan, Nurota togʻ qishloqlari xalq

meʼmorligida pillapoya tuzilishidagi yoki

ustmaust qurilgan ikki qavatli uylar, kam

nishab maydonda bir qavatli qurilgan

uylar asosiy oʻrin tutadi. Qashqadaryo

togʻ turar joy binolarida sovuq

obhavosidan himoyalanish maqsadida

yashash xonalari, asosan, ayvon (baʼzida

ikki, uch yoki hamma tomoni berk boʻlgan

peshayvon) atrofida joylashgan. Ikkinchi

qavatda uch tomoni xona bilan oʻralgan

kichik hovlichalar tashkil etilgan.



Surxondaryo togʻ uylari koʻpincha

choʻzinchoq shaklda qurilgan, odd

tomonidan uzun ayvonga ega boʻladi.

Birinchi qavat tomi ikkinchi qavat uchun

hovli vazifasini oʻtaydi. Qashqadaryo va

Surxondaryo togʻ xalq meʼmorligida

qishki xona kirish eshigi yonidagi devor

oldi yana bir devor bilan toʻsilgan. Ikki

devor oraligʻida oʻchoq nazarda tutilgan.

Fargʻona, Toshkent viloyati togʻli

hududlarida ham oʻziga xos xalq

meʼmorligi anʼanalari rivoj topgan,

jumladan, uylar tarxdsa tomonlari teng

katta xonalar koʻp uchraydi. Togʻ xalq

meʼmorligida qurilish materiali sifatida

sinch, paxsa, guvala bilan birga tosh



devor ham ishlatilgan. Yana q. Amaliy

sanʼat.


Jirmunskiy V . M ., Zarifov X. T.,

Uzbekskiy narodniy geroicheskiy epos,

M., 1947; Obi do v T., Dorbozlar qissasi,

T., 1963; Qodirov M., Oʻzbek teatri

anʼanalari, T., 1976; Nozilov D.,

Xalqmeʼmorchiligi, T., 1982; Karomatov

F., Oʻzbek xalq musiqa merosi, 1—

2kitob, T., 197883; Urolov A., Nozilov A.,

Toʻraqulov Sh., Qishloquylari, T., 1988;

Oʻzbek folklori ocherklari, 1— 2j.lar, T.,

1988—1989; Oʻzbek xalq ogʻzaki poetik

ijodi, T., 1990; Abdullayev R.,

Adabiyot


Obryadovaya muzika Sentralnoy Azii,

T., 1994; Ibrohimov O., Oʻzbek xalq

musiqa ijodi, T., 1994; Alpomish, T.,

1999; Avdeyeva L., Oʻzbek milliy raqsi

tarixidan, T., 2001; Maʼnolar maxzani,

T., 2001; Imomov K., Mirzayev T.,

Sarimsoqov B., Safarov O.,

Uzbekxalqmaqollari, T., 2002; Karimova

R., Oʻzbek raqslari, T., 2003. Toʻra

Mirzayev, Olimjon Bekov, Oʻtkir Tohirov,

Poʻlat Toshkanboyev, Dodo Nozilov.

Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga

ishorat yoʻq.

Siz ularni topib va ushbu maqolaga

qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz

mumkin.


Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin.

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.



  So‘nggi tahrir 5 oylar avval Asadbek Botirqulov tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


"

https://uz.wikipedia.org/w/inde

x.php?

title=Xalq_ijodi&oldid=2094765



dan olindi 



Download 137.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling