Xalqaro bozorga chiqish sabablari va usullari
Download 1.8 Mb.
|
Xalqaro bozorga chiqish sabablari va usullari
Raqobat bu — kishilarning avvalo iqtisodiy, shuningdek, jamiyat hayotining boshqa sohalaridagi jiddiy kurashdir. Iqtisodiyot nuqtai nazaridan raqobat bu sotuvchilarning (ishlab chiqaruvchilarning) iste`molchilar talablarini qondirish uchun kurash, shuningdek, xaridorlarning eng qulay sharoitlarda o`zlari uchun eng foydali tovarlarni sotib olish uchun kurash hisoblanadi.Bozorda raqobatning ikki xil turini ajratib ko`rsatish mumkin: 1. narxga bog`liq bo`lgan raqobat; 2. narxga bog`liq bo`lmagan raqobat.Hozirgi rivojlangan bozor sharoitlarida raqobatning narx bilan bog’liq bo’lmagan usuli – o’z tovarini raqobatchilarning o’xshash tovarlaridan ajratib ko’rsatish, unga xaridor uchun o’ziga xos bo`lgan xislatlar berish, texnik xizmat ko’rsatish darajasini oshirish, tovarlarni sotishning ilg’or shakllarini rivojlantirish, firma faoliyatining funktsional jihatlari va tuzilmasini takomillashtirish, xaridorlar so’rovlarining o’ziga xosligini hisobga olish kabilar afzal ko’rilmoqda.Firmaning maqsad va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda raqobatli xulq-atvorning quyidagi variantlaridan biri tanlab olinishi mumkin: 1. yangi mahsulot, texnologiya, sotuv usullari, servis va reklamani yaratish; 2. yangilik yaratganlardan qisqa muddatda kam xarajatalr bilan «nusxa ko`chirib olish»; 3. erishilgan yutuqlarni sifatni oshirish, assortimentni kengaytirish kabi yo`llar bilan imkon qadar uzoq vaqt saqlab turish.Firmaning ma’lum bir bozor segmentlariga xizmat ko’rsatishga moslashib olishi qoidaga ko’ra boshqa bozor segmentlarini yo’qotish yoki ularda muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlarining pasayishi hisobiga erishiladi.Cheklangan raqobat strategiyasi — raqobatli kurash strategiyasi yuqori sifatli, tor ixtisoslashgan mahsulotlarni cheklangan miqdorda ishlab chiqarishdan iborat.Lokal raqobat strategiyasi — raqobatli kurash strategiyasi bozorning kichik (lokal) hajmli ehtiyojlarini maksimal darajada chuqur qondirishni nazarda tutadi. Ushbu strategiyaga amal qiluvchi kichik firmalar samarali asbob-uskunalar, ilmiy-texnik loyihalar va maxsus sohada bilimlarga ega bo`lmaydi.Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling