Xalq ta’limi vazirligi


Bitiruv malakaviy ishining tarkibi


Download 40.85 Kb.
bet7/15
Sana05.01.2022
Hajmi40.85 Kb.
#207240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Kosimova Dilnavoz Nozimovna Malaka Ishi (2)

Bitiruv malakaviy ishining tarkibi: BMI kirish, ikki bob, olti band, xulosa va adabiyotlar ro’yxati.



  1. BOB. Yangi information texnologiyalar.

1.1 Hozirgi zamonda axborot texnologiyasining afzalliklari.

Hozirgi zamonda biror bir soxada ishni boshlash va uni boshqarishni kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. XXI asr savotxon kishisi bo’lishi uchun kompyuter savodxoni bo’lish axborot texnologiyalarini puxta egalamoqlik lozim. Har bir mutaxasis, u qaysi sohada ishlashdan qat’iy nazar, o’z vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotni ishlab chiqaruvchi vositalar va ularni ishlatish uslubiyotini bilish va ishlash ko’nikmalariga ega bo’lishi zarur shu sababli bugungi kunda mustaqil respublikamizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, jumladan, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da “Kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutiqlaridan kelib chiqgan holda qayta ko’rish nazarda tutiladi” deb takidlangan.

Respublikamizdagi barcha o’quv yurtlarda bugungi kunda kompyuter texnologiyalari va butun jahon axborot tarmog’i bo’lgan – INTERNET o’quv jarayoniga tadbiq etishni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Buning huquqiy asoslari Prizidentimizning “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot komunikatsiyalarni joriy etish to’grisida” gi farmonida kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, Internetni xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishni ta’minlash” haqida dasturlarida ko’rsatib o’tilgan. Shuning uchunham o’quv yurtlarimizda Informatika va axborot texnologiyalari fanlarining o’qitilishiga juda yuksak e’tibor berilayapti.

Jamiyat taraqqiyotida yuz berayotgan jadal o’zgarishlar uning bir qismi bo’lgan Informatika sohasidaham o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Bu ta’sir shunchalik kuchliki, axborot texnologiyalarda bo’layotgan o’zgarishlar shiddat bilan ortib bormoqda.

Axborot texnologiyasi – bu aniq texnik dasturlar vositasining majmui bo’lib, ular yordamida biz ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bog’liq bo’lgan hayotdagi turli-tuman masalalarni hal etamiz. Xususan, axborotning eng asosiy turlaridan biri – iqtisodiy axbarotlardir. Uning oddiy ma’lumotdan farqli tomoni shundaki, u odamlarning katta jamoalari bilan, tashkilotlar bilan, korxonalar va boshqa iqtisodiy strukturalardagi boshqarish jarayonlari bilan bog’liqligidadir. Informatika keng ma’noda fan, texnika va ishlab chiqarish, ya’ni inson faoliyatining barcha sohalarida axborotni kompyuter va telekommunikatsiya yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish bilan bog’liq bo’lgan yagona sohadir.

Informatika fan nomi lotin tilidan olingan bo’lib, axborotlarni tushuntirish va tahlil qilish ma’nosini bildiradi, bu fan axborotlarni jamlash va qayta ishlash usullarini, axborotlash jarayonini qonuniyatlarini o’rganadi. Informatika bu inson faoliyatining turli javhalaridagi axborotlarni izlash, to’plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug’ullanuvchi fandir. Informatika uchun asosiy ashiyo – axborot. U informatika fanining asosiy tushunchasi sifatida qabul qilingan. Axborot o’zi nima ? Axborot bu barcha sezgi organlarimiz orqali qabul qila oladigan ma’lumotlar majmui va ularning o’zaro bog’lanish darajasidir. Axborotlar xabar ko’rinishda bo’ladi. Xabar – bu informatsiyaning so’zlashuv, matn, tasvir, jadval, sonli ma’lumotlar ko’rinishidagi turidir. Axborotlarni to’plash, qayta ishlash va uzatish vositalariga bo’lgan ehtiyoj juda katta. Uzatish vositalari – sputnik, televizor, radio, magnitafon, video, telefon va x.k. To’plash va tashuvchi vositalar deb kitob, gazeta, kaseta va disklarni tushunishimiz mumkin. Axborotlarni ustidan har xil amallarni bajarish jarayoni – axborot texnologiyasi deb nomlanadi. Axborot texnologiyasining asosiy texnik vositasi bu kompyuter.




    1. Download 40.85 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling