Xalq ta’limi tizimida xalqaro baholash dasturlarini joriy etishning me’yoriy xuquqiy asoslari va ahamiyati


Download 73.93 Kb.
bet2/4
Sana15.02.2023
Hajmi73.93 Kb.
#1200951
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu

Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6. Ta’lim inspeksiyasi bir oy muddatda:
Milliy markazning ustavini ishlab chiqib, tasdiqlash va uni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
Milliy markazni ta’lim sifatini nazorat qilish sohasida amaliy-metodik ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali mutaxassislar, shuningdek ilmiy-pedagogik stajga ega xodimlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
7. Milliy markaz Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Nurxon ko‘chasi, 21-uy manzilidagi binoga tekin foydalanish huquqi bilan joylashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga:
bir oy muddatda hududlardagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va o‘quvchilar sonidan kelib chiqqan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi hamda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining malakali mutaxassislaridan xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish jarayoniga mas’ul xodimlarni tayinlash;
2019-yil 1-fevralga qadar Milliy markaz bilan birgalikda o‘quvchilarning qobiliyat va iqtidorlarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-sinfidan boshlab aniqlash va rivojlantirish, o‘quvchilarning savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro baholash dasturlari va tanlovlarida ishtirok etishni ta’minlash dasturini ishlab chiqish;
xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘quv dasturlari hamda o‘quv adabiyotlari mazmuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
xalqaro tadqiqotlarning baholash dasturlari yo‘nalishlaridagi savollar milliy bazasini yaratish va o‘quv dasturlariga integratsiya qilish;
o‘quvchilar savodxonligini baholashning milliy tizimini takomillashtirish va 2019 — 2021-yillarda amaliy ko‘nikmalarini shakllantirilishini baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda o‘tkazib borish;
xalqaro tadqiqotlarning baholash dasturlari yo‘nalishlaridagi savollarni o‘zida mujassam etgan o‘quv dasturlari asosida qo‘shimcha metodik qo‘llanma va adabiyotlar yaratish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahar hamda har bir tuman (shahar)da xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan tayanch maktablarni belgilash;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi iqtidorli pedagog kadrlarni xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlanganlik va Internet jahon axborot tarmog‘iga ulanganlik holatini inventarizatsiya qilish hamda mavjud muammolarni bartaraf qilish choralarini ko‘rish;
o‘quvchilarning savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro baholash dasturlari va tanlovlarida munosib ishtirok etishni ta’minlash maqsadida vazirlikning tarkibiy bo‘linmalari (Respublika ta’lim markazi, O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi) imkoniyatlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, zaruriyatdan kelib chiqib, tegishli bo‘limlarining funksiyalarini qayta ko‘rib chiqish vazifalari yuklatilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga:
xalqaro tadqiqotlar o‘tkaziladigan o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari, malaka oshirish va qayta tayyorlash hududiy mintaqaviy va tarmoq markazlarining o‘quv dasturlariga xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib borish;
Oldingi tahrirga qarang.
xalqaro tadqiqotlar dasturlarining mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, davlat ilmiy dasturlari doirasida loyihalar tayyorlash va amalga oshirish vazifalari yuklatilsin.
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
10. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Milliy markazning murojaatiga asosan uni belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqa vositalari bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir hafta muddatda PISA va TALIS xalqaro tadqiqotlarida O‘zbekiston Respublikasining ishtirok etishi yuzasidan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bilan hamkorlik shartnomalarining imzolanishini tashkil etsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish uchun xalqaro moliya institutlari va chet el hukumatlari moliyaviy tashkilotlari kreditlarini jalb etish choralarini ko‘rsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Milliy markazni saqlash hamda xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish uchun a’zolik badallarini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarga zarur bo‘lgan mablag‘larni 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida ajratsin, 2019-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlarida nazarda tutsin;
ikki oy muddatda Milliy markazning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq uning moddiy-texnika bazasini shakllantirish, shuningdek, zarur bo‘lgan jihozlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini xarid qilish uchun mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin;
Milliy markazga ikkita yengil xizmat, shu jumladan bitta personal avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin.
14. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
15. Ta’lim inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.N. Tashkenbayev va O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.

Download 73.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling