Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali telekomunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakulteti dasturiy
Sotishni (tijoratni) faollashtirish konsepsiyasi
Download 305.82 Kb.
|
Zamonaviy iqtisodiyot 2 mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sof marketing konsepsiyasi
- 2.3-rasm. Sotish va marketing konsepsiyalari
Sotishni (tijoratni) faollashtirish konsepsiyasiragbatlantirish Ishlab chiqarish Tovarlar Oldi-sotdi va sotishni Sotish xajmini ko'paytirish hisobiga foyda olsh Bozor Xaridorlar ehtiyoji Marketing chora-tadbirlari kompleksi Xaridorlar extiyojini qondirish orqali foyda olish 2.3-rasm. Sotish va marketing konsepsiyalariSof marketing konsepsiyasi o‘tgan asrning 50-yillari o‘rtalaridan boshlab marketing bozor konsepsiyasi tarzida boshqarishda firmaning faqat bozor strategiyasini emas, balki ishlab chiqarish strategiyasini ham belgilaydigan etakchi vazifaga aylandi. Marketing xizmati firmaning asosiy boshqarish markazi, bozor, ishlab chiqarish, ilmiy-texnika va moliyaviy faoliyati masalalari bo‘yicha axborotlar va tavsiyalar manbai bo‘lib qoldi. Marketing xizmati ijtimoiy talab va bozor kon’yunkturasi holati hamda o‘zgarishlarini batafsil tahlil qilish asosida u yoki bu tovarni ishlab chiqarish zarurati, istiqboli va foydadorligi, ishlab chiqarish dasturlarini moddiy-texnika jihatlaridan ta’minlash imkoniyatlari to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi. XX asrning 60-yillariga kelib bozordagi o‘zgarishlarga qarab strategik rejalashtirishni amalga oshirish masalasi ilgari surildi va hal qilindi. O‘tgan asrning 70-yillarga kelib, marketingning shunday konsepsiyasi ishlab chiqildiki, u iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar hayotiga mustaqil kirib bordi. Mamlakat xo‘jalik sub’ektlari ichki faoliyatida yaxlit organizm tarzida va firma ichidagi rejalashtirishda ham markaziy o‘rinni marketing egalladi. Bu bozor iqtisodiyotiga qaratilgan strategik boshqarishning yangi shakli bo‘lib, u eng ko‘p foyda olish maqsadida tovarlarni uzluksiz ravishda ishlab chiqaruvchilar iste’molchiga xarajat qildiradigan, korxonani ishlab chiqarish va sotishni tahlil qilish ko‘p kamrovli tushunchadir. Mahsulotlar ko‘rinishi va texnologiyasi qisman o‘zgartirilgan holda ko‘plab ishlab chiqarishlar boshlandi. Raqobat kurashining asosiy shakli narx raqobatiga aylandi. SHuning uchun keyingi yillarda xarajatlarni kamaytirish, samarador texnologiyalarni joriy etish yo‘lida doimiy kurash olib borish muvaffaqiyat garovi bo‘lib qoldi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan marketing konsepsiyasi - bu konsepsiya korxonaning vazifasi yakka shaxslarning talabini o‘rganish, tahlil qilish va bu talablarni samarali qondirishdan, ayni paytda umuman jamiyat butunligini saqlash va mustahkamlashdan iborat deb qaraydi. Ijtimoiy-yo‘naltirilgan marketing konsepsiyasi boshqarishning bozor konsepsiyasiga nisbatan kuchayib borayotgan ekologik muammolar, tabiiy resurslarning etishmasligi, umumjahon inflyasiyasi, ijtimoiy xizmat sohalarining g‘arib holati tufayli bu dastur bizning zamonamizga to‘g‘ri kelishiga bildirilgan shubhalar avj olib turgan pallada maydonga keldi. Dastlab firmalarning bozor munosabatlaridagi faoliyati asosan foyda olishgagina qaratildi. Keyinchalik ular xaridor ehtiyojlarini qondirishning strategik ahamiyatini anglab etdilar va natijada bozor marketinggi konsepsiyasi paydo bo‘ldi. Bugungi kunga kelib, ular biror muhim ishga qo‘l urishdan oldin, jamiyat manfaatlari haqida ham o‘ylay boshlaydilar. Ijtimoiy yo‘naltirilgan marketing bozor ishtirokchilaridan marketing siyosati doirasida uch omilni o‘zaro bog‘liglikda qarashni talab etadi, bu omillar - firma foydasi, xaridor ehtiyojlari va jamiyat manfaatlari. Bu quyidagi 2.4-rasmda o‘z ifodasini topgan. Download 305.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling