Xalq pedagogikasi vositasida o’quvchilarda axloqiy tarbiyani shakllantirish. Mundarija Kirish i-bob. Xalq pedagogikasi vositasida o’quvchilarda axloqiy tarbiyani shakllantirishning nazariy asoslari
Download 159.68 Kb.
|
Xalq pedagogikasi 1-2-bob
Qoralash (jazolash) metodi Xalqimiz o`rtasida bolalarning axloqiy tarbiyasi yuzasidan qo`llaniladigan qoralash metodi turli shaklda — uyaltirish, koyish, urishish, so`kish, (haqorat), qarg’ish, och qoldirish, uydan haydab chiqarish, oq qilish va jismoniy jazo berish shakllarida qo`llanilgani ma'lum. Biroq xalq og’zaki ijodida asosan qoralash metodining qarg’ish va jismoniy jazo berish kabi ayrim shakllarigina uchraydi.
Qarg’ish ham alqash kabi ma'lum ijtimoiy guruh yoki ayrim kishilar o`zaro shaxsiy adovatda bo`lganlarida, raqibi qarshisida o`zi kuchsiz ekanligini anglab, o`ziga nisbatan qudratli bo`lgan ikkinchi bir kuchning ko`magidan madad tilab murojaat qilish, ya'ni o`sha kuch orqali o`z raqibiga ko`ngilsizlik, baxtsizlik, qayg’uli hollar, hatto o`lim tilaganlar. Qarg’ishda uchraydigan ayrim iboralar xalqlar o`rtasida qarg’ishning qadimdan davom etib kelayotganligidan dalolat bersa ham, din, shu jumladan islom dini paydo bo`lgach, qarg’ish ham ilohiy kuchning madadiga singgan holda ishlatiladigan bo`ldi. Qarg’ish ota-ona va umuman kattalarning o`z bolalari yoki begona bolalarga nisbatan qo`llanilib, u ham o`z navbatida bola shaxsi — jismoniy va fe'l-atvoridagi xususiyatlarga ko`ra turlicha ishlatiladi. Odatda qarg’ish bola tarbiyasida eng ko`p qo`llaniladigan, shu bilan bir vaqtda eng zararli jazo shakllaridandir. Bunday jazo orqali bolalarda ruhiy azob, tushkunlik va alam ortadi. Ota-ona va kattalarning tarbiyachi sifatidagi ta'siri yo`qoladi, kattalar bilan bolalar o`rtasidagi mehribonlikka putur etadi, ahillik va obro` yo`qoladi. Shuning uchun ham xalqimiz: Ura bersang, eti qotar, Qarg’ay bersang, beti qotar Deydi. Xalq og’zaki ijodi namunalarining ko`pchiligida asosan xotin-qizlar tomonidan ishlatiladigan jazo shakllaridan biri qarg’ish ekanligini ko`ramiz. «Bektemir» ertagida Bektemir qirqquloqlik oltin soqqani osmonga otib mashq qilayotganda, soqqa bir kampirning uyiga borib tushadi. Shunda kampir: «Juvon o`lgur yetimcha, Charximni qilding parcha! Charxim sinsa go`rga-ya, Bir labimdan ayrildim, Oqbilakka yetmasdan Sen ham bo`lgin mendaycha!» Deb qarg’aydi. Shunga o`xshash qarg’ishlar dostonlarda ham uchraydi. Masalan: «Nurali» dostonida, Jahongirni Boymat farzand qilib oladi. U ko`chada o`ynab yurib bir echkiboqar bola bilan urishadi. Shunda echkiboqar bolaning onasi Jahongirni bunday deb qarg’aydi: Sen, juvonmarg, eshit mening tilimni, Nega sen yig’latding mening ulimni? Nega urding echkiboqar kalimni? Sendek odam bilib yurgin yo`lingni! Boymamat hurmati, siylab turayin, Bundan bo`lay tekkin qani, ko`rayin, E juvonmarg, bilganimday qilayin, Qarab turib sen ham meni bilasan, Echkiboqar kalga tegsang o`lasan. Afsuski, qarg’ish bola tarbiyasida naqadar zararli metod bo`lishiga qaramay, bizning zamonamizda ham ayrim oilalarda ota-onalar tomonidan qo`llanib kelinmoqda. «Q’arg‘ishlar duch kelgan katta-kichikni goh suvda cho‘ktirib oMdirsa, goh do‘zaxning yetti kundasida kuydiradi. Ba’zilari odamxo‘r devlarga duch keltirsa, ba’zilari ona sutini og‘zidan keltiradi.»7 Download 159.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling