Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari Xalqaro huquq normalari Xalqaro huquq manbalari


Davlatlarning hududiy butunligi prinsipi


Download 110.73 Kb.
bet48/53
Sana05.01.2022
Hajmi110.73 Kb.
#234180
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
1-MAVZU XALQARO HUQUQQA KIRISH

Davlatlarning hududiy butunligi prinsipi. Hududlar davlatning moddiy asosi bo‘lib xizmat qiladi. Hududsiz davlat mavjud bo‘lmaydi. Shuning uchun davlat o‘z hududining butunligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratadi. BMT Nizomi davlatlarning hududiy daxlsizligiga qarshi kuch ishlatish va kuch ishlatishga tahdid qilishdan o‘zini tiyishni talab qiladi. 1970-yilgi Deklaratsiya ushbu prinsipni mustaqil prinsip sifatida ajratmaydi. Uning mohiyati boshqa prinsiplarda o‘z aksini topgan. Kuch ishlatmslik prinsipi har qanday davlatning hududiy daxlsizligiga qarshi kuch ishlatish va kuch ishlatishga tahdid qilishdan o‘zini tiyishni talab qiladi. Ushbu maqsadda hattoki siyosiy, iqtisodiy yoxud boshqa shunga o‘xshash tazyiqlar qo‘llanilishi mumkin emas.

Davlatni hududiy daxlsizlikka va butunlikka bo‘lgan huquqini himoya qiluvchi davlatlarning hududiy butunligi prinsipi davlat suverenitetini ta’minlashning muhim vositasi hisoblanadi.

BMT Nizomining 2-moddasi 4-bandi a’zo davlatlarni kuch ishlatish va kuch ishlatishga tahdid qilishdan, bundan tashqari, “har qanday davlatning hududiy daxlsizligi yoki siyosiy mustaqilligi” qarshi o‘zini tiyish majburiyatini mustahkamlagan.

Hududiy birlik prinsipining ilk ko‘rinishi umumjahon tinchlik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bandung Deklaratsiyasida (1955-y.) aks ettirilgan bo‘lib, unga ko‘ra “har qanday mamlakatning siyosiy mustaqilligiga va hududiy birligiga qarshi agressiya aktlari yoki kuch ishlatishdan o‘zini tiyish” ning zarurati mustahkamlangan. “Bandung formulasi” ikki tomonlama shartnomalarda uni keng qo‘llanilishiga erishdi. Mustamlaka mamlakatlar va xalqlarga erkinlik berilishi to‘g‘risidagi Deklaratsiyada “barcha xalqlar ularning milliy hududlarining butunligiga bo‘lgan ajralmas huquqqa ega” ekanligi, shuningdek milliy birlik va mamlakat hududiy yaxlitligini to‘liq yoki qisman yo‘q qilishga qaratilgan urinishlar BMT Nizomi prinsiplari va maqsadlariga to‘g‘ri kelmasligi ta’kidlandi.

Davlatlar o‘rtasidagi ularga tegishli hududlar va resurslarga bo‘lgan huquqni himoya qilish bilan bog‘liq munosabatlar davlatning hududiy yaxlitligi prinsipining obyekti bo‘lib hisoblanadi.

Ushbu prinsipga muvofiq davlatning va xalqaro huquqning boshqa subyektlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat: davlat hududiga, uning bir qismiga yoki resurslariga kuch bilan yoki kuch ishlatish tahdidi yordamida bevosita yoxud bilvosita tajovuz qilmasliklari lozim. Ular davlat hududi yoki uning bir qismiga bevosita yoki bilvosita ziyon yetkazuvchi har qanday harakatlardan o‘zlarini tiyishlari, shuningdek buzg‘unchi davlatlar va ularning sheriklarini qo‘llab-quvvatlamasliklari lozim.



  1. Download 110.73 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling