Xalqaro bozorga chiqish sabablari va usullari


Download 1.8 Mb.
bet3/4
Sana09.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1471102
1   2   3   4
Bog'liq
Xalqaro bozorga chiqish sabablari va usullari

Yangilik kirituvchi raqobat strategiyasi — tubdan o`zgartirish va yangiliklar kiritishga yo`naltirilgan strate­giya. Ushbu tavakkalchilik yuqori bo`lgan biznes bilan shug`ullanuvchi firmalarni kpincha «ilk qaldirg`ochlar» deb atashadi.

Differentsiatsiyalanish - kompaniyalarning bozorda egallagan o`rinlarini ajratib (chegaralab) olish jarayonidir. Keskin kurashga kirishib ketmaslik uchun firmalar bitta o`rinni egallamaslikka harakat qiladilar.

Jahon bozorida marketing tamoyillari va usullari asosida ish yuritishning hamma uchun bir xil formulasi mavjud emas. Bunday faoliyatning muayyan shakllari bir-biridan sezilarli farq qilishi mumkin.

Marketing yondashuvida asosiysi maqsadli yo`nalganlik, marketing faoliyati va boshqa tudagi faoliyatlarning tarkibiy qismlarini belgilangan strategik maqsadlarga erishish uchun yagona yo`naltirilgan texnologiya jarayoniga birlashtirishdir.

Ishlab chiqarish kontseptsiyasi xalqaro bozor sub’ektlarining tijorat-xo’jalik faoliyatini tashkil etish tizimi bo’lib, bunda sotuvchi ishlab chiqarishni takomillashtirish va tovar taqsimoti tizimining samaradorligini oshirish hisobiga o’z mahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishni mo`ljallaydi.

Ishlab chiqarish kontseptsiyasidan Genri Ford tijorat faoliyatini boshlagan paytda keng foydalangan. O`sha davrda Amerikaning avtomobil’ bozorida «sotuvchi bozori» hukmron edi: avtomashinalarni tanlab olish cheklangan bo`lib, ularning narxi juda yuqori edi.

Tovar kontseptsiyasi xalqaro bozor sub`ektlarining tijorat-xo`jalik faoliyatini tashkil etish tizimi bo`lib, bunda sotuvchi ishlab chiqarilayotgan mahsulotning yuqori sifati uning eng yaxshi ekspluatatsiya tavsifnomalari bilan uyg`unlashgan holdagina o`z mahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishdan umid qiladi.

Sotuv kontseptsiyasi xalqaro bozor sub`ektlarining tijorat-xo`jalik faoliyatini tashkil etish tizimi bo`lib, bunda sotuvchi sotuv sohasiga ko`p kuch sarflagan holda o`z mahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishga harakat qiladi.


Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling