Xalq taʼlimi tizimida “Ustoz-shogird” maktabini tashkil etish va amalga oshirish mexanizmi
Ilgʼor tajriba maktabining tashkil etish orqali
Download 22.55 Kb.
|
ustoz-shogird nizomi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʼrgan-Oʼrgat”
2. Ilgʼor tajriba maktabining tashkil etish orqali
Ustoz-shogird maktabiga aʼzo boʼlmagan oʼqituvchilar uchun ilgʼor tajriba maktabi tashkil etiladi. Maktabga ilgʼor tashkilotchi oʼqituvchilardan rahbar belgilanadi. Ilgʼor tajriba maktabi boʼyicha bir oyda ikki marta mashgʼulotlar tashkil etadi. Maktabning ishi uning tashkil etilishiga qarab rejalashtiriladi. Rejada berilgan mavzular ushbu maktabdagi yoki qoʼshni maktabda ilgʼor tajribali oʼqituvchilar tomonidan amalga oshiriladi. Ilgʼor tajriba maktabiga asosan, dars oʼtishning noanʼnaviy usullaridan, yangi pedagogik texnologiyalardan, innovatsion va interfaol usullardan unumli va samarali foydalangan oʼqituvchilar orasidan tanlab olinadi. Ilgʼor tajriba maktabida faoliyat koʼrsatadigan har bir oʼqituvchi oʼz ish tajribasini boshqa oʼqituvchilar bilan hamkorlikda olib boradi. Masalan, maktabning oʼqituvchilari quyidagi usullar orqali bir-birlari bilan tajriba almashishlari mumkin. -dars oʼtishning innovatsion usullaridan keng foydalanish; -dars oʼtishda axbarot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish; -darslarda oʼquvchilar faolligini oshirish, -kichik guruhlarda ishlash; -boʼshliqlar ustida ishlash; -oʼquvchilarning ijodiy faoliyatini oʼstirish; -dars oʼtishda didaktik materiallardan foydalanish; -“Hamkorlikda oʼqitish texnologiyasi”dan foydalanish; -“Didaktik oʼyin texnologiyasi”dan foydalanish; - “Modulli taʼlim texnologiyasi” orqali va h.k. Ilgʼor tajriba maktabida olib boriladigan mashgʼulotlarni har bir oʼqituvchi maktab ish rejasida belgilangan mavzular asosida oʼz ish tajribasidan kelib chiqib olib boradi. Maktabda olib borilgan har bir mashgʼulotdan har bir oʼqituvchi maʼlum bir tajriba va yangilik oʼrganishga muvaffaq boʼladi. Hududlarda ilgʼor tajriba maktablarining tashkil etilishi orqali yosh va tajribasi kam oʼqituvchilarga uslubiy yordam beriladi. Shuningdek, dars oʼtish sifati oshirilib, oʼquvchilarning bilim-samaradorligini oshirishga erishiladi. Eng muhimi: “Oʼrgan-Oʼrgat” tadbirlar majmuasini amalga oshirishda hisobotbozlikka yoʼl qoʼyilmaydi, amalga oshirilgan ishlar hisoboti yozilmaydi va olinmaydi, ushbu vazifalarga ixtiyoriy, sidqidildan va vijdonan yondashish tavsiya etiladi; “Oʼrgan-Oʼrgat” tadbirlar majmuasi tavsiya hisoblanib, majburiy koʼrinishga ega emas, joylarda bundanda yaxshiroq tajribalar aniqlansa, ulardan foydalangan holda amaliyotga tatbiq etish mumkin; “Oʼrgan-Oʼrgat” tadbirlar majmuasi koʼp sonli pedagoglar tajribasi asosida muntazam boyib boraveradi. Download 22.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling