Xalqaro bozorga chiqish sabablari va usullari


Download 1.8 Mb.
bet1/4
Sana09.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1471102
  1   2   3   4
Bog'liq
Xalqaro bozorga chiqish sabablari va usullari

Xalqaro bozorga chiqish sabablari va usullari.

Tekshirdi: KASIMOV SAIDAXROr

Bajardi: b21-16u guruh talabasi

Umaraliyev Asliddin

Лучшая цитата, отражающая ваш подход... "Это один маленький шаг для человека и огромный скачок для человечества".

— Нил Армстронг

Reja:

  • Tashqi bozorga chiqish usullari.
  • Xalqaro marketingni rejalashtirish jarayoni.
  • Xalkaro marketing faoliyatining tashkil etish kontseptsiyalari .

Eksport bu – kapital, tovar va xizmatlarni ularni tashqi bozorda sotish uchun olib chiqishdir. Xalqaro savdoda eksportning bir necha xil turlari mavjud bo`lib, ulardan eng tarqalganlari mazkur mamlakatda tayyorlangan, ishlab chiqarilgan va qayta ishlangan tovarlarni olib chiqish hisoblanadi. Xom-ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni chet elga qaytarib kelish sharti bilan bojxona nazorati ostida olib chiqish, shuningdek, vaqtincha ko`rgazma, yarmarka, kim-oshdi savdolari va hokazolarga chet eldan olib kirilgan tovarlarni olib chiqish ham katta ahamiyat kasb etmoqda.

Bevosita eksport operatsiyalarini vositachilarsiz, mustaqil amalga oshirishni anglatadi. Bu holda xalqaro kompaniya chet ellik xaridorlar bilan bevosita shartnomalar tuzadi.

Bilvosita eksport esa eksport operatsiyalarini xalqaro vositachilar yordamidan foydalangan holda amalga oshirishni anglatadi. Bunday vositachilar xalqaro marketing xizmatlarini ko`rsatar ekan, xalqaro savdo bilan bog`liq bo`lgan barcha masalalarni o’z zimmasiga oladi.

Tijoratni ko’chirish yoki bilim va intellektual mulkni berish. Buni belgilash uchun xalqaro laysenzing (litsenziyalash) atamasi qo`llanadi. Bunda bir mamlakatdagi intellektual mulk egasining egalik huquqini boshqa mamlakatdagi xaridorga belgilangan muddatda va ma’lum shartlar bilan berish tushuniladi.

Franchayzing – litsenziyalashning o`ziga xos shakli bo`lib, unga ko`ra bir tomon ikkinchi tomonga tijorat asosida ishlab chiqarish va (yoki) marketing texnologiyalari, nou-xau va tovar belgilariga litsenziyalarni beradi hamda buning uchun shartnomada kelishilgan miqdorda kompensatsiya oladi


Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling