I. Tashkiliy tadbirlar
|
1.
|
Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish va unga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki va boshqa xalqaro donor tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
|
Hamkorlik shartnomalarini imzolash.
|
2018-yil
dekabr
|
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,
Xalq ta’limi vazirligi,
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,
Tashqi ishlar vazirligi
|
2.
|
Xalqaro tadqiqotlarga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasining ish tajribalarini o‘rganish.
|
1. Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasiga tajriba almashish uchun xizmat safarini tashkil etish;
2. Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasidan ekspertlarni taklif qilish hamda ular ishtirokida seminar-treninglar o‘tkazish.
|
2018-yil
dekabr
|
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,
Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi,
Xalq ta’limi vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi
|
3.
|
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazini(keyingi o‘rinlarda Milliy markaz deb ataladi) ta’lim sohasida amaliy-metodik va ilmiy-pedagogik ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali xodimlar bilan ta’minlash va milliy markazning moddiy-texnik bazasini muntazam ravishda zamon talablari asosida yangilab borish.
|
1. Milliy markazni ta’lim sohasida amaliy-metodik vailmiy-pedagogik ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali xodimlar bilan ta’minlash;
2. Milliy markazning moddiy-texnik bazasini muntazam ravishda zamon talablari asosida yangilab borish.
|
2018-yil
dekabr
2018-yil
dekabr oyidan boshlab
doimiy
|
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,
Milliy markaz,
Xalq ta’limi vazirligi
|
|