Xalqali uglevodorodlarning iq-spektrlari


Download 1.37 Mb.
Sana19.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1613538
Bog'liq
FTU mustaqil ish


XALQALI UGLEVODORODLARNING IQ-SPEKTRLARI
Reja
1.Xalqali uglevodorodlarning IQ-spektrlari uslubi yordamida siklogeksan molekulasining eritmadagi konformerlarini o’rganish.
2. Kislorod tutgan birikmalarning tebranishlari.
3.To’yingan xalqali spirtlarda konformerlarning mavjudligini aniqlash uslubi.
4. Karbonil guruxi tutgan birikmalarning spektrlari, chastota qiymatiga ta’sir etadigan omillar.
Xalqali uglevodorodlarning IQ-spektrlari uslubi yordamida siklogeksan molekulasining eritmadagi konformerlarini o’rganish. Infraqizil spektroskopiya ayniqsa olti xalqali tsiklogeksan molekulasining eritmadagi konformerlarini o’rganishda keng ko’lamda qo’llaniladi. Siklogeksan molekulasi eritmada uy sharoitida xalqada sodir bo’ladigan konversiya jarayoni natijasida har xil konformerlar holatida bo’ladi, agar xalqada o’rinbosarlar bo’lsa ularning xalqaga nisbatan aksial yoki ekvatorial holatda bo’lishi natijasida konfor-merlarning soni yanada ham ortib boradi.
Turli xil konformerlarning borligini bilish uchun siklogeksan va uniing hosilalarini har xil temperaturalarda spektrlarini olish kerak. Olib borilgan tadqiqot ishlari asosida shunday xulosa-ga kelindi:
a) Siklogeksan va uning hosilalarining infraqizil spektri uy va yuqori temperatura sharoitida ancha murakkab, ya’ni spektr konformerlar spektrlarining yig’indisidan iborat.
b) agar birikmalarning muzlatilgan sharoitda (-90 C0, -100 C0) spektrlari olinsa, spektrdagi chastotalarning soni ancha kamayib spektr soddalashadi. Bunga asosiy sabab, shu sharoitda siklogeksan va uning hosilalarining bir konformerdan boshqa konformerlarga o’tish jarayoni to’xtaydi, natijada olingan spektr bir yoki ikki barqaror konformerning spektridan iborat bo’ladi.
Kislorod tutgan birikmalarning tebranishlari. Molekulyar spektroskopiyada molekulaning normal tebranishi natijasida kimyoviy bog’larning uzunligi o’zgarib, bu bog’lar orasidagi burchak kam o’zgarsa, bunday tebranish turlariga valent tebranishlar deb aytiladi va υ (nyu) harfi bilan belgilanadi.
Agar normal tebranish natijasida valent bog’lar orasidagi burchak o’zgarib, bu bog’lar uzunligi o’zgarmasa, bunday tebranish turlari deformatsiyali tebranish bo’lib uni δ (delta) harfi bilan belgilanadi. Valent tebranishlar simmetrik (υs) va assimmetrik (υas) turlariga bo’linib, birinchi tebranish natijasida kimyoviy bog’lar uzunligi uzayadi, ikkinchisida esa qisqarish holati kuzatiladi.
Masalan, suv molekulasini ko’rsak, chiziqli tuzilishga ega bo’lganligi uchun, tebranish chastotasi soni 3N-6=3. 3-6=9-6=3 ta bo’ladi.
Yuqoridagi tebranish turlarini SO2 molekulasi uchun ham ko’rsatish mumkin.
Shunday qilib, ko’p atomli molekulalarning infraqizil spek-rining qoidasini quyidagicha izohlash mumkin: yutilish natijasida hosil bo’lgan tebranish sonini, ya’ni spektrdagi chastotalarning qiymatlari va aklini e’tiborga olib valent va deformatsiyali cha-stotalarni aniqlash mumkin, bu ishlarni amalga oshirishda olingan spektrlarni shunga o’xshash bo’lgan moddalarning ma’lum bo’lgan spektrlari bilan taqqoslash kerak.
To’yingan xalqali spirtlarda konformerlarning mavjudligini aniqlash uslubi. To’yingan xalqali birikmalar tarkibida gidroksil guruxi bo’lsa, u xalqada aksial yoki ekvatorial holatda joylashishi mumkin. Tajribadan olingan ma’lumotlar aksial va ekvatorial gidroksil guruxining deformatsiyali tebranish qiymatlari ham har xil bo’li-shini ko’rsatadi. spirtlarning eritma holatidagi spektrini o’rganib olingan ma’lumotlar asosida konformerlar miqdorini ham aniqlash mumkin.Uglevodlar ko’p atomli spirtlarning tarkibiga kirgani uchun, ularni izohlashda gidroksil guruxlarining valent va deformatsiyali tebranish chastotalarini taxlil qilish bilan birga, 700-1000 sm-1 oraliqdagi chastotalarni ham o’rganish lozim.
Glyukopiranoza
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling