Xalq raqslari haqida o`quvchilarga tushuncha berish
T/r Dars bosqichlari
Download 1.55 Mb.
|
Xalq raqslari 4-sinf 11-maktab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashkiliy qism
- O`quvchilar
- - “O` Z B E K I S T O N”
- Uyga vazifasini so’rash
- Ovoz sozlash mashqi o`tkaziladi
Tashkiliy qism: Musiqa sadolari ostida o`quvchilar sinfga kiradilar. Darsga tayyorgarlik ko`riladi.Musiqiy ohangda salomlashish: O`qituvchi:- Salom mening aziz o`quvchilarim Alp qomat o`g`il-u, zebo qizlarim. O`quvchilar:- Assalomu-alaykum ey dono ustoz Har kuningiz o`tsin shodu-hurram soz. Darsga tayyorgarlik ko`riladi. O`qituvchi: - O`quvchilar sog`misiz, omonmisiz? Bugungi darsimizga tayyormisiz? O`quvchilar:- Hammamiz sog`-omonmiz Yangi darsga tayyormiz Davomatni aniqlash: O`qituvchi: - Har narsadan xabarchi Sinfda kim navbatchi? Navbatchi: - Sinfda men navbatchi Tayyor barcha o`quvchi. Ma`naviyat daqiqasi o`tkaziladi. O`qituvchi: Sizlar qanday bolalarsiz? O`quvchilar: Bizlar buyuk yurt osmonida, go`zal kamalak Barkamol avlod bo`lmoq, eng ezgu tilak. Bizning Vatanimiz - “O` Z B E K I S T O N” (O`quvchilar konstitutsiya to`g`risida, hamda strategiya to`g`risida bilganlarini rangli bukletlardan foydalanib aytadilar). Dars g`oyasi:- Inson qalbi toza,jismo-nan sog`lom bo`lmog`I kerak. Sinf o’quvchilarini 3 guruhga bo’lib,guruhlar nomlanadi: I-guruh:- “Lazgi” II-guruh :-“Tanovor” III-guruh:-“Dilxiroj” (har bir guruh dars davomida to’plagan rag`bat kartochkalarini yig’ib boradilar). Uyga vazifasini so’rash:- O`quvchilarni o`tgan dars “To`y marosim qo`shiqlari” mavzusiga doir to`ylarda qanday milliy cholgular ishlatishini rasmlarda chizib tasvirlab kelganliklari tekshiriladi (rasmlar dars davomida baholanib boriladi). O`tgan dars mavzusini mustahkamlash:- “Klaster” metodidan foydalaib o`quvchilarga savollar beriladi:- (guruhlar bo`yicha savollarga javob beriladi). 1) To`y deganda nimalarni tushunasiz? 2) Bizning yurtimizda qanday to`ylar o`tkaziladi? 3) To`ylarda musiqaning o`rni? 4) To`ylarda asosan qanday kuylar ijro qilinadi? 5) To`ylarda qaysi milliy cho lg`ularimiz ishlatiladi? Va hakozo………… Savollarga t`o`g`ri javob bergan guruh o`quvchilari rag`bat kartochkalari bilan rag`batlantiriladi. “Fikrlar hujumi”metodidan foydalaniladi.To`ylardan “Kelin salomi”dan lavha qo`yiladi,o`quvchilar o`z fikrlarinin aytishadi.(O`quvchilar rag`batlantiriladi). Ovoz sozlash mashqi o`tkaziladi ( darslikda 37 – betda berilagan mashq bo`yicha). Yodlash uchun berilgan qo`shiq so`raladi. “Yaxshi bola” qo`shig`i o`quvchilarga ekran orqali qo`yib eshittiriladi,so`ngra ifodali qilib ijro qilib beriladi.Tahlil qilinadi qanday ohangda ijro qilinishi,mualliflari, al`teratsiya belgilari, o`lchovi va mazmuni so`raladi.So`ngra “Zanjir” metodidan foydalanib qo`shiq o`quvchilardan yoddan so`raladi.Qo`shiqni yaxshi ijro qilgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. “Yaxshi bola” P.Mo`min sheri N.Norxo`jayev musiqasi Hamma joyga yarashadi, O`ynab yurib sevinadi, Yaxshi bola, yaxshi bola O`z- o`zidan, o`z- o`zidan. Uy ishiga qarashadi, Yaxshiligi seziladi Yaxshi bola, yaxshi bola.. Yuz ko`zidan, yuz ko`zidan. Maktabidan qolmaydi kech, Ish buyursang deydi kulib, Yaxshi bola, yaxshi bola Xo`p boladi, xo`p bo`ladi. Ikki baho olmaydi hech, Sheriklari o`rtoqlari Yaxshi bola, yaxshi bola Ko`p bo`ladi, ko`p bo`ladi. Yashnayversin hamma joyda Yaxshi bola, yaxshi bola Keltiradi elga foyda Yaxshi bola, yaxshi bola. .Qo`shiqni yaxshi ijro qilgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.Jamoa bo`lib kuylash kompetensiyasi elementlari shakllantiriladi. Yangi mavzu:-“Xalq raqslari” mavzusi bo`yicha slaydlardan fo`ydalanib tushuntiriladi. Raqs- bu san`atning bir turi bo`lib, unda insoniy tuyg`ular, ma`lum bir voqealar qo`l, oyoq va tana harakatlari orqali ifoda etiladi.Har bir xalqning sevimli kuy qo`shiqlari bo`lgani kabi milliy raqslari ham bor.O`zbek xalqining ana shunday raqslari qatoriga “Lazgi”,“Dilxiroj”,”Tanavor“Andijon polkasi” kabilarni aytish mumkin.Bu raqslarga ,odatda turli xalq bayramlarida,to`y-marosimlari va oilaviy yig`inlarda tushilgan. DVD orqali fleshkada “Lazgi” kuyi qo`yiladi, raqs harakatlari bajariladi. So`ngra o`quvchilarga “Lazgi” kuyi haqida rivoyat aytib beriladi. Lazgi” to`g`risida shunday afsona bor.Inson tanasi dastlab loydan yasalib,alohida-alohida bo`lgan ekan.Jonga “tanaga kir”,deb buyuradilar,jon tanaga kirib,birdan qo`rqib chiqadi.”Kir tanaga”,deb unga qayta buyuradilar.U “qo`rqaman” debdi.Shunda ilohiydan bir kuy taralibdi.Bu kuyga maftun bo`lgan jon tanaga qanday kirganini o`zi bilmay qolibdi.Oldin barmoqlariga,panjalariga,bilaklariga,yelkalariga jon kirib inson yaralibdi.Bu ilohiydan kelgan “Lazgi” kuyi ekan.Xorazm odamlari olovga sig`inganlar.Shu olov atrofida o`tirib,yetti yoshdan yetmish yoshgacha “Lazgi”kuyiga raqsga tushibdilar.Bu kuyni na eroniylar,na yunonlar,na arablar yo`qota olganlar.Shundan buyon Xorazmda “Lazgi”ning 9 turi mavjud.O`tmishimizdagi ustozlar bu muqaddas,ilohiydan kelgan kuy bo`lgani uchun unga so`z bog`lashga jur`at etolmagan ekanlar,faqat Komiljon degan xonanda “Lazgi” kuyiga so`z bog`labdi. Shundan keyin kuy mangulikka yuz tutibdi. Slayd orqali “Andijon polkasi” kuyi eshittiriladi va raqs harakatlari bajariladi.Dunyo xalq raqslari ekranda ko`rsatib o`tiladi. Xalq raqslari o`ziga xos milliy jihatlarga ega bo`lib,ular raqsning kuyi,ritmi va raqqos harakatlarida yorqin namoyon bo`ladi.Masalan,ruslarning “Kamarinskaya” raqsi o`zgacha jozibasi va ayni paytda,hazilomuzligi bilan e`tiborni o`ziga tortadi.Ukrainlarning quvnoq “Gopak”raqsiga insonning epchil va chaqqon harakatlari ifoda etiladi.Beloruslarning hayotbaxsh”Bulba” qo`shiq-raqsida kartoshka o`simligining ekilishidan tortib,to hosili yig`ilib olingunga qadar mehnat jarayoni tasvirlanadi. “Shag`ala”qoraqoplpoq raqsida xalq o`yin harakatlari qo`shiq aytimi bilan bog`lanib keladi.Bunda chag`alay qushining baliq ovlash jarayoni turli harakatlar vositasida badiiy tasvirlanadi. Musiqa tinglash:-Turli millat kuylaridan namunalar tinglanadi. O`quvchilar bilan tinglangan kuylarga mos raqs harakatlari bajariladi.”Hamkorlik” metodidan foydalanib, “Tatar xalq raqsiga”,”Gruzin xalq raqsiga”,”Sigan” xalq raqslariga harakatlar bajariladi.Chiroyli raqs harakatlari bajargan o`quvchilar rag`batlantiriladi.O`zini-o`zi rivojlantirish kompetensiyasi hamda milliy va umummadaniy kompetensiya,musiqa tinglash va tahlil qilish kompetensiyasi elementlari shakllantiriladi Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling