Ahmadali SHERNAZAROV (“Xalq so‘zi”).
Buni Qarshi tumanida faoliyat yuritayotgan “Turdi- Muazzam servis” oilaviy korxonasi faoliyati misolida ham ko‘rish mumkin.
Mazkur korxona rahbari Adham Egamberdiyev bundan o‘n yil avval, hali oliygohda o‘qib yurgan vaqtida o‘z uyida kichik sex tashkil qilib, qurilishda foydalaniladigan ganchkorlik mahsulotlari ishlab chiqarishni boshlagan. Dastlab sexda o‘zi va oila a’zolari ishlagan bo‘lsa, asta- sekin ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi ham, ishchilar soni ham oshib bordi.
Ayni paytda “Turdi- Muazzam servis” oilaviy korxonasi zamonaviy isitish qozonlari ishlab chiqarish bozorida ham o‘z o‘rniga ega bo‘lib ulgurdi.
— Isitish qozonlari yasashni ikki yil avval boshlagan edik, —
deydi Adham Egamberdiyev. — Dastlab oddiy uskunalar yordamida ishlagan bo‘lsak, joriy yil boshida xorijdan metallga lazer yordamida ishlov berish va payvandlash uchun mo‘ljallangan yuqori texnologik dastgoh hamda asbob-uskunalar jamlamasini xarid qildik. Natijada turli o‘lcham va dizayndagi, zamonaviy isitish qozonlarini tayyorlash imkoni paydo bo‘ldi.
Bugungi kunda korxonada oyiga elliktadan ziyod zamonaviy isitish qozonlari tayyorlanmoqda. Shu bilan bir qatorda, yana o‘nlab turdagi metall buyumlar ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Bu faoliyat ortidan esa hududdagi 70 nafar fuqaroning ish bilan bandligi ta’minlandi.
Jahongir BOYMURODOV
(“Xalq so‘zi”).
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati devoni mas’ul xodim Ra’no Ruzmatovaga padari buzrukvori
ABDUVOID otaning
vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik izhor etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni jamoasi Moddiy-texnika ta’minoti bo‘limi Matbaa ishlari guruhining rahbari M. Mahkamovga padari buzrukvori
Do'stlaringiz bilan baham: |