Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali telekomunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakulteti dasturiy


- rasm. Ijtimoiy yo‘naltirilgan marketing konsepsiyasi


Download 305.82 Kb.
bet5/12
Sana28.12.2022
Hajmi305.82 Kb.
#1014263
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Zamonaviy iqtisodiyot 2 mustaqil ish

- rasm. Ijtimoiy yo‘naltirilgan marketing konsepsiyasi


Marketingni o‘zaro aloqaviy konsepsiyasi. Marketingni o‘zaro aloqaviy konsepsiyasining asosiy g‘oyasi xaridorlar bilan boshqa oldi-sotdi jarayoni qatnashchilari o‘rtasidagi munosabatlar (kommunikatsiya)dan tashkil topadi. Marketingni o‘zaro aloqasi samarali kommunikatsiya, shaxsiy muloqotlar ahamiyatini oshiradi. Marketingni o‘zaro aloqasi kommunikatsiyani kengroq jihatda

  • kompaniya(firma) bilan uning sheriklari o‘rtasidagi daromad olib keluvchi xohlagan o‘zaro aloqasi sifatida ko‘radi.

Savdo, keyinchalik sanoatda marketingni faol qo‘llanish jarayoni o‘tish davri iqtisodiyotining xususiyatlari bo‘lib hisoblanadi. XXI asrning 2008 yilida iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda moliyaviy inqirozning vujudga kelishi natijasida moliya bozorlari xizmatlarida marketing tizimini keng qo‘llash ahamiyati yanada ortdi.
Marketing evolyusiyasi marketing konsepsiyasini, shaklini va elementlarini o‘zgarishi bilan kuzatiladi. Quyidagi 2.3-jadvalda marketing evolyusiyasini nazariy asoslari, uslublari, qo‘llash sohalari bilan tanishib chiqamiz.

2.3-jadval


Marketing evolyusiyasi ilm sifatida


Yillar

Nazariy asoslari

Uslublari

Qo‘llash sohasi

1900-1950
yillar

Tovar haqida o‘rganish, taqsimlashga mo‘ljal olish,
sotish va eksport nazariyasi

Kuzatish, xaridni va sotishni tahlil kilish, ehtimollarni
hisoblash, iste’mol paneli

Ommaviy tovar ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi
tarmog‘i

1960 yil



Sotish haqida o‘rganish,
tovarga, sotish hajmiga mo‘ljal olish, distribyutorlik nazariyasi

Motivlar tahlili, faoliyatni tadqiq qilish, modellashtirish

Iste’mol vositalari iste’molchilari

1970 yil



Qaror qabul qilish va xulq- atvorni ilmiy asoslari

Faktoring, diskriminant tahlil, matematik uslublar,
marketing modellari

Ishlab chiqarish vositalari va iste’mol vositalari
iste’molchilari

1980-1990


yillar

Holatli tahlil, menejment funksiyasi sifatida marketing haqida o‘rganish, raqobatni
tahlil nazariyasi, ekologik asoslar, strategik marketing

Pozitsiyalashtirish, klaster tahlil, iste’molchilar tipologiyasi, ekspertiza, sabab-oqibat tahlili

Iste’mol vositalari, ishlab chiqarish vositalari, xizmat sohasi, foyda ko‘rmaydigan tashkilotlar iste’molchilari

1990 yildan shu davrgacha

Tadbirkorlik quroli va funksiyasi sifati marketing haqida o‘rganish, bozor tarmoqlari nazariyasi, kommunikatsiya va o‘zaro ta’sir nazariyasi, ijtimoiy va ekologik
samaraga mo‘ljal olish

Pozitsiyalashtirish, klaster tahlil, iste’molchilar tipologiyasi, raqobatchilar va iste’molchilarni xulq- atvori modellari, benchmarketing, o‘yin
nazariyasi

Ishlab chiqarish vositalari, iste’mol vositalari, xizmat sohasi, foyda kurmaydigan tashqilotlar, davlat tadbirkorligi sohasidagi iste’molchilar

Marketing konsepsiyasi - bu korxonalar faoliyatini boshqaruv falsafasidir. U esa, tovar ishlab chiqaruvchilarga iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish natijasida foyda olishlari uchun yordam beradi.
Buning uchun har kuni va uzoq muddat davomida:

    • tadbirkorlik faoliyatini faollashtirishga;

    • bozorga;

    • iste’molchilarning maqsadli guruhlariga;

    • bosh strategik maqsadlarga e’tiborni jalb etish lozim.




Download 305.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling