Xalqaro baholash dasturlari timss, pisa, egma, talis va ularni amalda qo‘llay olish matyakubova Nuriya Azimbayevna Urdu pedagogika fakulteti, Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi stajor o‘qituvchisi


kitob o‘qishga bo‘lgan munosabati


Download 97.61 Kb.
bet9/9
Sana31.01.2024
Hajmi97.61 Kb.
#1831019
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
N.MATYAKUBOVA MAQOLA.

kitob o‘qishga bo‘lgan munosabati ham o‘quvchilarning natijalariga ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekistonda “kitob o‘qishni juda yoqtiradigan” ota-onalarning farzandlari o‘rtacha 449 ball, “kitob o‘qib turadigan”larning farzandlari 431 ball va “kitob o‘qishni yoqtirmaydigan”larning farzandlari 401 ball natija ko‘rsatishgan.
Tadqiqotda, shuningdek, maktabga chiqishdan oldin oddiy o‘qish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan o‘quvchilar 4-sinf oxiriga kelib maktabga chiqishdan oldin o‘qish yoki yozishni bilmagan o‘quvchilarga nisbatan yuqoriroq natijalar ko‘rsatishi qayd etilgan. Masalan, O‘zbekistonda maktabdan oldin yaxshi o‘qiy olgan o‘quvchilar bilan maktabgacha o‘qishni bilmagan o‘quvchilar natijalari o‘rtasidagi farq 36 ballni tashkil qilgan.
Shuningdek, tadqiqotda maktabdagi resurslar, tartib-intizom va xavfsizlik ham o‘quvchilarning natijalariga ta’sir qilishi aniqlangan. Tadqiqotda qatnashgan O‘zbekistonlik o‘quvchilarning 49%i u yoki bu darajada resurslar yetishmasligi mavjud maktablarda, 35%i tartib-intizom bilan o‘rtacha yoki jiddiy muammolar bor maktablarda o‘qishi qayd etilgan.
Tadqiqotchilarning qayd etishicha, COVID-19 pandemiyasi tadqiqot natijalariga ta’sir qilgan, biroq oldingi tadqiqotlarda (2016-yil va undan oldin) ham qatnashgan davlatlarning 2021-yilgi va oldingi natijalarini solishtirganda aynan pandemiya bu natijalarga qanchalik ta’sir qilganligini aytish qiyin, chunki davlatlarning pandemiya ga qarshi turish bo‘yicha ko‘rgan choralari har xil bo‘lgan. Tadqiqotda qatnashgan aksar davlatlarda 2021-yil natijalari 2016-yil natijalariga qaraganda pastroq bo‘lgan, biroq Kipr, Misr, Fransiya, Gonkong, Ummon, Singapur va Turkiya 2021-yilda 2016-yilga nisbatan yuqoriroq natija qayd etishgan, Shimoliy Makedoniyada esa natijalar o‘zgarishsiz qolgan. O‘zbekiston bu tadqiqotda 2021-yildan oldin qatnashmagan.
Ma’lumot uchun: O‘zbekistondan tadqiqotda 2016-yilda 1-sinfga borgan o‘quvchilar qatnashgan. Bundan oldin UNICEF o‘tkazgan tadqiqot 4-sinf o‘quvchilarining yarmidan ko‘prog‘i o‘qigan matnini tushunmasligini ko‘rsatgandi.

O’zbekiston vakili Parijdagi OECD tashkilotida o’z faoliyatini boshladi

PISA 2022 dasturi doirasida tadqiqot natijalari tahliliga jalb etilgan mutaxassislar qatorida Abduqodir Karimberdiyev Parij shahridagi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tashkilotida o'z faoliyatini boshladi.

Mazkur jarayonlarda ishtirok etayotgan El Salvador, Mongoliya, Ruminiya, O'zbekiston, Yamayka kabi mamlakatlarning vakillari Yetakchi tahlilchi (Lead Analyst) dasturi doirasida maxsus treninglarda qatnashib, PISA 2022 tadqiqoti natijalari tahlili, xalqaro hisobotlarni tayyorlashda ishtirok etadilar.

OECD vakillari va yetakchi tahlilchilar ishtirokida o'tkazilgan uchrashuvda tashkilotning Ta'lim direksiyasi direktori Andreas Shlyaher PISA 2022 tadqiqoti natijalari tahlil jarayonlarida ishtirokchilarga muvaffаqiyat tilar ekan, turli mamlakatlardan tashrif buyurgan mutaxassislarga salohiyatni rivojlantirish dasturida ishtirok etib, tadqiqot natijalarini sifatli tahlil qilish, milliy hisobotlarni yuqori saviyada taqdim etishlariga ishonch bildirdi.


REFERENCES.

1 O‘zbekiston Respublikasi Prizenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.

2. To‘xliyev.B “Adabiyot o‘qitish metodikasi” Toshkent; - “Yangi asr avlodi”

3. Adabiyot 8-sinf uchun darslik Toshkent - 2019 yil



4. A .A Xalikov “PIPLS dasturing mazmuni - mohiyati “ pedagogika fanlar doktori.

5.
Download 97.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling