1. Tibbiy xizmat ko'rsatish sohasi Ta'lim sohasi Tibbiy xizmat ko`rsatish sohalari
Download 1.51 Mb.
|
Yeshniyazov Islam
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talim sohasi.
Mavzu: Qoraqalpog'istonning xizmat ko'rsatish sohalarining rivojlanishi Reja: 1. Tibbiy xizmat ko'rsatish sohasi 2. Ta'lim sohasi Tibbiy xizmat ko`rsatish sohalari . Bu tarmoq sog`liqni saqlash, profilaktika, sanatoriya-kurort, dam olish, sud-ekspertiza, jismoniy tarbiya tarmoqlarini o`z ichiga oladi va insoniyat jamiyatidagi eng ahamiyatli ishlarning biri bo`lib hisoblanadi. Sababi inson-jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi, jamiyatning hozirgi rivojlanish bosqichida fizik tomonidan sog`lom va faol energiyaga ega odamdir. Sog`liqni saqlash mehnat resurslariga, mehnatning samaradorligiga, jamiyatning iqtisodiy rivojlanishiga kuchli ta`sir etadi va u oziq-ovqat mahsulotlarining ekologik tozaligini ta`minlaydigan o`rinlarning xusshuyatlariga va sog`liqni saqlash tashkilotlarining rivojlanish darajasiga ham bog`liq. Aholining sog`ligini saqlashga erishish odamlarning o`rtacha yosh tafovutlarining shakllanishi va kasallikka chalinmaslik kabi umumiy belgilari bilan xarakterlanadi. Inson va tabiat bir tutash bo`lib, ular bir-biri bilan zich aloqada bo`ladi. Ekologik shartlarga qaraganda tabiiy resurslardan foydalanish natijasida sanoatda, qishloq xo`jaligida, transportda tashqi muhitning ta`sirini puxta echilishi va odamlarning sog`ligiga xavfli kuchlarning oldini olishni rejalashtiriladi. Hozir bu muammoni hol qilishda, ayniqsa tibbiyot kadrlari bosh rol` o`ynamoqda va ilmiy kontseptsiyalarni o`ylab topish va ularni odam hayotiga foydalanish orqali sog`liqni saqlash sohalarining ish tajribalarini ortmoqda. Bu asosiy va xalq xo`jaligiga ahamiyatli masalalarni echishda yil sayin respublika hududida 4122 yuqori malakali vrach, 16,2 ming o`rta tibbiyot xodimlari qatnochadi. Shu bois aholiga tibbiy xizmat ko`rsatish ishlarining samaradorligini orttirish uchun 154 shifoxonalar va 12,9 ming shifo maskanlari ishlab turibdi. Shunday qilib, respublikaning har 10 ming odamiga 107,4 shifokor va 20 ta yuqori malakali vrach to`g`ri keladi. Bu 1960-yillardagi ko`rsatkichga qaraganda 111 foiz yuqori degan so`z. Sog`liqni saqlash tashkilotlaridan sanatoriya va dam olish maskanlari ham eng ahamiyatli o`rinlarni egallaydi. Bu tarmoqni rivojlantirish bo`yicha respublikada amalga oshirilgan ishlar kam, Lekin sanatoriyalar, dam olish maskanlarini qurish va rivojlantirishning katta imkoniyatlari bor. Kelajak loyihalarda dam olish o`rinlarini va sanatoriya qurishga qulay rekreatsion hududlar qatorida Mo`ynoqdagi Orol dengizi rayonsi, Ustyurtdagi Qoraumbet tuz aralash botqoqli sho`r, Chimboydagi 1-may issiq suv bulog`i, Ellikqal`adagi Aqchako`l, Amudaryodagi Xo`jako`l, Nukus shahri atrofidagi Grachevka, Yoshlar ko`li, Taxtako`pir tumanidagi Qorateran va yana boshqa rekreatsion rayonlarni aytish mumkin. Ta'lim sohasi. Yurtning ijtimoiy rivojlanish darajasi katta ahamiyatga ega. Bu tarmoqga mo`tahassislar tayyorlaydigan o`quv mshimolzlari, maktablar, maktabgacha tarbiya tashkilotlari, bolalar o`ylari va maktabdan tashqari ta`lim-tarbiya beradigan tashkilotlar kiradi. Shuning uchun nomi aytilgan tarmoqlardagi ishning samoroli echimlari va yutuqlarga erishishi yurtdagi yosh avlodlarning ta`lim-tarbiya olishga va bilim tarmoqlarining yuksak chuqqilariga erishishlariga ham bog`liq. 2000-yilgi ma`lumot bo`yicha, 375 maktab bo`lib, ularda 380 ming o`quvchi bilim oladi, bundan tashqari respublikada 22 o`rta maxso`s bilim yurti , 36 kasb xunar bilim yurti va 2 yuqori o`quv maskani ishlab, ularda 38,3 ming talaba o`qib bilim va ta`lim tarbiya olyapti. Hozir respublika hududida 10 litsey, 2 gimnaziya va boshqa o`rta maxsus bilim beradigan maktablar ishlaydi. Shu bilan bir qatorda ziyrak o`quvchilardan tuzilgan 114 maktabda maxsus kengaytirilgan dastur asosida o`quvchilar ayrim fanlardan bilimlarini oshirmoqda. Bularda o`qib bilim oladigan yoshlarning soni 351 mingga etdi. Respublika hududida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim-tarbiya beradigan 375 bolalar tashkilotlari ishlaydi. Ularda 50 mingdan ortiq bolalar tarbiyalanmoqda. Shunga ko`ra, faqat maktabgacha va o`rta-bilim beradigan maktablarda 426 ming yosh avlod o`qib bilim va ta`lim tarbiya oladi. Maxsus o`rta bilim beradigan o`quv yurtlarida talabalarning soni 6,7 hissa, oliy o`quv yurtlarida o`qib bilim olayotgan talabalar soni 2,7 hissaga ko`paydi. Bu juda quvonarli hol va yuqori ko`rsatkich. Lekin bundan barcha respublika hududidagi yosh o`smirlari maktabgacha tarbiya beradigan o`rinlar bilan to`liq ta`minlandi, degan tushuncha kelib chiqmaydi. Birinchi smenada o`qiydigan o`quvchilarning soni faqat 64,3% tashkil etadi. Maktabgacha tarbiya beradigan o`rinlarda respublikadagi yosh o`smirlarning 16,9% i tarbiyalanadi Hozir respublika hududida yuqori o`quv o`rinlarida 36 soha bo`yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda va yil sayin har bir 10 ming odamga 72-74 yosh xodimlar o`quv yurtlarini bitirib, ishlab chiqarishga yo`llanma olmoqda. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling