Xalq ta’limi tizimida xalqaro baholash dasturlarini joriy etishning me’yoriy xuquqiy asoslari va ahamiyati


II. Tadqiqot jarayonlarining o‘quv-uslubiy ta’minoti


Download 73.93 Kb.
bet4/4
Sana15.02.2023
Hajmi73.93 Kb.
#1200951
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu

II. Tadqiqot jarayonlarining o‘quv-uslubiy ta’minoti

4.

Xalqaro tadqiqotlarni joriy etish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish.

1. Tegishli vazirlik va idoralar hamda ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda xalqaro tadqiqotlar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
2. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi iqtidorli pedagog kadrlarni xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish.
3. Xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari va ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlari, xalqaro ilmiy tashkilotlar grantlari tanlovlari, xo‘jalik shartnomalari �sosida samarali ilmiy faoliyatni tashkil etish.

2018-yil
dekabr oyidan boshlab doimiy

2018-yil
dekabr oyidan boshlab doimiy


2018-yil
dekabr oyidan boshlab doimiy



Milliy markaz,
Oliy va o‘rta maxsus ta’l��m vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi

5.

Maktab o‘quvchilari savodxonligini shakllantirish bo‘yicha ilg‘or milliy va xalqaro tajribalarni o‘rganish.

1. O‘quvchilarning yozma savodxonligini yaxshilash bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganish;
2. O‘quvchilarning nutq savodxonligini o‘stirish bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganish;
3. O‘quvchilarning yozma va nutq savodxonliklarini oshirish bo‘yicha ilg‘or milliy va xalqaro tajribalarni joriy etish.

2018-yil
dekabr oyidan boshlab doimiy

Milliy markaz,
Xalq ta’limi vazirligi

6.

Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlarni o‘rganish bo‘yicha qo‘llaniladigan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni yaratish va modernizatsiya qilish bo‘yicha xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda mualliflar guruhlarini shakllantirish.

1. Xalqaro baholash dasturlari asosida integratsiyalashtirilgan o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni modernizatsiya qilish bo‘yicha xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda mualliflar guruhlarini shakllantirish;
2. Xalqaro baholash dasturlari asosida integratsiyalashtirilgan o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlarni o‘rganish bo‘yicha qo‘llaniladigan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni yaratish;
3. Yaratilgan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni ekspertizadan o‘tkazish.

2018-yil
dekabr —
2019-yil fevral

Milliy markaz,
Xalq ta’limi vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi

7.

O‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishlari, shuningdek mustaqil ta’lim olishi uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish.

1. O‘quvchilar mustaqil ta’lim olishlari uchun elektron shakldagi ta’limni rivojlantirish, un�ao‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan xalqaro tadqiqotlar bo‘yicha savollar bazasini yaratish hamda boyitib borish;
2. O‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun mustaqil ta’limni joriy etish.

2018-yil dekabr oyidan boshlab doimiy

2019-yil yanvar oyidan boshlab


doimiy

Xalq ta’lim vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Milliy markaz

8.

O‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlikni rivojlantirish maqsadida ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borish.

1. Ko‘rsatuv, eshittirishlar va maqolalar ssenariylarini shakllantirish;
2. Ko‘rsatuv, eshittirishlarni tayyorlash, efirga uzatish, maqolalarni chop etish hamda Internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirish.

2018-yil
dekabroyidan
boshlab doimiy

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi,
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,
Xalq ta’limi vazirligi

9.

Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish yuzasidan ta’lim muassasalarida tegishli targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish hamda xalqaro tadqiqotlar to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor qilib borish.

1. Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish yuzasidan malakali o‘qituvchi-trenerlar bilan hamkorlikda hududlarda o‘quvlar tashkil etish;
2. Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish yuzasidan kaskad usulida o‘quv seminarlari o‘tkazish.
3. Xalqaro tadqiqotlar yuzasidan ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va direktorlari hamda ota-onalar va o‘quvchilar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish;
4. Xalqaro tadqiqotlar yuzasidan ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikni xabardor qilib borish.

2018-yil dekabr oyidan boshlab doimiy

2018-yil dekabr oyidan


boshlab doimiy

Xalq ta’limi vazirligi, Milliy markaz,
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi,
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi

10.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat markazlari va Toshkent shaharhamda har bir tuman (shahar)da xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan tayanch maktablarni belgilash.

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat markazlari va Toshkent shahar hamda har bir tuman (shahar)da xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan tayanch maktablar manzillarini belgilash;
2. Tayanch tadqiqot maktablarini tashkil etish to‘g‘risida mas’ul ijrochilarning qo‘shma qarorini qabul qilish;
3. Tayanch tadqiqot maktablarini xalqaro tadqiqotlarga doir metodik qo‘llanmalar, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash.

2018-yil
dekabr —
2019-yil fevral

2018-yil
dekabr


2018-yil
dekabrdan


boshlab doimiy

Xalq ta’limi vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Milliy markaz

11.

Xalqaro tadqiqotlar yo‘nalishlaridagi savollarni o‘zida mujassam etgan o‘quv dasturlari asosida qo‘shimcha metodik qo‘llanma va adabiyotlar yaratish.

1. 7-sinf o‘quvchilari uchun PISA xalqaro baholash dasturi doirasida qo‘shimcha metodik qo‘llanma va tavsiyalarni yaratish;
2. 8-9-sinf o‘quvchilari uchun PISA xalqaro baholash dasturi doirasida qo‘shimcha metodik qo‘llanma va tavsiyalar yaratish;
3. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun PIRLS xalqaro baholash dasturi doirasida qo‘shimcha metodik qo‘llanma va tavsiyalar yaratish;
4. Boshlang‘ich va o‘rta sinf o‘quvchilari uchun TIMSS xalqaro baholash dasturi doirasida qo‘shimcha metodik qo‘llanma va tavsiyalar yaratish.

2019-yil
mart

2019-yil davomida


2019-yil davomida


2019-yil davomida



Xalq ta’limi vazirligi,
Milliy axborot agentligi,
Milliy markaz

12.

Xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va o‘quv adabiyotlari mazmuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

1. Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va o‘quv adabiyotlarini ilg‘or xorijiy davlatlar bilan qiyoslash orqali o‘rganib chiqish;
2. Ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va o‘quv adabiyotlari mazmuniga bosqichma-bosqich o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

2018-yil
dekabr —
2019-yil
yanvar oyi
2019-yil
dekabr oyidan
boshlab davriy ravishda

Xalq ta’limi vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Milliy markaz

13.

O‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan xalqaro tadqiqotlar yo‘nalishlaridagi savollar milliy bazasini yaratish va o‘quv dasturlariga integratsiya qilish.

1. Xalqaro tadqiqotlarda o‘tgan yillarda foydalanilgan savollar mazmunini o‘rganib chiqib, tahlil qilish;
2. Savollar mazmunini o‘rganish va tahlil qilish natijasida xalqaro tadqiqotlar yo‘nalishlaridagi savollar milliy bazasini yaratish hamda o‘quv dasturlariga integratsiya qilish.

2018-yil dekabr oyidan boshlab doimiy

Milliy markaz,
Xalq ta’limi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

14.

O‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘quvchilar savodxonligini baholashning milliy tizimini takomillashtirish va 2019 — 2021-yillarda amaliy ko‘nikmalarini shakllantirilishini baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda o‘tkazib borish.

1. O‘quvchilar savodxonligini baholashning milliy tizimini takomillashtirish;
2. O‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirilishini baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda o‘tkazib borish.

2018-2019 o‘quv yili 2-yarim yilligidan boshlab

Milliy markaz,
Xalq ta’limi vazirligi

15.

Xalqaro tadqiqotlarga asoslangan holda o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘qitishning shakllari, metodlari va texnologiyalarini yangilash va o‘qituvchilarning bu borada xabardorligini oshirish, tayyorgarligini kuchaytirish bo‘yicha malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

1. Ilg‘or xorijiy davlatlardao‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlarni o‘qitishning shakllari, metodlari va texnologiyalarini o‘rganib chiqish;
2. Ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini joriy etish bo‘yicha o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlar o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

2018-2019 o‘quv yili 2-yarim yilligidan boshlab
jadval asosida

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi,
Milliy markaz,
Tashqi ishlar vazirligi

16.

Rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazlarining o‘quv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Malaka oshirish ta’lim muassasalariga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarni jalb qilish uchun xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
2. Hamkorlik rejasi asosida rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv jarayonlariga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarni jalb qilish.

2018 — 2020-yillarda
reja asosida

Xalq ta’limi vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi

17.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a’zo davlatlardagi nufuzli ta’lim va ilmiy markazlar, xalqaro hamda xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish.

1. Tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda iqtisodi� hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a’zo davlatlardagi nufuzli ta’lim va ilmiy markazlar, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
2. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda xalqaro tadqiqotlar bo‘yicha konferensiyalar, uchrashuvlar, seminarlar o‘tkazish.

2018 — 2020-yillarda

Milliy markaz,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi

18.

Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarida talabalarga o‘qish, matematika va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi o‘quv dasturlarini xalqaro tadqiqotlar talablariga moslashtirish, bitiruvchi talabalarga umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga ishga kelishda mazkur yo‘nalishda tayyor holda kelishlarini ta’minlash.

1. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarida o‘qish, matematikava tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi o‘quv dasturlarini xalqaro tadqiqotlar talablariga moslashtirish;
2. Bitiruvchi talabalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga ishga kelishda xalqaro tadqiqotlarga tayyor holda kelishlarini ta’minlash.

2018-2019 o‘quv yili 2-yarim yilligidan boshlab
doimiy

Milliy markaz,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi

19.

“Elektron ta’lim” tarmog‘i imkoniyatlaridan foydalanish va masofaviy ta’lim turlarining amaliyotga joriy etilganligini inobatga olib, oliy ta’lim muassasalarida o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlar bo‘yichapedagogik kadrlarni tayyorlash uchun yangilangan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish.

1. “Elektron ta’lim” tarmog‘ida xalqaro tadqiqotlarga doir masofaviy kurslarni tashkil etish;
2. “Elektron ta’lim” tarmog‘i imkoniyatlaridan foydalangan holda masofaviy ta’lim kurslari yaratilganligini inobatga olib, oliy ta’lim muassasalarida o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlar bo‘yichapedagogik kadrlarni tayyorlash uchun yangilangan o‘quv dasturlarni ishlab chiqish.

2019-yildan boshlab doimiy

Milliy markaz,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi

20.

O‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar (o‘quv-metodik majmuasi: darslik, mashqlar to‘plami, audio va video materiallar, o‘qituvchi kitobi)ni elektron shaklda yaratish.

1. O‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni elektron shaklda yaratish;
2. Elektron shaklda yaratilgan o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni axborot-ta’lim portaliga joylashtirish.

2018-2019 o‘quv yili 2-yarim yilligidan boshlab jadval asosida

Xalq ta’limi vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Milliy markaz

21.

O‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlarni o‘rganish bo‘yicha ko‘rgazmali qo‘llanmalar, topshiriqlar to‘plami (shu jumladan, elektron shaklda), shuningdek, kompyuter dasturlari mahsulotlarini yaratish va ta’lim muassasalarini ta’minlash.

1. Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi bilan birgalikdao‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlarni o‘rganish bo‘yicha ko‘rgazmali qo‘llanmalar, topshiriqlar to‘plami, shuningdek, kompyuter dasturlari mahsulotlarini yaratish;
2. Yaratilgan ko‘rgazmali qo‘llanmalar, topshiriqlar to‘plami vakompyuter dasturlari mahsulotlari bilan ta’lim muassasalarini ta’minlash.

2018-2019 o‘quv yili 2-yarim yilligidan boshlab jadval asosida

Xalq ta’limi vazirligi,
Milliy markaz

22.

Internet jahon axborot tarmog‘ida ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirishga oid portalni yaratish.

1. Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirishga oid elektron jurnal va Internet portalini yaratishga doir taklif va mulohazalarni ishlab chiqish;
2. Yaratilgan Internet portalini kontent bilan to‘ldirishga ko‘maklashish.
3. TALIS xalqaro tadqiqoti so‘rovnomalarini onlayn usulda o‘tkazish bo‘yicha o‘quv-seminarlarini tashkil qilish.

2019-yil
yanvar oyi

Milliy markaz,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi 997-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazining
TUZILMASI

Xodimlarning umumiy cheklangan soni (texnik v axizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tarkibidan tashqari) — 18 nafar.
Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni amaldagi me’yorlar asosida belgilanadi.


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/997/2289-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Download 73.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling