Xalq taʼlimi tizimida “Ustoz-shogird” maktabini tashkil etish va amalga oshirish mexanizmi
Download 22.55 Kb.
|
ustoz-shogird nizomi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yilning eng yaxshi fan oʼqituvchisi”, “Yilning eng yaxshi pedagogi”, yoki “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi”
1. Ustщz-shogird maktabi
Hududlardagi taʼlim muassasalarida «Ustoz-shogird» maktabini tashkil etish uchun tuman (shahar) Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʼlimiga taʼlim muassasalari tavsiya etilgan nomzodlar orasidan quyidagi talablarga muvofiq Ustozlar tanlab olinib, ustoz ishlaydigan maktabda «Ustoz-shogird» maktabi tashkil etilishiga oid buyruq qabul qilinadi. oliy pedagogik maʼlumotga ega boʼlgan; oʼz fani yoʼnalishida ilgʼor tajribaga ega, ijodkor, tashabbuskor, yangilikka intiluvchan va muntazam ravishda kasbiy bilimlarini oshirib borgan; faoliyati toʼgʼrisida taʼlim muassasasi rahbarlari, kasbdoshlari, oʼquvchilar va ularning ota-onalari tomonidan ijobiy baho berilgan; ilmiy-amaliy anjumanlarda maʼruzachi sifatida ishtirok etgan, Respublika va mahalliy matbuotda eʼlon qilingan maqola yoki ilmiy, ilmiy-metodik, toʼplamlarda chop etilgan maʼruzalar muallifi; “Yilning eng yaxshi fan oʼqituvchisi”, “Yilning eng yaxshi pedagogi”, yoki “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” koʼrik-tanlovi (respublika, viloyat, tuman) sovrindori; oʼzi faoliyat olib borayotgan taʼlim yoʼnalishi boʼyicha kamida 3-5 yil davomida oʼquvchilarining oʼzlashtirish sifat koʼrsatkichi yuqori boʼlganligi va boshqa koʼrsatkichlari hisobga olinadi. Tanlangan Ustoz oʼz ish joyidagi xizmat vazifalarini toʼliq bajarishi va shu bilan birga, oʼziga biriktirilgan shogirdlar bilan shugʼullanishi uchun sarflanadigan vaqtni hisobga olgan holda bir Ustozga koʼpi bilan uch nafardan bir nafargacha shogird biriktiriladi. (mehnat taʼlimi, tasviriy sanʼat, musiqa, chizmachilik fan oʼqituvchilar uchun bir nafar shogird boʼlishi mumkin). Shogirdlar Ustoz ishlaydigan taʼlim muassasasidan, yoki ushbu maktabga yaqin hududdagi maktablardan, tegishli fan metodika birlashmalarining tavsiyasiga binoan tanlanib, tuman (shahar) xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʼlimining buyrugʼi bilan Ustozga biriktiriladi. Shogirdlarni tanlashda ularning kasbiy tayyorgarlik darajasi quyidagicha boʼlishi koʼzda tutiladi: birinchi shogird tajribali, kasbiy mahorati yuqori (ustozlik darajasiga yaqin) boʼlgan pedagog; ikkinchi shogird-tajribali, kasbiy mahorati boʼyicha malakasini oshirishga oʼzida extiyoj sezgan pedagog; uchinchi shogird - yosh mutaxassis. Tuman (shahar) xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʼlimi shogirdlarni Ustozga biriktirish toʼgʼrisidagi buyrugʼida quyidagilar aks ettiriladi: -belgilangan Ustoz va shogirdlarning ish joyi, lavozimi; -uzluksiz malaka oshirishning oʼquv-metodik, oʼquv-moddiy, moddiy-texnika va moliyaviy taʼminoti masalalari; -ustoz mehnatini ragʼbatlantirish tartibi va manbalari; -uzluksiz malaka oshirish jarayoni monitoringi va nazorati tartibi, shuningdek, shogirdlarning “Ustoz-shogird” maktabi boʼyicha oʼquv yiliga moʼljallangan jarayoni jadvali tasdiqlanadi. Buyruq nusxasi belgilangan Ustozning va shogirdlarning ish joyiga yetkaziladi. Download 22.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling