MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI TELEKOMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KASB TA’LIMI FAKULTETI DASTURIY INJINERING YO’NALISHI 652-20 GURUH TALABASI ZAYLOBIDINOV SHUKRULLONING ZAMONAVIY IQTISODIYOT FANIDAN BAJARGAN TOPSHIRIG’I
Farg’ona-2022
Marketing konsepsiyasi (marketing faoliyati konsepsiyasi) – bu shunday yo‘l yoki yondashuvki, uning asosida korxona o‘zining marketing faoliyatini yurgizadi.
Marketing konsepsiyasi rejalashtirilayotgan va amalga oshirilayotgan firma faoliyatining strategik tahlili asosida ishlab chiqiladi. Marketing konsepsiyasini ishlab chiqish odatda quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
ichki va tashqi muhit strategik tahlilini amalga oshirish;
marketing faoliyati va korxonaning maqsadlarini aniqlash;
marketing strategiyasini aniqlash;
rejalashtirilayotgan natijalarga erishish maqsadida marketing faoliyati elementlarini tanlash.
Marketing konsepsiyasi ishlab chiqarish va taklif etilayotgan tovarlarga bo‘lgan talabni rivojlanish darajasiga bog‘liqligi jihatidan evolyusion taraqqiyot bosqichini kechdi.
Marketing konsepsiyasi haqida quyida rasm va jadvallarda ma’lumotlar berilgan.
Quyidagi 2.1-rasmda marketing konsepsiyasining ta’rifi keltirilgan.
2.1-rasm. Marketing konsepsiyasining ta’rifi4
Quyidagi 2.2-rasmda marketing konsepsiyasining turlari keltirilgan.
2.2-rasm. Marketing konsepsiyalari
Marketing va tadbirkorlik sohasida dunyo ilmi va amaliyoti marketing evolyusiyasida quyidagi konsepsiyalarni asosladi va tavsiya etdi:
sof marketing konsepsiyasi;
ijtimoiy yo‘naltirilgan marketing konsepsiyasi;
o‘zaro aloqaviy marketing konsepsiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |