Abdulaziz YO‘LDOSHEV,
Rahim SHERQULOV
(“Xalq so‘zi”).
So‘z — anjuman ishtirokchilariga
□ Hamkorlik
buning natijasida mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shayotganini ham alohida ta’kidlamoqchiman. Madaniy va tarixiy merosni muhofaza qilish YUNESKO faoliyatining ajralmas qismidir. Yana bir gap, O‘zbekistonning eng muhim boyligi — bu uning mehmondo‘st xalqi.
Sara NOSHADI, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasirahbari:
— Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyevning ma’ruzasini tinglar ekanman, O‘zbekistonda turizm sohasi mamlakat iqtisodiyoti,
shuningdek, “yashil” iqtisodiyot va madaniyatni rivojlantirishning strategik yo‘nalishi ekaniga yana bir bor amin bo‘ldim.
Mamlakatingizda tarixiy merosni va tarixiy obidalarni asrab-avaylash va targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar turizmni rivojlantirishga,
Sofi IBBOTSON,
O‘zbekiston sayyohlik brendining
Buyuk Britaniyadagi elchisi:
— YUNVTO Bosh
assambleyasining yubiley
sessiyasi O‘zbekiston
uchun muhim bo‘lishining
ikki sababi bor. Bu
yerda, birinchi navbatda,
butun dunyodan
sayyohlik ma’muriyatlari
vakillari yig‘ilgan. Bu
O‘zbekistonga nafaqat xalqaro turizm
siyosatiga hissa qo‘shish, balki kelgusi ikki yil davomida uni shakllantirish imkoniyatini ham beradi. Ushbu tadbir muhimligining yana bir sababi shundaki, O‘zbekiston o‘zining mehmondo‘stligi va MICE-turizmi yo‘nalishini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. MICE — bu biznes uchrashuvlar doirasidagi konferensiyalar va tadbirlar. Biz O‘zbekistonda tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha imkoniyat va mutaxassislar borligini ko‘rsata olamiz hamda butun dunyo bo‘ylab tashkilotchilarni O‘zbekistonda rejalashtirilgan tadbirlarni o‘tkazishga undaymiz.
O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi sayyohlariga jozibadorligi shundaki, bu mintaqa qiziqarli va juda ekzotik yo‘nalishlarga ega bo‘lish bilan birga, xavfsiz va kirish uchun qulaydir. Ushbu sifatlar muvozanati bu yurtni ko‘rishni orzu qiladiganlar safini kengaytirmoqda.
Albatta, turistik mahsulotlarning xilmaxilligi ham jozibador. Biz Ipak yo‘lidagi diqqatga sazovor joylar, tabiiy manzillar, jamoat joylari haqida bilamiz va YUNVTO Bosh assambleyasi “Eng yaxshi sayyohlik qishloqlari”ni aniqlayotganidan juda xursandmiz. Bu O‘zbekiston uchun xalqaro va mahalliy sayyohlarga qishloq aholisi hamda ularning turmush tarzi bilan yaqindan tanishish imkonini beruvchi ajoyib yangi yo‘nalish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |