Xalq xoʻjaligining turli sohalari va tarmoqlarida tarmoq texnalogiyalaridan foydalanish yo`lari Qishloq xoʻjaligi


Download 79.23 Kb.
bet2/4
Sana22.12.2022
Hajmi79.23 Kb.
#1042111
1   2   3   4
Bog'liq
Xalq xoʻjaligining turli sohalari va tarmoqlarida tarmoq texnalogiyalaridan

Suv xoʻjaligi - xalq xoʻjaligi tarmogʻi; suv resurelarini oʻrganish, hisobga olish, undan kompleks foydalanishni rejalashtirish, sugʻorish sistemalarini ekspluatatsiya qilish, yer osti va yer usti suvlarini ifloslanishdan, tugab qolishdan saqlash, shuningdek, uni isteʼmolchilarga yetkazib berish bilan shugʻullanadi. Suv xoʻjaligi vazifasiga yerlarni sugʻorish, zaxini qochirish, yaylovlarni suv bilan taʼminlash; tuproq qatlamining yuvilib ketishi va jarliklar hosil boʻlishining oldini olish; yerlarni, binolar, inshoot va boshqa obʼyektlarni suv toshqini va suv bosishdan muhofaza qilish; sanoat, qishloq xoʻjaligi., aholini suv bilan taʼminlash (qarang Suv taʼminoti), suv energiyasidan foydalanish; balikchilik va baliq ovlash, kema qatnashi va yogʻoch oqizish ishlari uchun zarur boʻlgan inshoot va moslamalarni qurish; suv resurelarining behuda sarflanishi, kamayib ketishi va ifloslanishidan muhofaza qilish va boshqa ishlar kiradi. Suv resurelariaan foydalanish tartibiga koʻra, xalq xoʻjaligi tarmoqlari suv isteʼmolchi va suvdan foydalanuvchi tarmokGʻiapra boʻlinadi. Suv isteʼmol ch il ar (sanoat, qishloq xoʻjaligi., kommunal xoʻjaligi) suvni manbadan olib, aksariyat tamomila isteʼmol qiladi yoki bir qismini oʻzlashtiradi va bugʻlantirib yuboradi, qolgan qismini esa sifatini oʻzgartirgan (oqova) holda qaytaradi. Natijada manba suvining sifati, miqdori va rejimi oʻzgaradi. Suvdan foydalanuvchilar (gidroenergetika, suv transporta, baliqchilik va boshqalar) suvning oʻzidan emas, uning energiyasidan va suvli muhitdan foydalanadilar, natijada manbadagi suv sifati, miqdori va rejimi oʻzgarmaydi.

Mashinasozlik sanoati -xalq xoʻjaligi uchun mehnat qurollari, shuningdek, isteʼmol buyumlari va mudofaa ahamiyatiga ega boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi ogʻir sanoat sohalari majmui. Mashinasozlik sanoati butun xalqxoʻjaligini texnika bilan taʼminlashda moddiy asos hisoblanadi, ijtimoiy mehnat unumdorligi, texnika progressi, xalqning moddiy farovonligi va mamlakatning mudofaa quvvati Mashinasozlik sanoatining taraqqiyot darajasiga bogʻliq. Mashinasozlik sanoatining asosiy vazifasi xalq xoʻjaligining hamma sohalarini yuqori unum bilan ishlaydigan mashina va asbob-uskunalar bilan taʼminlashdir. Bu soha oʻz navbatida, mashinasozlik va metallga ishlov berish, metall buyumlar, metall konstruksiyalar ishlab chiqarish hamda mashina va asbob-uskunalarni tuzatish tarmoqlarining tarkibiy qismini tashkil etadi. Mashinasozlik sanoatiga energetika mashinasozligi, elektrotexnika, stanoksozlik va as-bobsozlik, traktorsozlik va q. h. mashinasozligi kabi yirik tarmoqlar kiradi.


Download 79.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling