Xalq taʼlimi tizimida “Ustoz-shogird” maktabini tashkil etish va amalga oshirish mexanizmi


Download 263.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana19.06.2023
Hajmi263.7 Kb.
#1621537
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ustoz-shogird maktabi

“Ustoz-shogird” maktabi faoliyati bo‘yicha Tuman (shahar) xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik 
taʼminlash va tashkil etish bo‘limiga taklif va xulosalarni taqdim etadi. 
Ustoz oʼqituvchi: 
shogirdlarning individual rejasi bo‘yicha bilim, koʼnikma, malakalarni o‘zlashtirib borishlarini, individual 
rejada belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida toʼliq va sifatli bajarilishini nazorat qiladi; 
shogirdlari faoliyatiga va o‘z ustida ishlash rejalarini bajarilishi monitoringini olib boradi;
shogirdlarining darslarini kuzatadi, tahlil qiladi, amaliy-metodik tavsiyalar berib boradi; 
zamonaviy o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari va jihozlaridan samarali foydalanish, ilg‘or ish tajribalarni
axborot-kommunikatsiya va mulьtimediya vositalarini hamda elektron darsliklarni amaliyotga tatbiq qilishga 
ko‘maklashib boradi. 
Shogirdlar:


individual rejada belgilangan tadbirlarni bevosita oʼz vaqtida amalga oshiradi; 
ustozlarning va hamkasb shogirdlarining darslarini kuzatadi, ustozdan maslahatlar oladi va dars jarayonida 
sifat-samaraga erishish uchun oʼz ustida ishlash rejasi asosida bilimini oshirib boradi; 
ustozning darslarini kuzatishi tajribasini oʼrganadi;
ijodiy, metodik yoki ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʼullanadi. 
2. Ilg‘or tajriba maktabining tashkil etish orqali 
Ustoz-shogird maktabiga aʼzo boʼlmagan oʼqituvchilar uchun ilgʼor tajriba maktabi tashkil etiladi. Maktabga 
ilgʼor tashkilotchi oʼqituvchilardan rahbar belgilanadi. Ilgʼor tajriba maktabi boʼyicha bir oyda ikki marta 
mashgʼulotlar tashkil etadi. Maktabning ishi uning tashkil etilishiga qarab rejalashtiriladi. Rejada berilgan 
mavzular ushbu maktabdagi yoki qoʼshni maktabda ilgʼor tajribali oʼqituvchilar tomonidan amalga oshiriladi. 
Ilgʼor tajriba maktabiga asosan, dars oʼtishning noanʼnaviy usullaridan, yangi pedagogik 
texnologiyalardan, innovatsion va interfaol usullardan unumli va samarali foydalangan oʼqituvchilar orasidan 
tanlab olinadi.
Ilgʼor tajriba maktabida faoliyat koʼrsatadigan har bir oʼqituvchi oʼz ish tajribasini boshqa 
oʼqituvchilar bilan hamkorlikda olib boradi. Masalan, maktabning oʼqituvchilari quyidagi usullar orqali bir-
birlari bilan tajriba almashishlari mumkin. 
-dars o‘tishning innovatsion usullaridan keng foydalanish;
-dars o‘tishda axbarot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish; 
-darslarda o‘quvchilar faolligini oshirish, 
-kichik guruhlarda ishlash; 
-bo‘shliqlar ustida ishlash; 
-o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini oʼstirish; 
-dars oʼtishda didaktik materiallardan foydalanish; 
-“Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi”dan foydalanish; 
-“Didaktik o‘yin texnologiyasi”dan foydalanish; 
- “Modulli taʼlim texnologiyasi” orqali va h.k. 
Ilg‘or tajriba maktabida olib boriladigan mashg‘ulotlarni har bir o‘qituvchi maktab ish rejasida 
belgilangan mavzular asosida o‘z ish tajribasidan kelib chiqib olib boradi. Maktabda olib borilgan har bir 
mashg‘ulotdan har bir o‘qituvchi maʼlum bir tajriba va yangilik o‘rganishga muvaffaq bo‘ladi. Hududlarda 
ilg‘or tajriba maktablarining tashkil etilishi orqali yosh va tajribasi kam oʼqituvchilarga uslubiy yordam 
beriladi. Shuningdek, dars o‘tish sifati oshirilib, o‘quvchilarning bilim-samaradorligini oshirishga erishiladi.
Eng muhimi: 
“O‘rgan-O‘rgat” tadbirlar majmuasini amalga oshirishda hisobotbozlikka yo‘l qo‘yilmaydi, amalga oshirilgan 
ishlar hisoboti yozilmaydi va olinmaydi, ushbu vazifalarga ixtiyoriy, sidqidildan va vijdonan yondashish 
tavsiya etiladi;
“O‘rgan-O‘rgat” tadbirlar majmuasi tavsiya hisoblanib, majburiy ko‘rinishga ega emas, joylarda bundanda 
yaxshiroq tajribalar aniqlansa, ulardan foydalangan holda amaliyotga tatbiq etish mumkin;
“O‘rgan-O‘rgat” tadbirlar majmuasi ko‘p sonli pedagoglar tajribasi asosida muntazam boyib boraveradi. 

Download 263.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling