Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari Xalqaro huquq normalari Xalqaro huquq manbalari


Davlat chegaralarining mustahkamligi prinsipi


Download 110.73 Kb.
bet47/53
Sana05.01.2022
Hajmi110.73 Kb.
#234180
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53
Bog'liq
1-MAVZU XALQARO HUQUQQA KIRISH

Davlat chegaralarining mustahkamligi prinsipi davlatlarni ajratib turgan hudud chegaralarini o‘rnatish (delimitatsiya, demarkatsiya, rektifikatsiya) va muhofaza qilish (qo‘riqlash) hamda chegara bo‘yicha nizoli masalalarni hal qilish bo‘yicha munosabatlarni qat’iy belgilaydi. Azaldan shu narsa ma’lumki, chegaralarni buzish qurolli kuchlarni qo‘llash uchun qonuniy bahona hisoblanadi. Havo, dengiz va quruqlikdagi chegaralar davlatning harbiy kuchlari orqali diplomatik apparat, siyosiy ittifoqchilik shartnomalariga muvofiq himoya qilinadi.

Chegaralarning mustahkamligi prinsipi hududlar daxlsizligi prinsipini to‘ldiradi. 1970-yilgi Deklaratsiyada uning mazmuni kuch ishlatmaslik prinsipi bo‘limida mustahkamlangan. “Har bir davlat boshqa bir davlatning mavjud xalqaro chegaralarni buzish maqsadida yoki xalqaro nizolar, jumladan, davlat chegarasiga oid hududiy nizo va masalani hal etish vositasi sifatida zo‘ravonlik tahdididan yoki uni qo‘llashdan o‘zlarini tiyishlari lozim”. Davlatlar nafaqat chegaralarni, balki chegaralarni aniqlash chizig‘ini buzish maqsadida zo‘ravonlik tahdidi yoki uni qo‘llashdan o‘zlarini tiyishlari lozim. Bunda vaqtinchalik yoki dastlabki chegaralar, shu jumladan vaqtinchalik sulh chizig‘i ham nazarda tutilgan.

Mazkur prinsipga muvofiq davlatlarning huquqlari o‘rnatilgan chegaralarning mutlaq mustahkamligini, ularni o‘zaro kelishuvsiz va bosim ostida kuch ishlatish va kuch ishlatishga tahdid qilish orqali o‘zgartirishning noqonuniy ekanligini talab qilishdan iborat. Davlatlar chegaralarni kesib o‘tish joylari rejimini, chegaralarni davlatlarning jismoniy shaxslari, tovarlar, xizmatlar, transport vositalarini kesib o‘tishi bo‘yicha qandaydir bir cheklovlarni o‘rnatish va ushbu cheklovni bekor qilishni o‘zlari belgilashadi. Shu nuqtayi nazardan davlatlarning majburiyatlari ham – xalqaro huquqqa muvofiq o‘rnatilgan chegaralar, ajratuvchi va chegarani aniqlash chiziqlari, shu jumladan vaqtinchalik sulh (mazkur chiziqlar vaqtinchalik chegaralar sifatida qaralayotgan doimiy amal qiluvchi shartnomani tuzishga qadar yarashuv ahdi davrida) chiziqlari, chegaraviy nizolarni faqat tinch yo‘l bilan hal etish, mazkur prinsipni buzuvchi davlatlarga yordam ko‘rsatmaslikka qat’iy rioya etish mavjuddir.

1964-yilda Afrika birligi tashkiloti mazkur qoidani afrika davlatlari chegaralariga nisbatan qo‘llanishini tasdiqladi. Mazkur qoidalar sobiq Yugoslaviya hududidagi chegaralar to‘g‘risidagi masalani hal etishda ham qo‘llanildi. Shu bilan birga ushbu qoida BMT Xalqaro sudi tomonidan hududga oid nizolarni hal etishda ko‘p marotaba qo‘llanilgan. Bunda sud ushbu normani xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normasi ekanligini ta’kidladi7.



  1. Download 110.73 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling