Xalqaro huquq tushunchasi, predmeti va funksiyalari Xalqaro huquq normalari Xalqaro huquq manbalari


Kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid solmaslik prinsipi


Download 110.73 Kb.
bet41/53
Sana05.01.2022
Hajmi110.73 Kb.
#234180
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53
Bog'liq
1-MAVZU XALQARO HUQUQQA KIRISH

Kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid solmaslik prinsipi davlatlarning zo‘ravonlik tahdididan yoki xalqaro munosabatlarda uni hududiy daxlsizlikkka yoxud har qanday davlatning siyosiy mustaqilligiga qarshi qo‘llashdan o‘zini tiyishlarini anglatadi.

Mazkur prinsip obyekti insonning nozo‘ravon hayotdagi yashash huquqi, shuningdek nizoli masalalarni kuch ishlatish va tahdid qilish bilan hal qilishni cheklash bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar hisblanadi. Munosabatlar predmeti BMT Nizomining 2-moddasi 4-bandiga binoan har qanday davlatning hududiy daxlsizligi yoxud siyosiy mustaqilligi, shu bilan birga, BMT maqsadlariga mos kelmaydigan boshqa xatti-harakatlar hisblanadi. Mazkur prinsip asosida davlatlarning majburiyatlari davlatlar BMT Nizomi talablarini buzgan holda bir-birlariga qarshi birinchilardan bo‘lib qurolli kuch ishlatmaslikdan iborat.

Hamjamiyatning barcha a’zolari vakolatli organlar bo‘lmish BMT Xavfsizlik kengashi, uning rahbarligidagi mintaqaviy siyosiy tashkilotlarning agressor (tajovuzkor) larga qarshi sanksiyalarda ishtirok etishga, shuningdek agressorni moddiy hamda ma’naviy jihatdan qo‘llamaslikka majburdirlar. Agressorga nisbatan qurolli kuch ishlatish prinsipi buzilgan deb hisoblanmaydi. Agressiya qurboni bo‘lgan davlat individual yoki kollektiv jihatdan mudofaalanish, agressor va uning hamkorlariga nisbatan moddiy va nomoddiy sanksiyalarni qo‘llash, urush harakatlarini rejalashtirish, moliyalashtirish va uni olib borishda aybdor bo‘lganlarni javobgarlikka tortish huquqiga egadirlar. Har qanday davlat jahon hamjamiyati e’tiborini xalqaro huquq normalari buzilishlarining har qanday holatlari yuzasidan jalb etish huquqiga egadirlar.





  1. Download 110.73 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling