13-mavzu. Banket konferensiyalarni tashkil etish
Download 27.17 Kb.
|
13-mavzu-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Banket turlari va “Event manager” vazifalari
- 2. Banket tashkil qilish texnologiyasi.
13-mavzu. Banket konferensiyalarni tashkil etishReja: 1. Banket turlari va “Event manager” vazifalari 2. Banket tashkil etish texnologiyalari 3. Rasmiy uchrashuvlarini tashkil etish 4. Mehmonxonalarda konferinsiyalarni boshqarish 5. Konferensiya zalini bron qilish va tayyorlash 1. Banket turlari va “Event manager” vazifalari Mehmonxonalarda va boshqa xizmat ko‘rsatish korxonalarida yoki “Event” tadbirlar tashkil etishning quyidagi xizmat turlari mavjud: savdo zalida stolga xizmat ko’rsatish; o’z-o’ziga xizmat ko’rsarish; buffet xizmati; maxsus joyda masafoviy xizmat ko’rsatish; banket xizmat ko’rsatish. Banket quyidagi xizmatlarda tashkil etiladi: Banket xizmati tashkil qiluvchi restoran xodimlari samimiy kutib olish, yuqori xizmat madaniyatini namoyish etish, professionallik ko’rsatish va tantanali tadbirning barcha ishtirokchilarining yaxshi kayfuiyatini taminlash va shu bilan yaxshi dam olish uchun barcha sharoitlarni yaratishi lozim. Barcha mehmonlarning kayfiyati va farovonligi ovqatlanish korxonalarining xizmat ko’rsatishi, xodimlarining ishini to’g’ri va aniq tashkil etishiga bog’liq. Banketlar yuqori darajada va faqat do’stlar va qarindoshlar doirasida etiladi. rasmiy yoki diplomatic uchrashuvlar; xorjiy elchilar uchrashuvlari; hukumat tadbirlari; bitimlar imzolash; teatr tomoshalari yakunida: biznes bitimlarni tuzish; muhim sanalarni nishonlash; oilaviy bayramlar. Xizmat ko’rsatuvchi personal banket tadbirlariga xizmat qilish bilimlari va ko’nikmalarga ega bo’lishi, banketlarni aniq tashkil etish texnologiyasini mukammal bilish lozim. 2. Banket tashkil qilish texnologiyasi. Banket tashkil qilish banket xizmati uchun buyurtma olishdan boshlanadi. Unda quyidagilar aniqlab olinadi: tadbir o’tkaziladigan joy; tadbir sanasi; tadbir ishtirokchilari soni; tadbir ishtirokchilari kelish vaqti; tadbirningb taxminiy muddati; tadbir turi (rasmiy banket, stol banket, kechki ovqat, ziyofat va boshqalar.); stol va stullarni joylashtirish turi; katalog orqali servirovka turi; tadbir jadvali va mehmonlarni joylashtirish rejasi; muhim shaxslardan biri sishtirok etadimi va unga qanday e’tibor berish kerak; zarur texnik uskunalar; menyu; ichimliklar turi, taqdim qilish jarayoni va vaqti; gazak va issiq taomlarni tortish vaqti; stolda xizmat ko’rsatishning boshqa tfsilotlari; badiiy bezak, gular va shamlar; garderob; menyu kartalari, biznes kartalari, stol raqamlari; musiqa turlari; to’lovchining to’liq manzili va tafsilotlari. Banket menejer quyidagilarni amalga oshiradi Banket menejer ichimliklar turlari, stol yasatish uchun kuvert turlari va servirovka turlarini yaxshi bilishi, turli etnik jamoalarning qadriyatlari va urf odatlari haqida bilishi va milliy va diniy qonunlarga mufoviq tadbirlarni tashkil etishi kerak. barcha ommaviy tadbirlarning xizmat ko‘rsatish turlari, stol yasatish jarayonini boshqaradi; tadbir o‘tkazish joyidagi tozalash va yasatish jarayonini nazorat qilish; tadbirlar jadvali bo‘yicha jamoa tashkil qilinadi va ofitsantlar grafigini tuzadi; bosh oshpaz bilan menyu va xizmat ko‘rsatish turini kelishadi; tadbirdan oldin qilingan tushuntirishlar ro‘yxatini tekshiradi; yong‘in xavfsizligi bo‘yicha chora-tadbirlar, ommaviy tadbirlar xizmati bo‘limi uchun ushbu mehmonxonada qabul qilingan tartib-qoidalarga qat’iy amal qilinadi; tadbirning xizmat ko‘rsatish tannarxini hisoblash, keyinchalik daromadni xizmat xodimlari o‘rtasida taqsimlash; Tadbir tavsilotlarini rahbar va tadbir koordinatori bilan kelishish. Banket menejeri eng yirik restoran xizmati bo‘yicha mutaxassis. U barcha turdagi banketlar o‘tkazish texnologiyasi, taomlar, menyu, xizmat ko‘satish turlari, stol servirovka turlari va stili, kuvert turlari, ichimliklar tayyorlash usullarini tushunishi kerak. Download 27.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling