Xalq ta’limi vazirligi


Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi


Download 40.85 Kb.
bet8/15
Sana05.01.2022
Hajmi40.85 Kb.
#207240
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Kosimova Dilnavoz Nozimovna Malaka Ishi (2)

Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi

Hisoblash texnikasini rivojlanish tarixi shartli ravishda uch davrga bo’linadi

  1. Mexanik mashinalargacha bo’lgan davr

  2. Mexanik va elektro mexanik mashinalar davri

  3. Elektron hisoblash mashinalari davri

Yer yuzida eng birinchi hisoblash texnikasi ibtidoiy odamlarning qo’l va oyoq barmoqlaridan iborat bo’lgan. Dastlabgi va eng sodda sun’iy hisoblash asboblaridan biri BIRKA bo’lgan. Hisoblash ishlarining murakkablashuvi yangi hisoblash asboblari va usullarini izlashni taqozo etgan. Natijada hozirgi cho’tni eslatuvchi asbob yaratilgan. Shatlandiyalik matematik Jon Nepper raqamlar yozilgan bir qancha tayoqchalarni joriy qilgan, nihoyat logarifmik chizg’ich yaratilgan.

Birinchi mexanik moslamalardan biri nemis olimi Velgelm Shikkart tomonidan ixtiro qilingan. 1645-yil Fransuz matematigi Blez Paskal ARIFMOMETR yasagan. Nemis matematigi, mexanigi va faylasufi Godfrid Leybnits 1673-yil faqat qo’shish va ayirishni emas, balki to’rttala arifmetik amalni bajara oladigan mashina yaratdi.

Dastlabgi maxanik mashinalar qo’l kuchi yordamida harakatga keltirilar edi. Keyinchalik elektr quvvati yordamida harakatga keltiriladigan mexanik mashinalar yaratildi. Bunday hisoblash mashinalari elektromexanik mashinalar deyiladi. Elektromexanik mashinalarda 8 soatlik ish kunida hammasi bo’lib 2000 amal bajar mumkin bo’lgan.

XX asr fan va texnikaning taraqqiyoti elektromexanik mashinalarga nisbatan tezroq hisoblaydigan yangi xil mashinalarning yaratilishini taqazzo etdi. AQSH dagi Penselvaniya institutida birinchi bo’lib elektron lampalar axborotlarni saqlash imkoniyatiga ega bo’lgan lampalar yordamida raqamli hisoblash mashinasi yaratildi va bu mashinaga ENIAK deb nom berildi. Bu mashinaning og’irligi 30tonna bo’lib, 150 kv/m xonani egallagan va 18mingta elektron lampalar asosida ishlagan. Elektron hisoblash mashinalari hisoblash ishlarini tezroq bajargandan tashqari, elektromexanik mashinalardan farqli o’laroq axborotlarni saqlash imkoniyatiga ya’ni xotiraga egadir. Birinchi elektron hisoblash mashinalari lampalar yordamida ishlagan elektron lampalar faqat ikkita turg’unlik holatiga egadur. Yongan va o’chgan holati. Lampaning yonib turgan holati bir raqamiga mos keladi, o’chib turgan holati nol raqamiga mos keladi. Birinchi avlod EHM lariga BESM – 1 , BESM – 2, M-20 , MINSK – 1, va boshqa kompyuterlar kiradi. Ikkinchi avlod EHM lari tranzistorlar asosida yaratilgan.




  1. Download 40.85 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling