Xalq taʼlimi tizimida “Ustoz-shogird” maktabini tashkil etish va amalga oshirish mexanizmi
Quyidagi 3 xil toifadagi o‘qituvchilar shogird sifatida tanlanadi: (Biriktirilish jadvali ilovadagi shakl
Download 263.7 Kb. Pdf ko'rish
|
Ustoz-shogird maktabi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchidan
Quyidagi 3 xil toifadagi o‘qituvchilar shogird sifatida tanlanadi: (Biriktirilish jadvali ilovadagi shakl
asosida) 1. Oliy o‘quv yurtini yangi bitirib kelgan yosh mutaxassis. 2. 5-8 yillik faoliyatga ega bo‘lgan pedagog; 3. 8-10 yillik faoliyatga ega bo‘lgan, kasbiy mahorati ustozlik darajasiga yaqin bo‘lgan pedagog. Uchinchidan, ustoz-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadigan maktabda “Kasbiy mahoratni oshirish ustaxonasi” tashkil etiladi va shogirdlar bilan rejalar, qoʼshma rejalar tuziladi. Reja tuzishda quyidagilarga eʼtibor qaratilishi lozim. Oyning birinchi haftasida ustoz o‘ziga biriktirilgan 3 ta shogirdi uchun ochiq dars o‘tib beradi, 3 ta shogirdi uning darsini kuzatib, o‘quv xonasini, u yerdagi meʼyoriy hujjatlarning yuritilishini o‘rganadi. Shu oyning qolgan 3 haftasida 3 ta shogird o‘qituvchi navbatma-navbat o‘z maktablarida dars o‘tadi. Ustoz va qolgan 2 nafar shogirdi, shogird o‘qituvchining darslarini kuzatib tahlil qiladi, fikr mulohazalarini bildiradi va o‘zaro tajriba almashadi. Oy so‘ngida yana bir marta ustoz oʼqituvchining ustaxonasida darslar tahlillari asosida muhokama qilinib tavsiyalar beriladi. Аniqlangan kamchiliklar yuzasidan izlanishlar, qo‘shimcha rejalar tuziladi. Xuddi shu tartibda ishlar 2 va 3 oylar davom etadi. Har oy soʼngida ustoz o‘qituvchi shogirdlaridagi ijobiy o‘zgarishlar yuzasidan xulosaviy fikrlar yozib boradi. O‘qituvchilarni bir – biriga biriktirish XTBning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Ustoz va shogirdlarning bir – biriga beradigan koʼmagi reja asosida tashkil etiladi, har oyda kamida bir marta tomonlarning ijodiy hisobotlari tuman metodika kabinetida eshitilishi lozim. Natijada, Respublika bo‘yicha 200 ta tuman(shahar)lardan 18 ta fandan jami 3600 ta “Ustoz-oʼqituvchi” belgilanib, ularning har biriga 3 nafardan jami 10800 nafar “Shogird-o‘qituvchi”lar biriktiriladi. 2009-2010 o‘quv yilining yakuniga ko‘ra kasbiy mahorati ustozlik darajasiga yaqin boʼlgan pedagog 3600 nafar o‘qituvchi “Ustoz-o‘qituvchi” darajasiga yetishi rejalashtirilmoqda. 2010 yilning dekabrь oyigacha yana keyingi darajadagi 3600 nafari hamda undan keyingi darajadagi shogirdlar bir pog‘onadan “yuqoriga” koʼtarilishi ko‘zda tutilgaт Download 263.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling