Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari Xalqaro huquq normalari Xalqaro huquq manbalari


Davlatlarning bir-birlari bilan hamkorlik qilish majburiyati


Download 110.73 Kb.
bet44/53
Sana05.01.2022
Hajmi110.73 Kb.
#234180
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   53
Bog'liq
1-MAVZU XALQARO HUQUQQA KIRISH

Davlatlarning bir-birlari bilan hamkorlik qilish majburiyati. Xalqaro hamkorlik prinsipi – davlatlarning xalqaro miqyosdagi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va insonparvarlik xarakterdagi muammolarni hal qilishda xalq farovonligini oshirish, xalqaro barqarorlik va tinchlikni, o‘zaro ishonch va hamjihatlikni qo‘llab-quvvatlashda o‘zaro yordam berishlarini anglatadi.

Mazkur prinsip BMT Nizomining 2-moddasida mustahkamlanmagan. Ammo u hozirgi zamon xalqaro huquqning asosiy prinsipi sifatida BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar faoliyatining asosini tashkil etadi.

BMT Nizomining 1-moddasi 3-bandida qayd qilinadiki, BMTning asosiy maqsadalaridan biri bo‘lib “xalqaro miqyosdagi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va insonparvarlik xarakterdagi muammolarni hal qilishda xalqaro hamkorlik” hisoblanadi.

BMT Nizomining IX bobi (“Xalqaro iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlik”) Nizomning 55-moddasida nazarda tutilganidek davlatlararo hamkorlikni tashkil etish va uni rivojlantirishga maxsus ajaratilgan. Nizomning 56-moddasiga muvofiq esa “BMTning barcha a’zolari
55-moddada mustahkamlangan maqsadlarga erishish uchun tashkilot bilan hamkorlikning mustaqil tarzda va hamkorlikdagi harakat chora-tadbirlarini ko‘rishlari lozim”ligi qayd etilgan.

Xalqaro huquq prinsiplari to‘g‘risidagi Deklaratsiyaga muvofiq “davlatlar bir-birlari bilan ularning turli siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tizimidagi farqlanishdan qat’i nazar, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni, xalqaro iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyot, xalqlarning umumiy farovonligini qo‘llab-quvatlashni maqsad qilgan, kamsitishdan holi bo‘lgan xalqaro hamkorlikning turli sohalarida hamkorlik qilishlari lozim”ligi qayd etilgan.

Davlatning hamkorlik prinsipi, shuningdek xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish prinsipi kabi xalqaro huquqning funksional prinsipi hisoblanadi. Hamkorlik – bu davlatning o‘z manfaatlarini amalga oshirishning yagona qonuniy usulidir, negaki ularning hech qaysisi avtarkiya (zarur narsalarni chetdan olmasdan o‘zi etishtirishga asoslangan milliy xo‘jalik tizim), iqtisodiy va siyosiy jihatdan ajralib qolinishi sharoitida omon qolmaydi. Aksincha, hamkorlikdan voz kechish (ya’ni aloqani uzish) BMT Nizomi (5-, 6-, 40-, 41-moddalari)ga muvofiq qattiq (shafqatsiz) sanksiya turlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.

Misol tariqasida, Iroq davlati bilan bog‘liq vaziyat bo‘lib, unda ommaviy qirg‘in qurollarini yo‘q qilish bo‘yicha universal shartnomalarni buzishlikda ayblanishi, Janubiy Afrika Respublikasi bilan BMT Xalqaro sudining irqiy ayirmachilikka oid jinoyatlarga barham berish (yo‘q qilish) bo‘yicha qarorini bajarmaganlik holatlari hisoblanadi.

Hamkorlik prinsipini aniqlash BMT Bosh Assambleyasi deklaratsiyalari normalarida berilgan, jumladan, 1970-yilgi davlatlarning do‘stona munosabatlariga taalluqli xalqaro huquq prinsiplari to‘g‘risidagi Deklaratsiyada – munosabatlarning anchayin keng doirasini qamrab oluvchi hamkorlik obyektlariga e’tibor qaratilsa, Xelsinkidagi 1975-yilgi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha kengashning Yakuniy hujjati hamkorlikning uslubi va jarayonlariga e’tibor qaratadi. Hamkorlik prinsipining qat’iy talabi (amri) ga muvofiq davlatlar hamkorlikning shakl va turlarini tanlash, hamkorlikdan qonuniy (haqqoniy), agarda u xalqaro huquq yoki davlatning oliy manfaatlari doirasida bo‘lsa, voz kechish huquqiga egadir. Shartnomada qayd etilgan shartlarda davlatlar hamkorlikning imtiyozli tartibini o‘rnatishlari mumkin, masalan, Yevropa hamdo‘stligi, MDH, Britaniya hamdo‘stligi, Fransuz birlashmasi davlatlari.



  1. Download 110.73 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling