Xalq so‘zi O’zbekiston — kelajagi buyuk davlat
Download 464.13 Kb.
|
Xalq so\'zi gazetasi-220-2023-10-17
- Bu sahifa navigatsiya:
- HAR BIR BOLA UCHUN TINCHLIK VA BAG‘RIKENGLIK RUHIDA SIFATLI TA’LIMNI TA’MINLASH” REZOLYUTSIYASI
Xamat Ngai Kumba BAX,
Gambiya turizm va madaniyat vaziri: — Bunday keng ko‘lamli va muhim tadbirda qatnashish imkoniga ega bo‘lganimdan juda xursandman. Marokash va Turkiya orqali Gambiyadan O‘zbekistonga yetib kelishimiz uchun 24 soat vaqt ketdi. Shahar aeroportiga birinchi qo‘nganimizdanoq Samarqandning go‘zalligi meni hayratda qoldirdi. O‘zbekistonning rivojlanish sur’atlari bizni yurtingizdan ko‘proq narsalarni olishga undaydi. YUNVTO Bosh assambleyasi doirasida rejalashtirilgan uchrashuv va muzokaralar chog‘ida turizm, sarmoya va ta’lim sohalarida aniq shartnomalar tuzish niyatidamiz. Gambiya fuqarolari O‘zbekistonda o‘qib, tajriba orttirishini istaymiz. Chunki mamlakatingiz nafaqat bu sohalarda, balki boshqa jabhalarda ham yuksak natijalarga erishgan. Umid qilamanki, kelgusida hamkorligimiz yanada yuqori bosqichga chiqadi. “Dunyo” AA. Samarqand “HAR BIR BOLA UCHUN TINCHLIK VA BAG‘RIKENGLIK RUHIDA SIFATLI TA’LIMNI TA’MINLASH” REZOLYUTSIYASI QABUL IILINDI Jeneva shahrida bo'lib o‘tgan BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 54-sessiyasida Markaziy Osiyo mamlakatlarining (O‘zbekiston, Qozog'iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston) birgalikdagi tashabbusi bilan “Har bir bola uchun tinchlik va bag'rikenglik ruhida sifatli ta’limni ta’minlash” rezolyutsiyasi qabul qilindi. Hujjat BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga a’zo bo‘lgan 47 davlatning barchasi tomonidan istisnosiz ravishda bir ovozdan ma’qullandi. Uni BMT tizimida mavjud bo‘lgan barcha mintaqaviy guruhlarning vakili bo‘lgan 61 davlat qo‘llab-quvvatladi va unga qo‘shildi. Loyiha Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari diplomatiya vakolatxonalarining yaqin hamkorligida va xalqaro tashkilotlar, jumladan, Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi ekspertlarining tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan. Rezolyutsiyaning konsensus asosida qabul qilinishi Markaziy Osiyo mintaqasida bolalarni, shu jumladan, qurolli va terroristik guruhlar bilan bog‘liq jabrlangan bolalarni o‘qitish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlarni xalqaro hamjamiyat keng qo‘llab- quvvatlayotganini namoyon etadi. Qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, Inson huquqlari bo‘yicha kengashning 57-sessiyasi davomida barcha bolalar, ayniqsa, eng zaif ahvolda bo‘lgan bolalar uchun tinchlik va bag‘rikenglik ruhida qulay, inklyuziv, adolatli va sifatli ta’lim olish masalasi bo‘yicha panel muhokamasi o‘tkaziladi. Bundan tashqari, Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi barcha bolalar, ayniqsa, eng zaif holatlarda bo‘lgan bolalar uchun tinchlik va bag‘rikenglik ruhida qulay, inklyuziv, adolatli va sifatli ta’limni rivojlantirish yuzasidan aniq tavsiyalar bilan keng qamrovli hisobot tayyorlaydi. “Dunyo” AA. Jeneva Download 464.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling