Xalq so‘zi O’zbekiston — kelajagi buyuk davlat
Download 464.13 Kb.
|
Xalq so\'zi gazetasi-220-2023-10-17
- Bu sahifa navigatsiya:
- AMALIY TASHABBUSLAR MANFAATLI HAMKORLIKNI YANADA KENGAYTIRISHGA XIZMAT QILADI
- Xalq so‘zi”.
Oliy Majlis Senatida
Qonunchilik palatasi fraksiyalarida YANGI MARKAZ MAHALLIY KENGASHLARGA YAQINDAN KO'MAKLASHADI Ma’lumki, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda hokimlar va mahalliy Kengashlar vakolatlari taqsimlangan bo'lib,shu asosda mahalliy davlat hokimiyatining yangi modeli joriy etildi. Ayni chog'da mahalliy vakillik organlariga o'z faoliyatini amalga oshirishda ko'maklashish Senatning mutlaq vakolati sifatida belgilab qo'yilgan. Kecha siyosiy partiyalarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyalarining yig'ilishlari bo'lib o'tdi. Ularda dastlab Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shu yil 13-oktyabr kuni Bishkek shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtiroki, unda Hamdo'stlik doirasidagi o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bo'yicha ilgari surgan qator tashabbuslarining ahamiyatiga keng to'xtalib o'tildi va bu bo'yicha fraksiyalar oldida turgan dolzarb vazifalar muhokama qilindi. Shuningdek, Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritilgan bir qator qonun loyihalari hamda fraksiyalar faoliyatiga taalluqli boshqa masalalar ham ko'rib chiqildi. AMALIY TASHABBUSLAR MANFAATLI HAMKORLIKNI YANADA KENGAYTIRISHGA XIZMAT QILADI Mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirishga, norma ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashish, uslubiy qo‘llab-quvvatlash, ushbu yo‘nalishda taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida Oliy Majlis Senati Kengashining shu yil 22-sentyabrdagi qarori bilan parlament yuqori palatasida Mahalliy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi tashkil etildi. Mazkur markaz “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida ko‘zda tutilgan bo‘lib, u bir qator vazifalarni bajaradi. Jumladan, uning asosiy yo‘nalishlaridan biri — mahalliy Kengashlar faoliyatini zamon talabiga mos olib borishga huquqiy va uslubiy yordam berishdan iboratdir. Bunda mahalliy Kengashlar ishi tahlil qilinadi, shuningdek, uni takomillashtirish bo‘yicha qisqa va uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqiladi, Kengashlar reglamentlari, doimiy komissiyalar nizomlarini tayyorlashga ko‘maklashiladi, shuningdek, Kengash kotibiyatlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘mak ko‘rsatildi. O‘z navbatida, mazkur yangi tuzilma mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari bilan ham shug‘ullanadi. Shuningdek, markaz mahalliy Kengashlar ishini yo‘lga qo‘yishga axborot- tahliliy ko‘maklashish vazifasini amalga oshirish jarayonida ular faoliyatiga doir xorijiy tajribani tahlil qilib boradi va takliflar ishlab chiqadi, Kengashlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha konferensiya, davra suhbatlari va seminarlar uyushtiradi. Qolaversa, davlat va mahalliy byudjetning ijro etilishini hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi tizimli muammolarni tahlil qiladi, mahalliy Kengashlar uchun ushbu yo‘nalishlarda tavsiyalar ishlab chiqadi. Bundan tashqari, markaz doimiy ravishda mahalliy Kengashlar faoliyatidagi muammolarni o‘rganib, ularni bartaraf etish yuzasidan ilmiy-uslubiy tavsiyalar berib boradi. Mahalliy Kengashlarning xalqaro hamkorligini kuchaytirishga ko‘maklashadi, Kengash deputatlari va kotibiyatlar xodimlarining malakasini oshirish, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari bo‘yicha xabardorligini ta’minlash maqsadida ular uchun muntazam ravishda o‘quvlar tashkil etadi. Ayni chog‘da markaz mahalliy Kengashlar faoliyatini raqamlashtirishga ham yordam beradi. Umuman olganda, Senatda Mahalliy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazining tuzilishi xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, hududiy vakillik organining oliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorligini izchil yo‘lga qo‘yish va shu orqali hududdagi tizimli muammolarni hukumat darajasiga olib chiqish va hal etish imkonini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, aholining turmush farovonligini yanada oshirishga, qolaversa, xalqning deputatlarga va pirovardida davlatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi. “Xalq so‘zi”. Download 464.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling