Xalq ta’limi: Yangi 5 yillik islohotlar rejasi Xalq ta’limi sohasida keyingi besh yilda 1,9 millionta o‘quvchi o‘rni yaratish, ta’limda zamonaviy metodikalarga o‘tish, bitiruvchilar attestatsiyasini dtmga o‘tkazish, o‘qituvchilar saviyasiga talablarni


-sinflardan yakuniy attestatsiyani DTM oladi


Download 44.16 Kb.
bet2/16
Sana17.06.2023
Hajmi44.16 Kb.
#1535916
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Xalq ta

11-sinflardan yakuniy attestatsiyani DTM oladi
2024 yildan boshlab umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari hamda kasb-hunar maktablari bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasini Davlat test markazi tomonidan imtihonlar shaklida o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.
Prezidentning bu boradagi qarori loyihasi Vazirlar Mahkamasiga 2022 yil 1 sentabrgacha kiritilishi zarur.
Maktab binolarini sotib yuborish taqiqlandi
Qaror bilan, Xalq ta’limi vazirligining ta’lim berishga mo‘ljallangan binolari va inshootlarini ta’lim sohasidan tashqari boshqa maqsadlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berish taqiqlandi.
XTVning ta’lim berishga mo‘ljallangan, bo‘sh turgan bino-inshootlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga berish ular joylashgan hududning kamida 5 yillik demografik ko‘rsatkichlarini inobatga olib, xalq ta’limi vazirining roziligini olgan holda amalga oshiriladi.
Pedagoglar tayyorlash va qayta tayyorlash
Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari negizida Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari (Pedagogika markazlari) tashkil etildi.
A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti negizida A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti tashkil etildi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda uning huzuridagi ta’lim va ilmiy tashkilotlar Xalq ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi.
Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqishda yetakchi oliy ta’lim muassasasi etib belgilandi.
Pedagog kadrlarni kompetensiyalarga asoslangan va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan metodikalar bo‘yicha o‘qitish amaliyoti joriy qilinadigan bo‘ldi. Bu zamonaviy metodikalarni joriy qilishda:
— 2022 yil 1 sentabrga qadar Pedagogika markazlariga aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha malakali xorijiy mutaxassislar jalb qilinadi;
— 2022 yil 1 iyulga qadar Pedagogika markazlari huzurida xorijiy mutaxassislar, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlari hamda Pedagogika markazlarining malakali xodimlaridan iborat bo‘lgan trenerlar guruhlari shakllantiriladi;
— 2022 yil yakuniga qadar trenerlar guruhlari bilan birgalikda joylarga chiqqan holda kamida 20 foiz umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagoglar uchun zamonaviy metodikalarga asoslangan sayyor o‘quv mashg‘ulot va seminar-treninglar o‘tkaziladi;
— pedagog kadrlarning malakasini oshirishga bevosita jalb qilingan trenerlarga ularning ish faoliyati natijasiga qarab, oylik ish haqiga 100 foizgacha miqdorda qo‘shimcha ustama haq to‘lab boriladi;
— 2022 yil yakuniga qadar maktab o‘qituvchilari uchun “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasida pedagogik faoliyatdan ajralmagan holda amalga oshiriladigan qo‘shimcha individual malaka oshirish kurslari joriy etiladi;
— zamonaviy metodikalarga asoslangan ta’lim dasturlari va darsliklarni xarid qilish hamda umumiy o‘rta ta’lim tizimiga joriy qilish choralari ko‘riladi;
— 2022 yil 1 avgustga qadar malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda TDPU hamda Pedagogika markazlarining o‘quv-rejalari va dasturlari to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi hamda xalqaro talablar asosida takomillashtiriladi;
— 2023 yil 1 sentabrga qadar Respublika ta’lim markazi hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan birgalikda ta’lim jarayonini Milliy o‘quv dasturi asosida tashkil etishga qaratilgan metodikalar ishlab chiqiladi; ushbu metodikalar umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari, pedagogika yo‘nalishidagi professional va oliy ta’lim muassasalari hamda Pedagogika markazlarida joriy qilinadi;
— 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab TDPUning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-4-bosqich talabalari uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlari “4+2” tartibida (darslarning 4 kuni oliy ta’lim muassasasida, 2 kuni maktabda amaliyot o‘tash tartibida) olib boriladi;
— TDPU talabalarining amaliyotlari umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bilan birga Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda ham tashkil etiladi;
— TDPUda o‘quv dasturlari o‘zaro yaqin bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish tartibi yo‘lga qo‘yiladi.

Download 44.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling