Xalq pedagogikasida yoshlarni tarbiyalashning metod, usul va vositalari


Download 1.09 Mb.
Sana19.09.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1680927
Bog'liq
3 maruza XALQ PEDAGOGIKASIDA YOSHLARNI TARBIYALASHNING METOD, USUL

XALQ PEDAGOGIKASIDA YOSHLARNI TARBIYALASHNING METOD, USUL VA VOSITALARI

  • Xalq pedagogikasida yoshlarni tarbiyalashning metod, usul va vositalari
  • Tarbiyalash metodlaridan yoshlarni tarbiyalashda foydalanish yo’llari
  • Xalq pedagogikasida aqliy va axloqiy tarbiya masalalari
  • Xalq pedagogikasida jismoniy va mehnat tarbiyasi

Birgina «yomon bo`ladi» iborasi juda katta va ta’sirchan tarbiya vositasi bo`lib xizmat qilgan. «Yomon bo` ladi» iborasi orqali kattalarga xurmat, kichiklarga g‘amxo`rlik, tarbiyalangan, etim bolalarga, boshiga tushgan oilalarga ozor etkazilmagan. Otaga ters javob berish, xotin-qizlarga behayolik qilish «yomon bo`lishi»ni yoshlikdan tushuntirilgan. Bunda bolalarni yoshi xatti-harakatlari o`ziga xos xususiyatlari hisobga olingan. Ayrimlariga noaxloqiy xatti-harakatlarining yomonligi qur’oni Karim hadislardan misollar keltirish, xikoyalar aytib berish orqali ifodalansa, ayrim yoshdagi bolalar ota-ona; aka-uka, opa-singil, qo`ni-qo`shnilarning ijobiy xatti-harakatlari namunasida tarbiyalangan

Xalq pedagogikasida tarbiya metodlari

  • 1. Tushuntirish (hikoya qilish, o‘rgatish).
  • 2. Mashqlantirish (odatlantirish, mashq qildirish).
  • 3. Namuna (maslahat berish, uzr so‘rash, o‘rnak bo‘lish).
  • 4. Nasihat qilish, o‘git (undash, ko‘ndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak-istak bildirish, ma’qullash, rahmat aytish, duo qilish, oq yo‘l tilash va hokazolar).
  • 5. Qoralash va jazo (ta’kidlash, ta’na, gina, tanbeh berish, majbur qilish, koyish, ayblash, uyaltirish, qo‘rqitish, nafratlanish, ont-qasam ichirish, urish, kaltaklash va hokazolar).

Xalq pedagogikasi namunalari, tarbiya metodlari va tarbiyaviy ta’sirlar muayyan vositalar yordamida qo‘llanilgan

  • Mehmon kutish, mehmonga borish, turli mehnat jarayonlari, hasharlar, turli gurunglar (choyxona, to‘y marosimlari), sayillar, oilaviy an’analar (tug‘ilgan kun, fuqarolik pasporti, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ma’lumotga egalik to‘g‘risidagi attestat va diplom, davlat mukofotlarini olish kabi holatlarni nishonlash) va musobaqalar o‘ziga xos tarbiya vositasi sanaladi

Xalq ijodi materiallarida bolalarning odob va axloqiy tarbiyalash yuzasidan xilma-xil tarbiya vositalaridan foydalangani ham ko`rsatiladi.

  • Bolalar o`yinlari.
  • Choyxo`rlik – choyxona gurungi.
  • Bolalar gapi – gap eyish.
  • To`y marosimlari.
  • Sayillar va hokazolar

Aqliy tarbiyani

  • Aqliy tarbiyani shunday tashqil etish lozimki toki o`quvchilar aql-zakovatli, ob’ektiv dunyoni yaxlit idrok etadigan, o`zligini tushunadigan, hayotda tutgan o`rnini anglab etadigan, o`z oldida turgan vazifalarni ongli bajara oladigan, insoniy qadr-qimmatni ulug‘laydigan bo`lishsin. Inson kamolotida bilim egallash ulkan fazilatlardan biri hisoblanadi

Hadis kitoblarida har bir mo`min-musulmon uchun ilmning naqadar zarurligi bayon etilgan. «Beshikdan to qabrgacha ilm izla» - degan nurma’no hadisi shariflar so`zimiz isbotidir

  • Muhammad alayhissalom o`z hadislarida – «Ilm sahroda do`st, hayot yo`llarida tayanch, yolg‘iz damlarda yo`ldosh, baxtli daqiqalarda rahbar, qayg‘uli onlarda madadkor, odamlar orasida zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda qurol» deganlar.

O`zbek xalq og‘zaki ijodida insoniylikni tarbiyalash yuzasidan qo`llaniladigan rag‘batlantirish va qoralash bir necha formada ko`zga tashlanadi.

  • Ko`pchilik ertak va dostonlarda rag‘batlantirish metodi:
  • ma’qullash va maqtash,
  • alqash,
  • mukofotlash shakllarida.
  • Jazolash metodi esa:
  • qarg‘ash,
  • jismoniy jazo berish shakllarida uchraydi

Jazolash metodi

Rag‘batlantirish metodi

  • Rag‘batlantirish metodi axloqiy tarbiya yuzasidan eng ko`p qo`llaniladigan metodlardan biri,
  • xalq og‘zaki ijodida u turli shaklda ishlatiladi.
  • Ularni shartli ravishda quyidagi guruhga ajratgan holda talqin qilish mumkin.

Ma’qullash va maqtash

  • Xalq og‘zaki ijodiyoti asarlarida bolalarni insoniylik yuzasidan amalga oshirgan ibratli ishlarini kattalar tomonidan ma’qullash, taqdirlash, rahmat aytish va maqtov bilan bir o`rinda tasvirlanadi.
  • Masalan: «Erali va SHerali» dostonida, erali bilan SHeralini insoniylik yuzasidan el-yurt, oshna-og‘ayni o`rtasidagi munosabatlari usta Odilni juda quvontiradi, ularning fe’l-atvoriga qoyil bo`ladi.

Ma’qullash

Olqish

  • Olqish xalqimiz o`rtasida qadim zamonlardan beri davom etib kelayotgan rag‘batlantirish shakllaridan biridir. Olqish xalq og‘zaki ijodida rag‘batlantirishning boshqa shakllariga qaraganda ko`proq uchraydi
  • Asosan ota-ona, keksalar va umuman ayrim shaxslar o`zgalarning ijobiy harakatlariga minnatdorchilik izhor qilishga qodir bo`la olmasalar taqdirlash, mukofotlash, armug‘on in’om o`rnida o`zlarining chuqur ichki istak va armonlarini izhor qilganlar.

Mukofot.

  • Mukofot.
  • Qoralash metodi
  • Qarg‘ish
  • Jismoniy jazo

Tarbiya vositalari.

  • Xalq ijodi materiallarida bolalarning odob-axloqiy tarbiyasi yuzasidan qo`llaniladigan metodlar bilan birga xilma-xil tarbiya vositalaridan ham foydalanilgani ko`rsatiladi. Bo‘lar asosan quyidagilardan iborat bolalar o`yinlari, choyxo`rlik, gap eyish, kattalar bilan birgalikda to`y-marosimlarida ishtiroki, sayillar, safar sayohatlarga borish va hokazolar

Kim akanligingiz va qanday kasb egasi ekanligingizni unutmang ! ! !


Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling