Xalq ta’limi boshqarmasi xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi


(matematik savodxonlik,fan va texnika


Download 1.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana19.07.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1661071
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Metodika uz Namuna 222b

 (matematik savodxonlik,fan va texnika 
yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyalarining 
elementlarini shakllantirish); 
Dars turi:yangi bilim beruvchi 
Dars metodi:”Muzyorar”,”Gul”,”Sirli sonlar”,”Men kim?”,”Ingliz tilida 
dialog”,”Berkingan so’zni top”,”Nuqtalar o’rnini to’ldir” ,”Kelajak rasmi”mashqi, 
“O’zbekiston” krossvordi,sayohat darsi 


Dars jihozi:AKT,mavzuga mos ko’rgazma,shiorlar,gullar,yorliqlar,videolavhalar, 
Darsning borishi:Tashkiliy 
Madhiya kuylanadi 
O’qituvchi:Uch oy ta’tilga chiqqan, 
Miriqib hordiq olgan 
O’g’il-qizlar omonmisiz? 
Birinchi darsga tayyormisiz? 
Hamma:Intiqlikla kutib biz 
Maktabga shoshib keldik 
Mustaqillik darsimiz 
Diqqat bilan tinglaymiz. 
O’qituvchi:1991-yilning 31-avgusti Vatanimiz tarixi sahifalariga oltin harflar 
bilan yozildi. Chunki shu kuni O'zbekiston Respublikasining mustaqilligi e'lon 
qilindi. 1991-yil 1-sentabr O'zbekiston Respublikasining Mustaqilligi kuni deb 
belgilandi. Shu yildan boshlab 1-sentabr umumxalq bayrami sifatida butun 
mamlakatimizda keng nishonlanib kelinmoqda. Aziz o’quvchilar barchangizni 
bilimlar kuni hamda mustaqilligimizning 30 yilligi bilan chin qalbdan 
tabriklayman.Bayramingiz qutlug’ bo’lsin aziz bolajonlar!Mustaqillik darsimizni 

Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!
 shiori ostida olib 
boramiz.Mana mening ko’ksimda yorliq bor.Sizlar ham xuddi shunday yorliq 
olishni istaysizmi?Kimda-kim men bergan savollarga to’liq javob bersa,xuddi 
shunday yorliqqa ega bo’ladi.(Sinf o’quvchilari soniga mos yorliq tayyorlab 
qo’yilgan bo’ladi,to’g’ri javob uchun yorliqlar beriladi.) 


Bugungi darsimizni O’zbekistonimiz bo’ylab sayohat tarzida olib 
boramiz.Sayohatga chiqishdan oldin chiptaga ega bo’lish kerak.Buning uchun 
“Muzyorar” metodidan foydalanamiz.Har bir o’quvchi o’z ismini va ismining
bosh harfiga mos Mustaqillikka doir so’z aytadi.Masalan:Ikrom-istiqlol,Diyor-
do’stlik,Bahrom-bayroq,Gulbahor-gerb,Mexroj-madhiya,Vohid-valyuta,Parvina-
prezident,Komila-konstitutsiya va hokazo….. 
O’qituvchi:Mana chiptaga ham ega bo’ldik,hozir sizlar bilan “Mustaqillik 
maydoni” tomon yo’l olamiz.(O’quvchilar avtrobusning harakati va ovozini 
chiqarishadi) 
O’qituvchi:Mustaqillik maydoniga kirishdan oldin “Motamsaro ona haykal” va 
“Ona va bola” haykali poyiga gulchambar qo’yish kerak.Hozir sizlar bilan “Gul” 
metodidan foydalanib gulchambar yasaymiz.Har bir avtobusdagilar alohida 
gulchambar tayyorlashi kerak.Marhamat ushbu so’zlarga ta’rif bering va 
gulchambarni tayyorlang. 

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling